Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


Qishloq aholi manzilgohlari joylanishi va ixtisoslashishi


Download 170.12 Kb.
bet36/39
Sana18.11.2023
Hajmi170.12 Kb.
#1785416
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Hududlarni rivojlantirish nazariyalari-hozir.org

Qishloq aholi manzilgohlari joylanishi va ixtisoslashishi.

Jamiyat hayotining asosini moddiy boyliklar ishlab chiqarish tashkil etadi. Har qanday ishlab chiqarish faoliyati biron-bir aholi manzilgohining vujudga kelishiga, rivojlanishiga zamin bo`lib xizmat qiladi. Masalan, Muruntov oltin konining topilishi natijasida Zarafshon, Uchquduq shaharlari vujudga keldi yoki Qarshi va Mirzacho`l hududida yangi yerlarning o`zlashtirishi qator aholi manzilgohlari barpo bo`lishiga sabab bo`ldi. Xilma-xil ishlab chiqarish faoliyati aholi va aholi manzilgohlari o`lchami va shakliga turlicha ta‘sir etadi. Jumladan, Muruntov oltin konining topilishi shu hududda aholining mujassamlashuviga (konsentratsiya) olib keldi. O`z navbatida, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning boshqa turlari rivojlanishiga ham turtki bo`ldi.


Turli yiriklikdagi aholi manzilgohlari, ularning yirik murakkab tizimlari aholining hududiy tashkil etish shakllaridir. Uning ijtimoiy tashkil etish shakllariga har-xil yosh va jins, millat, elat, kasb-hunarga mansub kishilar uyushmasi kiradi, ularga makon jihatdan umumiylik shart emas. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida aholi manzilgohlari muhim o`rin egallaydi. U xalq xo`jaligining hududiy tizimida tabiiy resurslar, ijtimoiy ishlab chiqarish va infratuzilma tarmoqlarini bir-birlari bilan bog`lovchi ko`prik vazifasini bajaradi.
Ma‘lumki, aholining uchta funksiyasini fanda ajratib ko`rsatishadi. Bularga aholi ishlab chiqaruvchi kuch ekanligi, ikkinchisi o`zi yaratgan moddiy va ma‘naviy boylikni iste‘mol qilishi va uchinchisi o`z-o`zidan ko`payishidir. Oldingi ikki funksiya aholini sotsial-iqtisodiy kategoriya ekanligini, so`nggisi esa uni biosotsial yoki demografik kategoriya sifatida tavsiflaydi.
Yer sharidagi har bir alohida hudud aholi va aholi manzilgohlari tarixiy, tabiiy shart-sharoit va etnografik jihatlaridan kelib chiqib xilma-xil o`ziga xos ko`rinishlarga ega. Jumladan, tabiiy shart-sharoit aholi manzilgohlari joylashuviga ham bevosita, ham bilvosita ta‘sir etadi. Qachonki, aholi manzilgohlari uchun joy tanlanayotganda bevosita tabiiy sharoit bilan (rel‘ef, suv bo`yi, shamol yo`li, seysmik, eroziya va boshqalar) hisoblashmaslikning iloji yo`q. Agarda aholi manzilgohlari ishlab chiqarish faoliyati nuqtai-nazardan vujudga kelsa, tabiiy sharoit bilvosita ta‘sir ko`rsatadi.
Har qanday aholi manzilgohlarini geografik jihatdan majmuali tadqiq etishda avvalo unda yashovchilarning soni va tarkibi, bandligi, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tutgan mavqe‘i, (madaniy, iqtisodiy va siyosiy) boshqa aholi manzilgohlari bilan aloqasini mukammal bilish talab etiladi va o`z navbatida, yuqorida keltirilgan tarixiy, tabiiy va etnografik tomonlarini ham hisobga olish muhim ahamiyatga kasb etadi.
Aholi manzilgohlari rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillardan yana biri bu ijtimoiy-iqtisodiy omillardir. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar tufayli vujudga kelgan aholi manzilgohlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yuksalgan sayin rivojlanib boravyeradi. Masalan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi undagi mavjud turli xil aholi manzilgohlarining ham eniga, ham bo`yiga o`sishiga olib keladi. Bir vaqtlar Sirdaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlari respublika viloyatlari tarkibida umuman bo`lmagan bo`lsa, keyinchalik, yuqoridagi sanab o`tilayotgan omillar tufayli, kichik-kichik qishloqlar o`rnida yoki umuman aholi yashamaydigan joylarda yangidan yangi aholi manzilgohlari barpo qilindi va ular bugungi kunda bir necha o`nlab aholi manzilgohlarini o`zida mujassamlashtirgan yirik viloyatlarga aylandi.
Aholi va aholi manzilgohlarining joylanishi shakllari xilma-xil bo`lganligi bois, ularni yirik ikkita tipga ajratishadi, tarqoq (dispyers) va guruhlangan shakllari. Tarqoq joylashgan aholi manzilgohlari – yakka holda qurilgan yashash joyi bo`lib, ular ko`proq xizmat yuzasidan (fyermyerlar) tashkil qilinib, bir-biridan ma‘lum bir masofadagi uzoqlikda joylashadi. Guruhlashgan holda joylashgan aholi manzilgohlari – turli xil kattalikdagi shahar va qishloq aholi manzilgohlari ko`rinishda bo`ladi. Shu boisdan ham bunday guruh ko`rinishidagi aholi manzilgohlari ikkita – shahar va qishloq aholi manzilgohlariga bo`linadi.
Qishloq, odatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda shaharga nisbatan passiv, zaifroq aholi punkti hisoblanadi. Shaharlarning ko`p funksiyaligi, kattaligi, innovatsiya, investitsiya va infratuzilma salohiyatining kuchliligi, iqtisodiyotning ko`p tarmoqliligi va yuqori darajada rivojlanganligi, aholi yashashi, o`qishi, davolanishi, ishlashi uchun imkoniyatlarning keng ekanligi, ularning ta‘sirchanligi hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizim yoki majmualarda yyetakchi rol o`ynashini ta‘minlab beradi.
Qishloq shaharga ma‘lum darajada bo`ysinadi, uni qishloq xo`jaligi xom ashyosi bilan, aholisini toza havo, suv, iqtisodiyotini ishchi kuchi bilan ta‘minlab turadi. Shahar esa qishloqqa malakali kadrlar, qishloq xo`jaligiga mashina, asbob-uskunalar, minyeral o`g`itlar, qurilish matyeriallari, zamonaviy syervis xizmatini etkazib beradi‖1.
Shahar va qishloq aholi manzilgohlari bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lib, ular o`rtasida aniq chegara o`tkazib bo`lmaydi. Sababi, shahar-qishloq oralig`ida ham qator aholi manzilgohlari mavjudki, ular biri ikkinchisi bilan tutashib ketgan. Ammo, shunga qaramasdan, shahar va qishloqni bir-biridan ajratuvchi maxsus mezonlar ham borki, bu mezonlar turli davlatlarda o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi.



  1. Download 170.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling