«hududgaz toshkent» gaz ta’minoti filiali


IX. KORRUPSIYaGA QARShI TALABLAR


Download 293.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana25.01.2023
Hajmi293.29 Kb.
#1118640
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ШАРТНОМА ЛОТИН АЛИФБОСИДА1

 
IX. KORRUPSIYaGA QARShI TALABLAR 
 
9.1. Ushbu shartnomaning har bir tomoni o‘ziga nisbatan qo‘llaniladigan barcha, shu jumladan O’zbekiston 
Respublikasi amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlaridagi Korrupsiyaga qarshi tegishli shartlar va talablarni 
tushunishi haqida bir-birini ishontiradi va ularga amal qilishini kafolatlaydi.
7.2. Yetkazib beruvchi quyidagi huquqlarga ega: 


14 
- iste’molchini belgilangan tartibda ushbu shartnomaning 2.4 va 2.5-bandlari talablariga muvofiq xabardor 
qilgan holda, gazni yetkazib berishni qisqartirish yoki to‘xtatish; 
- o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlanganda, ularni gaz tarmog‘idan uzib qo‘yish;
- iste’molchilardan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari va gazni yetkazib berish shartnomasi talablariga rioya 
etishini talab qilish; 
- shartnomani qonun hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilish; 
- gaz tarmoqlarida avariyaning oldini olish yoki bartaraf etish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni 
ko‘rish zarurati yuzaga kelganda, iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan hamda zudlik bilan xabardor 
qilgan holda, tabiiy gazni yetkazib berishni to‘xtatish yoki cheklash. 
7.3. Iste’molchi quyidagilarga majbur: 
- gazdan oqilona va samarali foydalanishga; 
- har oyning 5-sanasigacha Yetkazib beruvchiga uning vakili bilan birga elektron gaz hisobdonini arxiv 
ma’lumotlari (raspechatka) yoki gazni hisobga olish priborlarining ko‘rsatkichlarini taqdim etishga; 
- tasarrufidagi gaz quvurlari va uskunalarini texnik jihatdan soz holatda saqlashga;
- gaz tarmoqlarida yoki gazdan foydalanish uskunasida vujudga kelgan tabiiy gaz sizib chiqishi holati haqida gaz 
ta’minoti tashkiloti dispetcherlik xizmatlarini zudlik bilan xabardor qilishga; 
- o‘zining gaz tarmoqlari daxlsizligini ta’minlash va ehtimoli bo‘lgan ruxsatsiz ulanishlarni aniqlash maqsadida 
ularni va ulardagi uskunalarni muntazam ravishda ko‘zdan kechirib chiqishga; 
- gaz ta’minoti tashkilotlari gaz tarmoqlariga sertifikatlanmagan, gazlashtirish loyihasiga (keyingi o‘rinlarda 
LTH deb ataladi) muvofiq bo‘lmagan gazdan foydalanish uskunasining ulanishiga yo‘l qo‘ymaslikka; 
- gaz ta’minoti tashkiloti vakillarining (tegishli guvohnoma ko‘rsatilgan taqdirda) gazni iste’mol qilishni hisobga 
olish priborlarini va/yoki gazdan foydalanish uskunasini kunning istalgan vaqtida erkin ko‘zdan kechirishini 
ta’minlashga; 
- gazdan foydalanish uskunasidagi nosozliklarni (bunday turdagi ishlarni bajarish huquqiga ega bo‘lgan 
ixtisoslashtirilgan brigadalar yoki xodim yordamida) bartaraf etishga; 
-gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularning ishlashiga to‘sqinlik 
qiluvchi harakatlarni amalga oshirmaslikka, ularning qasddan buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka va o‘rnatilgan 
tamg‘alarning butunligini ta’minlashga; 
- gaz iste’molini hisobga olish priborlari ishidagi nosozlik aniqlangan taqdirda, 24 soat ichida gaz ta’minoti 
tashkilotini o‘zi uchun qulay shaklda darhol xabardor qilishga; 
7.4. Iste’molchi Yetkazib beruvchidan quyidagilarni talab qilish huquqiga ega: 
- yetkazib berilgan gazning aniqlangan hajmiga va boshqa parametrlariga norozi bo‘lgan taqdirda, Yetkazib 
beruvchining gaz iste’molini hisobga olish priborlari ishlashining ishonchliligini tekshirish uchun komissiya tashkil 
etish; 
- tabiiy gazning standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan sifatda va yetkazib berish 
rejimiga rioya qilgan holda uzatilishi; 
- shartnoma bekor qilinganda, foydalanilmagan gaz hajmi uchun to‘langan summani qaytarish; 
4.4. Iste’molchiga gaz oldindan to‘lovsiz yetkazib berilmaydi. 
4.5. Oldindan to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, Iste’molchiga gaz yetkazib berilmaydi (strategik korxonalar 
va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilar bundan mustasno). 
4.6. Iste’molchi tomonidan olingan gaz uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish hisob-kitob oyidan keyingi oyning 10-
kunigacha amalga oshiriladi. 
4.7. Strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega Iste’molchilar hisob-kitob qilish oyi tugagandan keyin 30 kun 
mobaynida olingan gaz uchun yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradilar. 
4.8. Gazdan foydalanishda Iste’molchining aybi bilan gaz yetkazib berishga shartnomada ko‘rsatilgan hajmdan 
kam foydalanilgan taqdirda, avans tarzida to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi, ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar esa 
kelgusida gazdan foydalanishda hisobga olinadi. 
4.9. Iste’molchi tomonidan gaz yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomada hisob-kitob oyi davomida 
belgilanganidan ko‘p hajmda va Yetkazib beruvchi bilan oldindan kelishilmasdan gaz olingan takdirda, 


15 
Iste’molchidan (gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlar bundan mustasno) 
shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koeffitsiyent bilan oshirilgan to‘lov undiriladi. 
Bunda, gazning hisobini yuritilishida iste’molchi aybdorligi asoslantirilib kamchiliklari aniqlanganda, iste’mol 
qilingan gaz hajmini o‘rnatilgan gaz asbob-uskunalarini to‘liq quvvati bo‘yicha qayta hisob-kitob qilingan taqdirda, 
iste’molchidan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koeffitsiyent bilan oshirilgan 
to‘lov undirilmaydi.
Navbatdagi oy (chorak) uchun ko‘rsatilgan gaz hajmlari bo‘yicha ushbu shartnoma o‘zgartirilishidan oldin 
Iste’molchi Yetkazib beruvchiga bu haqida o‘n kundan kechikmay xabar bergan taqdirda, bunday holatlar ortiqcha 
olingan miqdor deb hisoblanmaydi. 
4.10. Gaz uchun iste’molchining to‘lov muddati o‘tgan qarzi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning avans to‘lovi 
hisobiga o‘tkazilgan mablag‘lari iste’molchini xabardor qilgan holda, to‘lov muddati o‘tgan qarzni to‘lashga 
yo‘naltiriladi va avans to‘lovi sifatida hisobga olinmaydi. 
4.11. Yetkazib beruvchi va Iste’molchi o‘rtasidagi hisob-kitob haqqoniyligini ta’minlash uchun hisobot davrida 
Gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. 
Dalolatnomani rasmiylashtirishda quyidagilar inobatga olinadi: 
a) gaz hisoblash pribori ko‘rsatkichlari, avtomatik tarzda to‘g‘rilanadigan gazni hisoblash priboridan hisobot 
davri uchun olingan (ko‘chirma) arxiv ma’lumotlari; 
b) iste’molchi gaz tarmoqlari va GTShdagi texnologik yo‘qotishlarning hisoblangan hajmi ko‘rsatilgan holda 
rasmiylashtirilgan dalolatnoma. 
4.12. Ko‘rsatkichlar olinganidan so‘ng keyingi oyning 5-kuniga qadar Yetkazib beruvchi tomonidan hisob-kitob 
oyi uchun gaz yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasi va schet-faktura rasmiylashtiriladi. 
4.13. Iste’molchi oyning 7 kunidan kechiktirmasdan Yetkazib beruvchidan hisob-kitob oyi uchun gaz yetkazib 
berish va qabul qilish dalolatnomasini va schet-fakturani qabul qilib oladi va imzolaydi hamda bir nusxasini Yetkazib 
beruvchiga jo‘natadi. 
4.14. . Gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasini imzolamaslik yoki uni e’tirozlar bilan imzolash 
Iste’molchini ko‘rsatib o‘tilgan tabiiy gaz hajmlari uchun to‘lovlardan ozod qilmaydi. Yetkazib berilgan yoki qabul 
qilingan gaz miqdorini aniqlashdan norozi bo‘lgan tomon dalolatnomada norozilik sabablarini majburiy aks ettirish 
yo‘li bilan hisob-kitob qilish oyi tugagandan keyin 10-kungacha boshqa tomonga bu to‘g‘risida dalolatnomaning bir 
nusxasini taqdim qiladi. Ushbu masalani o‘zaro hal etish imkoniyati bo‘lmaganda, kelishmovchilik sabablari 
qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi kerak. 
4.16. Yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun qarzlarni undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha arizalar iqtisodiy 
ishlar bo‘yicha sudida ko‘rib chiqilayotganda tabiiy gaz yetkazib beruvchi tashkilot oldindan davlat boji to‘lashdan 
ozod qilinib, keyinchalik davlat boji summasi aybdor tomondan undiriladi.
4.17. Gaz uchun amaldagi tariflar (narxlar) o‘zgargan holatda, Yetkazib beruvchi bu haqidagi axborotni o‘n besh 
kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qiladi. Gaz uchun tariflar o‘zgarganida, mazkur Shartnoma o‘z 
kuchida qoladi, iste’mol qilingan gaz uchun to‘lov esa yangi tarif asosida, u qonunda belgilangan tartibda kuchga 
kirganidan so‘ng amalga oshiriladi. 
Bunda iste’molchi tabiiy gazning avans tariqasida to‘langan hajmi uchun to‘lov kunidan boshlab ko‘pi bilan 
keyingi 1 oy qo‘shimcha to‘lov to‘lashdan ozod qilinadi. 
Foydalanilgan gaz uchun to‘lov summasi gaz iste’molini hisobga olish priborlaridan ko‘rsatgichlarni olish 
vaqtida amalda bo‘lgan tariflar asosida hisoblanadi. Tariflar o‘zgarganda, avval hisoblangan summa bo‘yicha tariflar 
o‘zgarishiga qadar to‘lov amalga oshirilmagan bo‘lsa, qayta hisob-kitob qilinmaydigan qarzdorlik vujudga kelgan deb 
tan olinadi. 


16 

Download 293.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling