Hududiy elektr tarmoqlari


Download 77.71 Kb.
bet1/10
Sana19.06.2023
Hajmi77.71 Kb.
#1609192
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ulgurji shartnoma 2023 (4)


ULGURJI ISTE’MOLCHILARGA ELEKTR ENERGIYASI YETKAZIB BERISH SHARTNOMASI
20___yil “______________________ _____________- son _________________________________
(shartnoma tuzilgan joy)


HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ TOSHKENT HUDUDIY FILIALI_________________________________________ tuman (shahar) elektr ta’minoti korxonasida 202__ yil “____” __________da rо‘yxatdan о‘tkazilgan _________________ – son ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi rahbari
________________________________________________________________________________
(elektr ta’minoti korxonasi rahbarining F.I.SH )
(keyingi о‘rinlarda Ta’minotchi korxona deb ataladi) bir tomondan hamda ikkinchi tomondan Ulgurji iste’molchi (keyingi о‘rinlarda Iste’molchi deb ataladi) ________________________________________________________________________________
(xо‘jalik yurituvchi subyektning tо‘liq nomi)
rahbari _________________________________________________________________________
(xо‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining yoki ishonchli vakilining FISH)
bilan Shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

  1. SHARTNOMA PREDMETI

1. Ushbu elektr energiyasi ta’minoti shartnomasiga (keyingi о‘rinlarda – Shartnoma deb ataladi) muvofiq, Ta’minotchi korxona Iste’molchiga elektr energiyasini ulangan tarmoq orqali yetkazib berish va Iste’molchi iste’mol qilingan energiya uchun о‘z vaqtida haq tо‘lash majburiyatini oladi.
II. YETKAZIB BERILGAN ELEKTR ENERGIYANI HISOBGA OLISH
2.1. Elektr energiyasi iste’molining yillik shartnomaviy hajmi:
aktiv energiyasi ___________ kVt*soat; reaktiv energiyasi _____________ kVar*soat.
2.2. Yetkazib beriladigan elektr energiyaning shartnoma tuzilgan kunidagi narxi _____________________sо‘mni, tarif bо‘yicha ______________________ sо‘mni tashkil etadi. Tarif turlari _______________________________________________________________________
tabaqalashtirilgan, bir stavkali, aholi narxi va boshqalar (tegishlisi yoziladi)
2.3. Iste’molchiga yetkazib beriladigan elektr energiyasining oylar kesimidagi yillik hajmi ushbu Shartnomaga 1-ilovada keltirilgan.
Ta’minotchi korxona tomonidan xizmatlarni tо‘liq hajmda kо‘rsatish uchun elektr ta’minotida tanqislik yuzaga kelgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 dekabrdagi 277-son qarorida qayd etilgan strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilarga zarur bо‘lgan elektr energiyasining minimal hajmini, shu jumladan choraklar va oylar bо‘yicha Iste’molchi bilan belgilangan va oldindan kelishilgan tartibda yetkazib berilishini ta’minlashi shart (7-ilova).
2.4. Iste’molchi tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasining haq tо‘lanishi lozim bо‘lgan hajmi ushbu Shartnomaga 2-ilovada nazarda tutilgan hisobga olish priborlarining kо‘rsatkichlari asosida, hisobga olish priborlari ulangan tok va kuchlanish transformatorlarining transformatsiya koeffitsiyentlarini inobatga olgan holda aniqlanadi.
2.5. Iste’molchining (tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) elektr energiyasini hisobga olish priborlari, shuningdek elektr energiyasini hisobga olishning boshqa vositalari iste’molchining mablag‘lari hisobiga sotib olinadi, davlat qiyoslovidan о‘tkaziladi, Ta’minotchi korxona tomonidan bepul о‘rnatiladi, plombalanadi va rо‘yxatdan о‘tkaziladi.
Tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasini hisobga olish elektron asboblarini sotib olish, о‘rnatish, rо‘yxatga olish, davriy davlat qiyoslovidan о‘tkazish va plombalash, shuningdek, mavjud (jumladan, induksion) hisobga olish priborlari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablag‘lari hisobidan almashtiriladi.
Hisobga olish Iste’molchining aybi bilan buzilgan taqdirda (tok va kuchlanishni о‘lchash transformatorlarining ishdan chiqishi, shuningdek ikkilamchi kommutatsiya, hisobga olish priborlarining shikastlanishi va ularning yо‘qolishi) hisobga olish nazorat qilish asboblarini va ularga tegishli asbob-uskunalarni almashtirish, ta’mirlash, davlat qiyoslovidan о‘tkazish va о‘rnatish iste’molchi tomonidan ular qiymati va kо‘rsatilgan xizmatlar uchun haq tо‘langan holda, Ta’minotchi korxona tomonidan amalga oshiriladi.

Download 77.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling