Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


Farg`ona iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi


Download 170.12 Kb.
bet26/39
Sana18.11.2023
Hajmi170.12 Kb.
#1785416
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
Hududlarni rivojlantirish nazariyalari-hozir.org

2. Farg`ona iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. Iqtisodiyotida sanoat muhim tarmoqlardan biri bo‘lib, respublika yalpi sanoat mahsulotining 22,1 foizini beradi. Sanoatda ayniqsa, yog‘ilg‘i-energetika, qurilish materiallari, engil, oziq-ovqat sanoat korxonalari hamda mustaqillik davrida shakllangan avtomobil sanoati mintaqa iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. YOqilg‘i-energetika sanoatida “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” muhim o‘rin tutadi. Bu zavod faoliyati neftni birlamchi qayta ishlashga (yiliga 7517 ming tn) yo‘naltirilgandir.
Mashinasozlikning ko‘plab korxonalari tashkil etildi va bugungi kunda ularda turli xil avtomobillarga qismlar, jihozlar tayyorlanmoqda. Jumladan, Andijonda joylashgan "Uz Dong Vong Kompani" qo‘shma korxonasi hamda “UzDEU avto” – hozirgi “GM Ozbekiston” qo‘shma korxonasi avtomobillar va avtomobil ichki jixozlari, o‘rindiq g‘iloplari ishlab chiqarishga, Namangandagi O‘zbekiston-Koreya "O‘Z CHASIS" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonasida avtomobil qismlari, Farg‘onada "Evraziya Tapo-Disk" korxonasi avtomobil disklari, "Avtooyna" aksionerlik jamiyati avtomobil oynalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bundan tashqari, iqtisodiy rayon sanoatida engil sanoatning ko‘pgina korxonalari turli tuman mahsulotlar yaratib sanoat tarmog‘i rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishmoqda.
Farg‘ona iqtisodiy rayonining O‘zbekiston yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotida ulushi 25,6 foizga teng (2010 y.). Qishloq xo‘jaligining asosini dehqonchilik, xususan paxtachilik, pillachilik, donchilik, bog‘dorchilik, meva, sabzavot, kartoshka etishtirish tashkil etadi. Respublika yalpi dehqonchilik mahsulotining 28,8 foizi, chorvachilik mahsulotining 20,8 foizi, umumiy er maydonining 7,1 foizi (2010 y.) ushbu iqtisodiy rayon hissasiga to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jalik erlarining asosiy qismi Andijonda (91,6 %), Namangan (81,9%) va Farg‘onada ham (95,1 %) sug‘orilib dehqonchilik qilinadi.
Transportida temir yo‘l, avtomobil yo‘li va havo transporti yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mustaqillik yillarida ta’mirlanib, kengaytirilib ishga tushgan Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan avtomobil yo‘li iqtisodiy rayonni respublikaning boshqa hududlari bilan bog‘lashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
8-Mavzu. Hududlarni rivojlantirishda Zarafshon iqtisodiy rayonining hududiy o`rni va ahamiyati.(2soat)

Reja.
1. Zarafshon iqtisodiy rayonining xududiy joylashuvi
2. Zarafshon iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi



  1. Download 170.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling