Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
26-27-mavzu Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
26-27-mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi Reja: 1. Zoopsixologiya fan sifatida tarkib topishi. 2. Hayvonlar xatti-harakatlarini o‗rganishdagi yondashuvlari. Bixeviorizm, etologiya. 3. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani Rossiyada o‗rganilishi (V.A.Vanger, N.N.Ladigina-Kots va boshqalar). 4. Tabiiy shart-sharoitlarni kuzatishda aniq ilmiy metodlarning turlicha ekanligi 5.Zoopsixologiyada psixikani paydo bo‗lishi. Filogenezning bosqichlarida xatta- harakatlarning paydo bo‗lishi. 6. Hayvonlar xatti-harakatlarini o‗rganish bosqichi. J.O.Lamettri, J.L. Byuffonning qarashlari. 7. Evolyutsion bilimlar nuqtai nazarida instinktlarni o‗rganish. (J.B.Lamark, K.F.Rule, Ch.Darvin). 8. Instinktlarga zamonaviy yondashuv. Instinktiv xatti-harakatlar. 9. Instinktiv xatti-harakatlarning ichki omillari. 10. Instinktiv xatti-harakatlarning tashqi omili. Instinktiv xatti-harakatlarning psixik komponenti. 11. O‗rgatish. O‗rgatishning umumiy xarakteristikasi. Tayanch iboralar: etologiya, zoobiologiya, zoologiya, videomateriallarni solishtirish, matematik modellashtirish, tekshirish usullari, Bixeviorizmб hayvonlarni fe‘l – atvori, afferent sintez, fikran qaror qabul, natijalar aktseptori, efferent sintez, shartsiz reflekslar, instinkt, noassotsiativ o‗rganishlar, assotiativ o‗rganishlar, kognitiv o‗rganishlar Hayvonlar organizmi tashqi muhit bilan munosabatda bo‗lish orqali o‗zini biologik motivatsiyalarini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlarini zoopsixologiya, ekologiya fani o‗rganadi. Fanning asosiy tekshirish usullari: kuzatish, eksperiment, mini guruhlar, egizaklar, populyatsiyalarni o‗rganish. Fanning priedmetini hayvonlarni fe‘l – atvori tashkil etadi. Geraklit Efess, Demokrit, Lukretsiy Kar, Plutarx asrlar, miloddan burun hayvonlarni joni odamni jonidan farq qilmaydi deb, Sukrot, Aflotun jon tanadan ilgari paydo bo‗lgan deb hisoblashganlar Arastu jonni ikkiga bo‗lgan : aql joni va sezgi joni . Aql joni miyada , sezgi joni tanada joylashgan. Hayvonni aqli uni qo‗lga o‗rganish tezligidir. Foma Akvinskiy, Dekart hayvonlar bilan odam o‗rtasidagi farq odamni harakati uni tuzilishi va fuktsiyasiga bog‘liq bo‗lib, hayvonlarni harakati uni tuzilishi va funktsiyasiga bog‘liq bo‗lib, hayvonlarni harakati esa avtomatlashgan ongsiz harakatdir deb hisoblashgan. Reomyuro (1732) dastlabki etologik tekshiruvlarni hashoratlarda o‗tkazgan va yozib qoldirgan. Kyuve (1842) hayvon xatti-harakatlari turga bog‘liq belgi deb hisoblagan. Ingliz filosifi Mil etologiya so‗zini birnchi bo‗lib qo‗llagan bo‗lib, u ETOS (grekcha) odat, xulq ma‘nosini bildiradi. 1850 yili Rule zoobiologiya, 1857 yili esa zoologiya fanini maqsad va vazifalarini aniqlab ushbu so‗zni fanda ishlatadi. Darvin 1869 yili o‗zini yozgan mashhur ―Tabiiy tanlanish yo‗l bilan turlarni paydo bo‗lishi‖ degan kitobida instinkt terminini ishlatdi. 1866 yili esa Gekkel fanda ekologiya so‗zini birinchi bo‗lib kiritgan. Zoopsixologiya (etologiya) fani ko‗p fanlarni birganlikdagi harakati tufayli rivojlangan. Zoolog-etologlar Xaynrot (1911), Uitmen (1918), Lorens (1957), Tinbergen (1969), Tembrok (1975) hozirgi paytda hayvonlardagi fazo va vaqt o‗rtasida ro‗y beradigan hayvonlarni xatti-harakatini, ularni sababiyligini uni hayvon va uni kelajagi uchun qay darajada zarurligini o‗rganishni asosiy vazifalaridan biri deb hisoblamoqda. Fiziolog - etologlar Sechenov (1861), Pavlov (1903) Sherington (1902), Lobashev, Ponugaeva, Sheglova, Slonim (1985-1980), Vlikjanin (1990) hayvonlar xulq - atvorini fiziologiya nuqtai nazaridan o‗rganigan va bu sohada ilmiy ishlar qilinmoqda Vlikjaninni laboratoriyasi (Rossiyya), Garkaviy laboratoriyasi (Latviya), Rossiya chorvachilik institutida ( Safronov, Galpern va boshqa Belorusiya veterinariya ilmiy-tekshirish instituda va boshqa joylar). Psixolog- etologlar: Veber, Vagner, Uitmen, Fabri va boshqalar hayvonlar fe‘l-atvorini psixologik usullar orqali tekshirishga harakat qilishgan. Yangi tekshirish usullari: videomateriallarni solishtirish. Matematik modellashtirish, radio va teleapparatlarni hayvonlarga o‗rnatib to‗xtovsiz asbob- uskunalar yordamida yozib olish. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling