Христианство


Download 2.41 Mb.
bet2/3
Sana02.12.2023
Hajmi2.41 Mb.
#1779288
1   2   3
Bog'liq
Xristianlik diniiiiii

Xristianlik ta’limoti

  • Manbalarning xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Shu bois yahudiylikning xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ta’siri salmoqli bo’lgani, shubhasiz. Xristianlikning asosiy g’oyasi – Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo’lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.
  • Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – odam va xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya’ni Isoning o’zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqidagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik Ota-Xudo, o’g’il-Xudo va Muqaddas Ruh – Uch yuzlik Xudo (Trinity) to’g’risidagi ta’limotni, jannat va do’zax, oxirat, Isoning qaytishi haqidagi va boshqa aqidalarni o’z ichiga oladi.

Xristianlikdagi oqimlar

  • Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav (ortodoks) cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istambul patriarxining xristian olamida yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasining g’arbiy va sharqiy tafovutlari o’sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istambul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro’y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi.
  • XVI asr boshlarida katolitsizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakati vujudga keldi. Buning davrasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalьvinizm cherkovlari shakllandi. Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o’zlariga xos bo’lgan tomonlarga ega bo’lishi bilan bir qatorda, bir necha yo’nalishlar, mazhablar va oqimlarga bo’lindi.
  • Cho’qintirish sirli hodisasi (tainstvo). Bunda dindor o’z tanasini uch marta suvga botirishi, Xudo-Otani, o’g’ilni va Muqaddas ruhni chaqirishi bilan ruhiy tug’ilishni kasb etadi.Badanga miro surkash ham sirli bo’lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi.Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko’rinishida o’z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi.Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o’z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi.

Download 2.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling