Html hujjat


Pochta serverlari va kliyentlari


Download 0.59 Mb.
bet44/65
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#259966
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
Bog'liq
7-mavzy Internet

7.15.Pochta serverlari va kliyentlari


Elektron pochta (e-mail) — ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga jo‘natish, qabul qilish va ma’lum vaqtgacha saqlanishini ta’minlovchi dasturiy-texnik vositalar to‘plami. Elektron pochta axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni ta’minlaydi. Elektron pochtada maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi. Elektron pochtadan uzluksiz ravishda yoki ma’lum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin. Elektron pochta 20-asr ning 60-y.larida "katta" hisoblash mashinalarida "ko‘p foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan boshlangan. 1989 yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet o‘rtasida aloqa o‘rnatildi.

O‘zbekiston hududida Elektron pochta xizmati 1990-91 yillarda ma’lumot uzatish tarmog’i operatorlari tomonidan taqdim etila boshlandi. 1997-yilda Toshkent pochtamti korxonasida "Ke1sot" tarmog‘i orqali Elektron pochta xizmatlari punkti ishga tushirildi.

Elektron pochtaning asosiy xususiyatlaridan biri u to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochtani oluvchiga emas, balkim oraliq bo‘g‘in orqali yuboradi. Bu oraliq bo‘g‘innig nomi - pochta qutisi bo‘lib, u serverda saqlanadi, xabarlar odatda o‘sha yerda saqlanadi va odatda unga faqat parol bilan yo‘l qo‘yiladi.

Pochta serverlariga pochta bilan ishlovchi dasturlar orqali yoki veb interfeys orqali kirish mumkin.



Pochta serveri (yoki elektron pochta serveri yoki mail-server) - elektron pochta tizimida xabarlarni boshqaga uzatish tizimi bo‘lib, qayta uzatish agenti deb nomlanadi (ingl. mail transfer agent, MTA). Bu maxsus kompyuter dasturi bo‘lib, bir kompyuterdan boshqasiga xabarni uzatishni amalga oshiradi. Foydalanuvchilar aslida bevosita MUA (mail user agenti – elektron pochta mijozi) dasturi bilan ishlashadilar. Masalan, elektron pochta mijozi sifatida OutLook dasturini keltirish mumkin. Xat jo‘natilganda pochta mijozi bevosita pochta server bilan muloqotga kirishadilar va bunda SMTP bayonnomasi qo‘llaniladi. Keyinchalik, xat jo‘natuvchining serveri bevosita xatni qabul qilib oluvchi server bilan muloqotga kirishadi (ba‘zida oraliq server orqali - relay server).

Qabul qiluvchining pochta serverida xat pochta qutisiga yetkaziladi, undan so‘ng esa MDA (ingl. mail transfer agent- MDA) yordamida mijozga yetkaziladi. Ko‘pincha ikki agent dasturi bitta dastur yordamida (masalan, sendmail) amalga oshiriladi. Oxirgi bosqichda POP3 va IMAP bayonnomalari yordamida aniq mijozga yetkaziladi.

Pochta dasturlarini sozlash uchun quyidagi ma’lumotlar talab etiladi:


  • elektron pochta manzili (masalan, nz@umail.uz)

  • pochtaning kirish serveri (IMAP serveri )

  • pochtaning chiqish serveri (SMTP serveri )

  • foydalanuvchining nomi (masalan, nz@umail.uz)

  • Parol - elektron pochtaga kirish paroli

  • Portlar (IMAP, POP3, SMTP)

  • Autentifikatsiya.

Elektron pochta manzillari, masalan, quyidagicha yoziladi:

nz1959@mail.ru

nz@rambler.ru

nz2sies@umail.uz

info@edu.uz va h.k.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling