Html hujjat
Download 0.59 Mb.
|
7-mavzy Internet
Birinchi navbatda PHP tili server tomonidan bajariladigan skriptlar yaratish uchun foydalaniladi va aynan shuning uchun u yaratilgan. PHP tili ixtiyoriy CGI-skriptlari masalalarini yechishga va bundan tashqari html formali ma’lumotlarni qayta ishlashga hamda dinamik ravishda html sahifalarni ishlab chiqishga qodir. Biroq PHP tili foydalaniladigan boshqa sohalar ham mavjud. Bu sohalarni biz uchta asosiy qismga bo‘lamiz:
Birinchi soha - biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, server tomonidan bajariladigan ilovalar (skriptlar) yaratish. PHP tili bunday turdagi skriptlarni yaratish uchun juda keng qo‘llaniladi. Bunday ish ko‘rsatish uchun PHP-parser (ya’ni php-skriptlarni qayta ishlovchi) va skriptlarni qayta ishlovchi veb-server, skriptlarni natijasini ko‘rish uchun brauzer va albatta php-kodini yozish uchun qanday bo‘lsa ham matn muharriri kerak bo‘ladi. PHP-parser CGI-dasturlar ko‘rinishida yoki server modullari ko‘rinishida tarqalgan. Ikkinchi soha - buyruqlar satrida bajariladigan skriptlarni yaratish. Ya’ni PHP tili yordamida biror-bir kompyuterda brauzer va veb-serverlardan mustaqil ravishda o‘zi bajariladigan skriptlarni ham yaratish mumkin. Bu ishlarni bajarish uchun hech bo‘lmaganda PHP-parser (bu holatda uni buyruqlar satri interpretatori (CLI, command line interpreter) deb ataymiz) talab etiladi. Bunday ishlash uslubi turli masalalarni rejalashtirish yordamida bajarilishi uchun kerak bo‘lgan skriptlar yoki oddiy matnni qayta ishlash uchun kerak bo‘lgan masalaga o‘xshash ishlaydi. Uchinchi soha - bu mijoz tomonidan bajariladigan GUI-ilovalarni (grafik interfeys) yaratish. PHP tilini bu sohaga qo‘llash uchun php kengaytmali maxsus yordamchi - PHP-GTK talab etiladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling