Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


-Mavzu. Hududlarni rivojlantirishda Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining hududiy o`rni va rivojlanishi.(4soat)


Download 170.12 Kb.
bet32/39
Sana18.11.2023
Hajmi170.12 Kb.
#1785416
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
Hududlarni rivojlantirish nazariyalari-hozir.org

11-Mavzu. Hududlarni rivojlantirishda Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining hududiy o`rni va rivojlanishi.(4soat)


Reja.
1. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining xududiy joylashuvi
2. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi



  1. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining xududiy joylashuvi


Quyi Amudaryo rayoni- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tarkib topgan respublikaning eng shimoliy mintaqasi hisoblanadi. Uning maydoni 172,7 ming km2 yoki mamlakat hududining 38,4 foizini tashkil etadi. Qoraqalpog‘ison Respublikasi maydoni jihatdan respublikada eng oldingi o‘rinda turadi (166,6 ming km.kv.), Xorazm viloyatiniki esa 6,1 ming km.kvni tashkil etadi. SHu boisdan ham bu jihatdan O‘zbekiston Respublikasining eng katta iqtisodiy rayoni hisoblanadi. Rayon, Amudaryoning quyi oqimida, Orol dengizining janubiy qismida Qizilqum cho‘lining g‘arbida va Ustyurt platosining sharqiy qismida va O‘zbekiston Respublikasining shimolig‘arbiy chekkasida joylashgan. Tabiiy sharoitiga ko‘ra xilma-xil, asosan tekisliklardan iborat, faqatgina Sulton Uvays tog‘i va ayrim qirlar qad ko‘tarib turadi.
Bunda Tuyamo‘yindan Orol dengizigacha cho‘zilgan Amudaryo mansabidan iborat pasttekislik, Amudaryodan o‘ng tomonda joylashgan Qiziqumning shimoli-sharqiy qismi, Ustyurt platosi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy rayon shimolda juda katta maydonni egallagan holda iqlimi keskin kontinental, issiq kunlar nisbatan kamroq, vegetatsiya davri qisqa, bahori kech, kuzi erta boshlanishi bilan tavsiflanadi. Qolaversa, rayon dunyodagi eng shimolda paxta etishtiradigan hududlardan hisoblanadi.
Tabiiy resurslardan tabiiy gaz, tuzlar, qurilish materiallari, Sulton Uvays tog‘ida fosforit, temir rudasi, Oqtog‘da plavik shpati va talk, Qushxontovda mirabilit, Qo‘ng‘irot atrofidagi Borsa kelmas hamda Qoraumbet kabi konlarda sulfat magniy, tosh va osh tuzlari va hakozolar uchraydi. Qoraqalpog‘istonning Ustyurt qismida tabiiy gaz va ayniqsa, neft konlarining yirik zahiralari borligi aniqlangan. Bu erdagi, Oqsholoq, SHohpaxta, Quvonish konlaridan tabiiy gaz qazib olinadi. Xorazm viloyati hududi foydali qazilmalarga unchalik boy emas. Suv resurslari etishmasligi, Orol dengizi bilan bog‘liq ekologik muammolar aynan ushbu hududlarga xos. Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududida joylashgan Orol dengizi so‘nggi 40-45 yilda muntazam ravishda qurib bormoqda va uning qurigan qismida Orolqum paydo bo‘lgan. Agar 1964 yilda Orol dengizining maydoni 66,0 ming kv.km.ni tashkil etgan bo‘lsa (Qozog‘iston qismi bilan birga), 2009 yilda dengizning maydoni atigi 8,9 ming kv. km.ga yoki dengizning suv hajmi ham 1083 kub km dan 87 kub km gacha qisqargan.
Aholisi 2012 yil 1 yanvar ma’lumotiga ko‘ra, 3322,8 ming kishi bo‘lib, bu mamlakat aholisining 11,3 foiziga teng. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 maydonga 19,2 kishi, shundan Xorazm viloyatida 267,1 kishidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bunga nomutanosib ravishda 10,2 kishidan to‘g‘ri keladi. Xorazm viloyatining er maydoni kichikligi, hududining asosiy qismini o‘zlashtirilganligi, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik salohiyatining yuqoriligi aholi joylashuvida o‘z aksini topgan.

Download 170.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling