Hozirgi zamon psixologiyasi ilmiy tadqiqot metodlari
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq132-133
- Bu sahifa navigatsiya:
- HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASI ILMIY TADQIQOT METODLARI 22 maktab Qochqarova Ozodaxon Alijonovna 18 maktab Davronova Zohidaxon Tursunaliyevna
- Kalit sozlar
- Adabiyotlar tahlili va metodologiya
“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-33, Issue-2, May-2023 132 HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASI ILMIY TADQIQOT METODLARI 22 maktab Qo'chqarova Ozodaxon Alijonovna 18 maktab Davronova Zohidaxon Tursunaliyevna 38 maktab Aliyeva Dildoraxon Siltonbekovna 31 maktab Po'latova Sadoqat Abduhalilovna Annotatsiya: Ushbu maqolada psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi, hozirgi zamon psixologiyasi ilmiy tadqiqot metodlari, psixologiyaning o‘rganilish bosqichlari haqida batafsil bayon qilingan. Kalit so'zlar: ilmiy tadqiqot metodlari, psixologiya, psixik hayot hodisalari, psixika. Kirish: Psixologiya tarixi boshqa fanlar kabi qiziqarli va mazmundor bilimlar sohasidan iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tarafidan hayvonlarga va insonlarga xos bo`lgan psixik hayot hodisalari to'g'risidagi bilimlarning asta-sekin to`planib borishi tarixidir. Insonning o`zi haqidagi bilimlarni to`plab, shuningdek chuqurlashtirib borishidir. Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o`rganishga bo`lgan intilish insonlar hayotini turli xil tarixiy bosqichlarda ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar bilan taqozo etilganligini, ba`zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Adabiyotlar tahlili va metodologiya: Psixologiya tarixi tarixiy hayotning bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi, shunungdek ilk yakkayu-yagona bo`lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlar sistemasi darajasiga ko`tarilganligi to'g'risida ham ma`lumot beriladi. Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko`maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarini izlanish va yaratishda muhim o`rin tutadi. Psixologiyaning ilmiy bilish va amaliy mazmuni shundan ham ko`rinadiki, psixologiyaning tarixiy taraqqiyotida unda bir qancha maxsus tarmoqlar ajralib chiqdi. Psixologiyaning bu tarmoqlari bugungi kunda mustaqil fanlar darajasiga ko`tarildi. Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya`ni qaysi yo`llar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug`iladi. Psixologiyada chinakam ilmiy bilimga ega bo`lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish zarur. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling