Hub, switch, kompyuterlardan tuzilgan tarmoqni quramiz, va dinamik ip kiritamiz


Marshrutlash protokollari marshrutlash jadvalini qurish usullari


Download 84.03 Kb.
bet6/7
Sana24.06.2023
Hajmi84.03 Kb.
#1652976
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bluetooth

Marshrutlash protokollari marshrutlash jadvalini qurish usullari.
Eng yaxshi yo'nalishni tanlash usuli va o'z ishining boshqa xususiyatlari bilan farqlanib turuvchi xar xil algoritmlar asosida qurilishi mumkin.
Ma'qul yo'nalish tanlashning yuqorida aytib o'tilgan misolida, boshlanish tugunidan to oxirgi tugungacha bo'lgan marshrutizatorlarning butun ketma– ketligiemas, faqat keyingi(yaqindagi) marshrutizator aniqlangan. Ushbu yondoshishga muvofiq marshrutlash taqsimlangan sxema bo'yicha bajariladi, xar bir marshrutizator yo'nalishining faqat bitta qadamini tanlash mumkin, butun yo'nalish esa, ushbu paket o'tgan xamma marshrutizator ishining natijasidan kelib chiqadi. Marshrutlashning bunday algoritmlari bir qadamli deyiladi. Bunga qarama– qarshiko'p qadamli yondoshish xam mavjud. Bu manbadan (Source Routing) marshrutlash deyiladi.
Bunga muvofiq, tugun – manbaa tarmoqqa yuborilayotgan paketda, u orqali o'tadigan xamma oraliq marshrutizatorlari haqida to'la yo'nalish berilgan. Ko'p qadamli marshrutlash ishlatilganda marshrutlash jadvalini qurish va taxlil qilish zaruriyati qolmaydi. Bu tarmoqdan paketning o'tishini tezlashtiradi, marshrutizatorlarni yuklanishdan to'ldiriladi, lekin bunda oxirgi tugunlarga katta yuklanish tushadi. Bu sxema xisoblash tarmoqlarida bugun taqsimlangan bir qadamli marshrutlashga nisbatan juda kam qo'llaniladi. Lekin IP protokolining yangi versiyasida klassik bir qadamli marshrutlash bilan bir qatorda, manbadan marshrutlashga xam ruxsat beriladi.
Bir qadamli algoritmlar marshrutlash jadvalini tuzish usuliga qarab uchta sinfga bo'linadi:
- fiksatsiya qilingan (yoki statik) marshrutlash algoritmi;
- oddiy marshrutlash algoritmi;
- adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi
Fiksatsiya qilingan marshrutlashda, marshrutlash jadvalidagi hamma yozuvlar statik hisoblanadi. Tarmoq adminstratorining o'zi qaysi marshrutizatorlarga u yoki bu manzilli paketlarni uzatish kerakligini hal etadi va utilit (route OC Unix yoki Windows NT)lar yordamida marshrutlash jadvaliga muvofiq yozuvlar kiritadi. Jadval, odatda, yuklash jarayonida tashkil etiladi.Keyinchalik uning ichidagisi qo'l bilan tuzatilmaganiga u o'zgartirilmasdan ishlatiladi.Bunday tuzatmalar masalan, agar tarmoqda qaysi bir marshrutizator ishdan chiqsa uning vazifalarini boshqa marshrutizator bajargan holda kerak bo'ladi.
Ikki xil yo'nalish jadvali bor. Birinchisi, bir yo'nalishli jadval, unda har bir manzil egasi uchun bitta yo'l, ikkinchisi, ko'p yo'nalishli jadval, bunda har bir manzil egasi uchun bir nechta alternativ yo'llar belgilangan.Ko'p yo'nalishli jadvalda yo'nalishlarning bittasini tanlash huquqi berilgan.Ko'pincha bu yo'l asosiy xisoblanadi, qolganlari esa rezerv.Tushunarliki, fiksatsiyalangan marshrutlash algoritmi, uning qo'l usuli bilan marshrutlash jadvalini tuzishi faqat oddiy topologiyali kichikroqtarmoqlarda qo'llash mumkin.Lekin ushbu algoritm katta tarmoq magistrallarida ishlash uchun samarali ishlatilishi mumkin, chunki magistralning o'zi, magistralga ulangan tarmoq osti kelayotgan paketlarning eng yaxshi yo'llari bo'lgan oddiy tuzilishga ega bo'lishi mumkin.
Oddiy marshrutlash algoritmlarida marshrutlash jadvali umuman ishlatilmaydi, yoki marshrutlash protokollarisiz ko'riladi.Oddiy marshrutlashning uch turi mavjud.
- tasodifiy marshrutlash, bunda paket dastlabki yo'nalishidan tashqari, tasodifiy uchragan bitta yo'nalishga yuboriladi;
- ko'chki marshrutlash, bunda paket keng ogohlantirilgan holda, dastlab yo'nalishdan tashqari, hamma imkonli yo'nalishlar bo'yicha yuboriladi.
- oldingi tajriba bo'yicha marshrutlash, bunda yo'nalishni tanlash jadval bo'yicha bajariladi, lekin jadval kiruvchi portlarda paydo bo'luvchi paketlarning manzil maydonlarini tahlil qilish yordamida, ko'prik negizida quriladi.
Eng ko'p tarqalgani, adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi xisoblanadi.Bu algoritmlar tarmoq kofiguratsiyasi o'zgargandan so'ng marshrutlash jadvalining avtomatik yangilanishini ta'minlaydi.Adaptiv algoritmlar asosida qurilgan protokollar hamma marshrutizatorlarga aloqalar konfiguratsiyalarining hamma o'zgarishlarini operativ ko'rib chiqib, tarmoqdagi aloqalar topologiyasi axborotni yig‘ishga imkon beradi. Adaptiv marshrutlashda marshrutlash jadvalida, odatda ushbu yo'nalish qancha amaliy bo'lib qolish vaqti oralig‘i to'g‘risida axborot bor. Bu vaqt yo'nalish hayotining vaqti (Time To Live, TTL) deyiladi. Adaptiv algoritmlar odatda, taqsimlangan xarakterga ega, bu tarmoqda topologik axborotni yig‘ib, umumiylashtiruvchi qandaydir ajratilgan marshrutizatorlar yo'qligi bilan ifodalanadi: bu ish xamma marshrutizatorlar orasida taqsimlangan.



Download 84.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling