Hujayra nazariyasining yaratilishi


I.5. Tur to’g’risida tushunchalarning shakllanishi


Download 66.01 Kb.
bet3/8
Sana30.04.2023
Hajmi66.01 Kb.
#1412401
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
hujayra nazariyasi yaratilish tarixi

I.5. Tur to’g’risida tushunchalarning shakllanishi.
Tur tushunchasining ta’rifi
Tabiatda o’simliklar bilan hayvonlar turi nihoyatda ko’p bo’lishiga qaramay, hozircha tirik organizmlarning juda oz turlari har tomonlama o’rganilgan. Shu sababli, har bir turning o’ziga xos tomonlarini qamrab olgan tur ta’rifi hanuzgacha yaratilmagan. To’g’ri, biologiya fani tarixida turga juda ko’p ta’riflar berilgan. Biroq ko’pchilik hollarda bu ta’riflar turning ayrim belgilari yoki mezonlariga asoslangan xolos.
Turni ta’riflashda ikki xil: tipologik vas of nazariy evolutsion konsepsiyalar mavjud. Turning tipologik konsepsiyasida asosiy maqsad bir turni boshqa turdan ajratish hisoblanadi. Evolutsion nuqtai nazardan turga ta’rif berishda, tur hayotining mavjud asosiy formasi ekanligini va unda ma’lum darajada evolutsion jarayoni ro’y berishi diqqat-markazida turadi. Turga berilgan bu ikki hil ta’rifdagi o’zaro qarama-qarshilik shundan iboratki, turni bilish uchun qo’llanilgan tipologik konsepsiyada uning turg’un belgi xossalari, ya’ni statikligi e’tiborga olinadi. Turga berilgan ta’rifning evolutsion konsepsiyasida esa uning dinamik harakteristikasi diqqat markazida bo’ladi.
Sistematiklar tomonidan turga beril ta’riflar ichida umumiy va ayrim organizmlar guruhi ( masalan, mikroorganizmlar, zamburug’lar, suvo’tlar, hasharotlar va hakozolar) ga xos xususiy ta’riflar bor. Lekin bu ta’riflarning hammasida ham har xil turlarni bir yoki ko’p belgilariga qarab farq qilishga asoslaniladi. Berilgan ta’riflarda turning umumiy va xususisy belgilariga ko’pincha aralashtirib yuboriladi. Mayrning haqqoniy mulohazasiga ko’ra, “…birorta sistematik materialdan barcha sistematik hamkasblar uchun muqbul bo’lgan umumlashgan xulosaga kela olmaydi”!.
Hozirgi vaqtda tur ichidagi birliklar populyatsiyalar hamda ular guruhlarining murakkab integratsiyasidan iborat sistema sifatida e’tirof etiladi. Turni bunday keng politipik ma’noda ta’riflash uni xarakterlash uchun yagona tipik nusxa yetarli, deb hisoblagan tipologik konsepsiyadan tubdan farq qiladi. Politipik turlar haqidagi tasavvurlar vujudga kelishi tufayli turga morfologik farqiga qarab emas, balki populyatsiyalar orasidagi jinsiy bog’lanishlarga qarab ta’rif berila boshladi. Bu ta’rifda “biologik tur” quyidagi xossalarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak:

  1. Biologik tur jinsiy yo’l bilan ko’payadiga formalarda mavjud.

  2. Tur o’zaro qarindosh bo’lgan bitta yoki bir nechta populyatsiyalardan tashkil topgan.

  3. Populyatsiyaga mansub organizmlar o’rtasidagi munosabat ko’payish jihatdan bir-biriga bog’liq bo’lishdan iborat.

  4. Bir turga mansub populyatsiyalarning boshqa turga mansub populyatsiyalardan jinsiy tomondan alohidalanishi biologik turning asosiy mezoni bo’lib xizmat qiladi.

Biologik turning bu ta’rifida bir qancha jiddiy kamchiliklar bor. Ular tubandagilardan iborat:

  1. Jinssiz yo’l bilan ko’payuvchi organizmlarda turlar mavjudligi yuqoridagi ta’riflarda inobatga olinmaydi.

  2. O’z populyatsiyasidagi boshqa organizmlar bilan chatishmaydigan mutant formalar tur darajasiga ko’tarilishi hisobga olinmagan.

  3. Mustaqil evolutsiya jarayonida o’ziga xos morfologik-fiziologik belgilarga ega bo’lgan va ancha ilgari mustaqillashib olgan geografik va ekologik irqlar tur deb tan olinmaydi. Evolyusion konsepsiya asosida turga nazarib (abstract) ta’rif beriladi. Bu ta’rifda tur asosan evolusiyalanuvchi birlik sifatida olinadi. Masalan, Simpson mulohazasiga ko’ra, tur deyilganda, biro ta-ona organizmlarining boshqa ota-ona organizmlardan mustaqil ravishda tarixiy rivojlangan va o’z evolyusion taqdiriga, yo’nalishiga ega bo’lgan izchil populyatsiyalari qatori tushuniladi. Albatta, bu ta’rif abstract ta’rif bo’lib, uni amalda qo’llab bo’lmaydi. Chunki unda bir turning morfologik, fiziologik, ekologik jihatdan ikkinchidan turdan farq qilishi o’z ifodasini topmagan.

Turni ta’riflashda mavjud ikkita, ya’ni amaliy va sof nazariy yo’nalishni o’zaro bir-biriga qo’shish masalasi hanuzgacha hal bo’lmayapti. Shu sababli turni ta’riflashda ko’p tomonlama tavsif diqqat markazida bo’ladi. Avvalo, turga umumiy ta’rif berishda, albatta, uning statistikasi va dinamikasi yagona birlikning qarama-qarshi xossalari sifatida e’tiborga olinishi, shu bilan bir qatorda tur avolyusiya jarayonining asosiy bosqichi ekanligini hamda organik olamda evolyutsiya jarayoni populyatsiya – tur darajasida amalga oshishi diqqat markazida bo’lishi kerak. Aytilganlarni e’tiborga olib, tur to’g’risida mulohaza yuritganda, uning quyidagi xossalariga alohida e’tibor berish kerakligini ko’rsatdi.
Har bir tur evolyutsiyaning sifat jihatdan farq qiluvchi bosqichi bo’lib, o’z mustaqilligi bilan harakterlanadi. Tur umumiy yoki ajralgan arealda tarqalgan, o’xshash morfologik-fiziologik belgilarga ega hamda o’zaro chatisha oladigan individlar yig’indisidan tashkil topgan. Tabiatda turlar urchishi jihatdan bir-biridan tamomila chegaralangan, shu sababli ular chatishmaydi. Turga berilgan bu ta’rifga yana ayrim qo’shimchalar kiritish lozim. Har qanday tur o’zining genotipik sistemasiga, “genotipik birligiga” ega.
Har bir tur boshqa turlardan alohida mavjud bo’lmaydi, balki ma’lum biogeotsenoz tarkibiga kiradi hamda o’ziga xos genotipik sistemaga ega. Ko’p turlar politipik tur hisoblanadi va belgilari bilan farq qiluvchi har xil organizmlar guruhlari (populyatsiyalar) dann, ayrim vaqtlarda kenja tur darajasiga ko’tarilgan formalardan tashkil topadi.
Xulosa qilib aytganda, turlar amalda morfologik, fiziologik, ekologik, genetik belgi-xossalari, geografik tarqalishi bilan bir-biridan farq qiladi. Umuman turga berilgan ta’rifni jinsiy yo’l bilan ko’payuvchi, chetdan changlanuvchi organizmlar turiga nisbatan to’liq qo’llash mumkin. Partenogenez yo’li bilan ko’payuvchi yoki o’z-o’zidan changlanuvchi organizmlarga nisbatan esa to’liq qo’llash juda qiyin. Bunday organizmlarda ma’lum hududlarda tarqalgan umumiy evolyutsion qismat bilan bog’liq bo’lgan yaqin biotiplar sistemasi jinsiy ko’payuvchi, chetdan changlanuvchi organizmlardagi tur tushunchasiga teng keladi.
Qadimgi o’simliklar, hayvon turlari ko’p hollarda asl nusxasini tiklash yo’li bilan aniqlanadi. Bunda, asosan, ularning morfologik belgilariga alohida e’tibor beriladi. Tur belgilari topilgan oraliq formalar ko’zga ko’rinadigan morfologik o’zgarishlarga ega bo’lgandagina namoyon bo’ladi. Paleontologik nuqtai nazardan olganda, turga kiruvchi organizmlar ma’lum maydondagina emas, balki shu bilan bir vaqtda ma’lum tarixiy davr ichida ham tarqalgan bo’ladi.Keyingi holat tur kriteriyasini yaqin qarindoshlik ma’nosidan mahrum qiladi. Aytilgan mulohazalar tur ta’rifini poleontologiyada qo’llashda jiddiy qiyinchiliklar borligidan dalolat beradi.
Evolyutsion nazariya uchun organik olamning tarixiy rivojlanishini ta’minlovchi boshlang’ich evolyutsiya omillari tiriklik (hayot) ning qaysi darajasiga ta’sir etishi tufayli ro’y berishi haqidagi fikrlar ham muhim ahamiyatga ega. Biroq “tuzilish-uyushish darajasi” ko’pincha biologiyada har xil talqin qilinadi. Masalan, molekulyar biologiyaning rivojlanishi bilan ba’zi biolglar turning sifat jihatdan o’ziga xos uyishish darajasi molekulyar darajadir, tiriklikning boshqa uyishish darajalari esa molekulyar darajaning oshirilgan ifodasi, deb talqin qiladilar. Tiriklik tuzilish darajasini klassifikatsiyalashda ham olimlar o’rtasida ixtiloflar bor. Bunday ixtiloflarga qaramay, barcha olimlar populyatsiya-tur darajasida organizmlar uzoq vaqt o’z-o’zini ko’paytira olishi va evolyutsion yangilanish ro’y berishini e’tirof etadilar. Zavadskiyning turga bergan ta’rifida bu masala asosiy o’rinda turadi.uning ta’rifiga ko’ra, tur hayptning mavjud asosiy formalaridan biri bo’lib, yuqori tuzilish – uyishish darajasidan tashkil topgan. U statik tomondan determinatsiya qilingan sistemadan iborat bo’lib, tabiiy tanlanishning ta’sir maydoni hisoblanadi. Tur uzoq vaqt o’z-o’zidan ko’paya olish, yashash va mustaqil rivojlanish qobilyatiga ega.
Tur evolyutsiya jarayonining sifatli bosqichi bo’lib, ichki jihatdan qarama-qarshilikdan iborat. Evolyutsiya natijasi sifatida u nisbatan turg’un, ma’lum sharoitga moslashgan, genetik jihatdan boshqa turlardan mustaqil holda namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, tur evolyutsiyaning aktiv tashuvchisi va evolyutsiya jarayonining bosqichi sifatida dinamik xarakterga, noaniq chegaraga ega va o’zgaruvchan bo’ladi. Zavadskiy tomonidan berilgan bu ta’rif tir naqadar keng hajmli, o’z mohiyati jihatidan qarama-qarshi ekanligini ko’rsatadi.

Download 66.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling