Html hujjat


Download 0.59 Mb.
bet45/65
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#259966
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65
Bog'liq
7-mavzy Internet

7.16. Xabarlar bilan ishlash


Elektron pochta – bir kompyuterdan boshqasiga shaxsiy xabarlarni uzatishni qulay va puxta vositasidir. Elektron pochtani alohida xususiyati uni ikkita amaliy dasturga asoslanganiligidir. Ulardan biri birlamchi xabarlarni jo‘natish uchun, boshqasi esa keluvchi xabarlarni olish uchun ishlatiladi. Mos ravishda internet tomonidan elektron pochtaning ishi ikkita server bilan ta’minlanadi: birlamchi xabarlar serveri va keluvchi xabarlar serveri.

Birlamchi xabarlar xizmati SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – pochtani uzatishning soddaroq protokoli ) ga asoslangan. Birlamchi xabarlar xizmatini eng ko‘p tarqalgan protokoli POP (Post Office Protocol) - pochta bo‘limi protokolidir. Aslida, bu elektron pochta protokollarining to‘liq ro‘yxati emas. Masalan, quyidagi protokollar ishlatiladi: UUCP; MIME (Multipurpose Internet Mail Extensions); Internet pochtasini ko‘p maqsadli kengaytmasi; Tajribaviy intereaktiv pochta protokoli IMAP – Interactive Mail Access Protocol).

SMTP protokolining bosh maqsadi elektron pochta xabarlarini puxta va samarali yetkazib berishdir.

SMTP ga muhit bo‘lib ayrim lokal tarmoq yoki Internet tarmog‘i xizmat qilishi mumkin. POP protokoli foydalanuvchining pochta serveridan xabarlarni ularning ish joylariga tanlash uchun mo‘ljallangan. Shunday qilib, foydalanuvchilar Internet orqali SMTP protokoli bo‘yicha xabar jo‘natilsa, POP protokoli bo‘yicha foydalanuvchilar pochta serveridagi o‘zlarining pochta qutisidagi xatni oladilar. POP ni ikki versiyasi keng tarqalgan: POP2 va POP3. Bir xil funksiyalarni bajarsada ular bir-biriga moslashmaydi va ularda har xil buyruqlar tizimi ishlatiladi. Hozirgi vaqtda asosan POP3 protokoli ishlatiladi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling