Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari
Download 17.63 Kb.
|
8. Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari
Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari Psixologiya fanida obyektiv kuzatish, ya’ni tashqi kuzatish metodidan ham keng foydalaniladi. Obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lib, uning yordamida kishilarning turli psixik jarayonlari (sezgilari, idroklari, xotira va tafakkurlari) hamda shaxsiy psixologik xususiyatlari (qobili- yatlari, layoqatlari, temperamenti, xarakteri) o‘rganiladi. Tashqi kuzatish hamma vaqt ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo‘lib aniq bir reja bilan kuzatishni taqozo etadi. Reja bilan kuzatilganda u yoki bu psixik jarayon atroflicha chuqur o‘rganiladi. Lekin shunga qaramay tashqi, ya’ni obyektiv kuzatish metodining salbiy tomonlari ham bordir. Obyektiv kuzatish metodi bilan tekshirishning asos iy xususiyati shundan iboratki, bunda biron-bir psixik jarayon tabiiy sharoitda qanday yuz bersa, xud-di shundayligicha olib tekshiriladi. Bu ma’lum noqulayliklar tug‘diradi, chunki ayni shu psixik jarayonning biron tomonida chuqurroq tabiiy sharoit yuzaga kelishini poylashga to‘g‘ri keladi. Bu esa juda ko‘p vaqt talab qiladi. Obyektiv kuzatish metodi orqali to‘plangan ma’lumotlar maxsus kundaliklarda qayd qilib boriladi va yarim yoki bir yil o‘tgach, to‘plangan ma’lumotlar atroflicha analiz qilinib, ma’lum xulosalarga kelinadi. Bolalar psixologiyasida obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Bunda tarbiyachi va tek- shiruvchi psixolog bolalarning xulq-atvorlari va xatti-harakatlarini ularning turli-tuman faoliyatlarida, tabiiy sharoitda, mavzuli tarzda kuzatadi. Obyektiv kuzatish metodi quyidagi qoidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak: Kuzatishning aniq maqsadi va rejasi bo‘lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining barqarorligini yoki tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobiliyatini kuzatish. Bola shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslanib, ya’ni analitik-sintetik nuqtayi nazardan kuzatish. Bolani jamoada va jamoa a’zosi sifatida o‘rganish. Kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotganini mutlaqo bilmasliklari kerak. Kuzatishlardan yaxshi natijalar olish uchun, ularni turli sharoitlarda, shaxs xislatlarining turli xil namoyon bo‘lishini nazarda tutib, izchil tarzda, kun sayin o‘rganish kerak. Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalarning turli o‘yin faoliyatlari, didaktik mashg‘ulotlar, mehnat faoliyatlarida xilma-xil psixik jarayonlarning va individual xususiyatlarining namoyon bo‘lishini o‘rganish mumkin. Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti-vaqti bilan o‘tkazilishi mumkin. Bolalarni uzluksiz kuzatish metodi bilan o‘rganilganda ularning barcha fe’l-atvorlari va xatti-harakatlari kundalik faoliyatlari davomida kompleks holda o‘rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davom etgandan so‘ng to‘plangan ma’lumotlar tahlil qilinib, bolaga psixologik tavsifnoma tuziladi. Vaqti-vaqti bilan tanlab kuzatilganda bolaning barcha psixikasi emas, balki faqat alohida, diqqati yoki xolirasi bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari o‘rganiladi. Bolalar psixologiyasida so‘rash-suhbat metodidan ancha cheklangan holda foydalaniladi. Bu metodni bog‘cha yoshidagi bolalarga nisbatan deyarli qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bu yoshdagi bolalarda turmush tajribasi juda oz, tafakkurlari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababli kichik yoshdagi bolalar kattalarning bergan savollariga o‘ylamay-netmay javob qaytaraveradilar. So‘rash metodidan foydalanilganda odatda juda sodda ishlangan rasmlardan, predmetlardan foydalaniladi. Test-topshiriq o‘quvchi bilimini tekshirish va baholashda qo‘llanilib, o‘quv materialining asosiy qismini aniq va to‘liq bilishlarini aniqlashga qaratilgandir. Unda savol va 3—4 ta javob beriladi, shulardan javobning eng to‘g‘risini topish talab qilina- di. Javoblarga ballar berilishi yoki berilmasligi ham mumkin. Download 17.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling