Shuning uchun uni istagan matn redaktorida, masalan MS Word yoki oddiy «Bloknot»da
yaratish mumkin.
HTML sahifa nima? - bu oddiy text fayl bo'lib,
.html qisqartmasiga
ega.
Eslatib o’tish joiz, hujjat yaratilgach, uni matn formatida saqlash kerak. Lekin, bu ishni
bajarishdan oldin uning kengaytmasini o’zgartirish, ya'ni TXT o’rniga HTML yoki HTMni
qo’yishni esdan chiqarmaslik kerak. HTML va HTM kengaytmasi HTML fayl
uchun
standarthisoblanadi. Bundan tashqari, bu kengaytmalar kompyuterga faylda
matnlardan tashqari HTML kodlari ham mavjudligini ko’rsatib turadi. HTML tili harflar
razmeriga befarqdir, ya'ni bosh va kichik harflar bir xil qabul qilinadi. Lekin teglarni
yozishda ko’pincha bosh harflardan foydalaniladi.
Bundan tashqari, HTML sahifani yaratish uchun maxsus dasturlarni qidirib topib, sotib
olish shart emas. Matn tahrirlovchi har qanday dastur orqali HTML sahifa yaratish
mumkin.
Masalan: Windows muxitidagi matn
muxarrirlari:
Notepad,
TextPad,
UltraEdit,
EdutPlus. Ana shunday matn tahrirlovchi
oddiy dasturlardan biri bo'lgan
Notepad(
Блокнот), Windows muhitida ishlovchi har bir
kompuytreda mavjud.
Ba'zi matn muxarrirlarida HTML hujjatni web brauzerda sinab ko’rish tugmasi mavjud.
HTML xujjatni yaratishga mo’ljallangan maxsus dasturlar (HTML muxarrirlar) ham
mavjud:
FrontPage,
Adobe GoLive,
Macromedia Dreamweaver,
Nestcape
Do'stlaringiz bilan baham: