8-mavzu: O‘zbekistonda o‘simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti. Reja


Download 16.11 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi16.11 Kb.
#1711130
Bog'liq
8-mavzu (1)


8-MAVZU: O‘ZBEKISTONDA O‘SIMLIKCHILIK TARMOQLARI IQTISODIYOTI.
REJA:

  1. O`simlikchilik tarmoqlarining ahamiyati

2. O`simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotining hozirgi holati
3. O`simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari.
Tayanch iboralar: O‘simlikchilik, iqtisodiy samaradorlik, g‘alla mustaqilligi siyosati, donchilik, paxtachilik, sabzavotchilik, uzumchilik, bog‘dorchilik, mevachilik.
Qishloq xo`jaligining o`simlikchilik tarmog`iga:
• don-g`allachilik (bug`doychilik, sholichilik);
• texnika ekinlari (paxtachilik, kanopchilik, tamakichilik, lavlagichilik);
kartoshkachilik; • sabzavotchilik (karamchilik, pamidorchilik);
• polizchilik (qovunchilik, tarvuzchilik); • yem ozuqa ishlab chiqarish. • va boshqa tarmoqlar kiradi.
O`simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotining hozirgi holati. Qishloq xo`jaligining o`simlikchilik tarmoqlarida ichki va tashqi bozor talabini qondira oladigan turli xildagi mahsulotlar davlat siyosatini e’tiborga olgan holda yetishtirilmoqda. Natijada tarmoqning samaradorligi so`ngi yillarda o`smoqda. O`simlikchilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan mahsulotlarning samaradorligi bir qancha ko`rsatkichlar yordamida aniqlanadi.

  1. Ekin turlari bo`yicha 1 gektar maydondan olingan hosil, ya'ni ekinlarning hosildorligi, oziqa ekinlari bo`yicha qo`shimcha har gektardan olingan oziqa birligi miqdori aniqlanadi.


Bunda: Ex – ekin turlarining hosildorligi, sent/ga;
• Ob – bir gektardan olingan oziqa birligi, sent/ga;
• Yax – yalpi olingan hosil, tonna yoki sen;
• Ob – jami olingan oziqa birligi, tonna yoki sen;
• Xm, Obm – hosil, oziqa birligi maydon, ga.
Respublika xukumati qishloq xo’jalik ekinlarining maydonlarini diversifikatsiyalash bilan birgalikda ularning unumdorligini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarni maqsadga muvofiq ravishda tizimli qilib amalga oshirishga ham juda katta e’tibor qaratdi.Jumladan: tezpishar,kam suv talab etadigan,kasalga chidamli sezhosil navlarini joriy etishga: • -irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish; • -barcha turdagi tadbirkorlikni mineral o’g’itlar,yonilg’ilar bilan to’liq ta’minlash;
-yangi, samarali texnikalar hamda innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlash; -davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag’larni ko’paytirish tijorat banklarining mablag’larini ko’roq ajratish espubl-el investitsiyalarining ko’lamini kengaytirish; -tarmoq xodimlarini moddiy va manaviy rag’batlantirish va boshqalar.Bular uchun katta mehnat va mablag’ sarflangan.
3. O`simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari O`simlikchilik tarmoqlarining espublika hamda qishloq xo`jalik korxonalari iqtisodiyotidagi o`rnini, ahamiyatini e’tiborga olgan holda kelajakda ularni rivojlantirish va samaradorligini yuksaltirish eng asosiy vazifalardan biridir. Bu muammoni ijobiy hal etish uchun, avvalo, erkin bozor talablarini e’tiborga olgan holda qanday turdagi dehqonchilik mahsulotlarini va qancha miqdorda etishtirish zarurligini aniqlab olish lozim.
Baliq skeleti metodi.

  1. Bir varaq oq qog`ozda (vatman yoki A-4 varag`i) baliq skeleti chiziladi (boshi, kemirchagi, qovurg`alari).

  2. Yuqoridagi «suyagiga» “O’simlikchilik tarmog’i iqtisodiyoti” dagi muammo ifodalanishi, pastidagiga esa - ushbu muammo mavjudligini (yoki uni hal qilish yo`lllari, o`qituvchi o`z oldiga qo`ygan maqsadga qarab) isbotlovchi faktlar yozib qo`yiladi.

  3. To`ldirilgan sxemaning taqdimoti.


Aqliy hujum” usulidan foydalanish uchun savollar:

  1. Qishloq xo’jaigining o’simlikchilik tarmog’iga qaysi tarmoqlat kiradi?

  2. O`simlikchilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan mahsulotlarning samaradorligi qaysi ko`rsatkichlar yordamida aniqlanadi?

  3. O`simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy masalalari nimalardan iborat?

  4. Mamlakatimizda o’simlikchilik ishlab chiqarishning hozirgi holati qanday?

Download 16.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling