Hujayra nazariyasining yaratilishi


Tur tushunchasining rivojlanish tarixi


Download 66.01 Kb.
bet4/8
Sana30.04.2023
Hajmi66.01 Kb.
#1412401
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
hujayra nazariyasi yaratilish tarixi

Tur tushunchasining rivojlanish tarixi
K.M.Zavadskiy uqtirishicha, tur haqidagi bilimlarning rivojlanish tarixida 6 bosqichni farq qilish kerak.
Turni o’rganishdagi birinchi bosqich antik dunyodan boshlanib, XVIII asr boshida yakunlandi. U davrlarda tur tushunchasi endigina paydo bo’lib, bu ibora ostida hayvonlar bilan o’simliklarning katta guruhiga kiruvchi kichik guruhlarni tushinilgan. Antik dunyo tabiatshunoslari orasida tur tushunchasi borligi Aristotel tomonidan hayvonlarni 500, Teofrast tomonidan o’simliklarni 400 turga bo’linganligida ko’zga tashlanadi. XVII asr oxirida ham tur so’zi xuddi antic dunyodagi kabi noaniq ma’noda qo’llanilgan.
Turni o’rganishda ikkinchi bosqich Djon Rey ishlaridan boshlanib, Linney tadqiqotlarigacha bo’lgan davrga to’g’ri keladi. A.Sezalni dastlab o’simliklar sistemasini tuzgan bo’lsa-da, biroq tur to’g’risidagi birinchi ta’rif Djon Rey ishlarida uchraydi. Uning asarlarida morfologik jihatdan o’xshash, o’z o’xshashligini naslda saqlovchi organizmlarning eng kichik to’plami tur deb ta’riflanadi. U davrda bir tur boshqa turga, masalan, g’o’za o’simligining mevasi pishganda qo’zichoqqa aylanadi, degan ibtidoiy transformistik g’oyalar fanda keng o’rin olganligi sababli turning o’zgarmasligi, turg’unligi tan olinmas edi.
Turni o’rganishning uchinchi bosqichi Linney nomi bilan bog’liq. U xilma-xil o’simlik va hayvonlarni tekshirib, tur organik olamning barcha vakillari uchun harakterli ekanligini e’tirof etdi. U barcha o’simliklar va hayvonlar avlodlari turlardan iborat bo’lib, tabiat hosilasi ekanligini, inson ongi natijasi emasligini ta’kidladi. Tur, Linney fikricha, o’zaro qarindosh, tuzilishi jihatdan o’xshash, urchiganda uzluksiz o’ziga o’xshash nasl hosil qiluvchi organizmlar guruhidan iborat. Turlar tabiatda real va turg’undir. Turlarning nisbatan turg’unligiga asoslanib Linney, so’ngra J.Kyuve turlar mutloq o’zgarmas, degan xulosaga keldilar. Linney tadqiqotlarida turning alohidaligiga chegaralanganligi tan olindi. Bu alohidalanish turning morfologik va fiziologik mezonlarni ishlab chiqish uchun zamin vazifasini o’tadi.
Evolyutsion nazariyaning pioneri bo’lmish Lamark botanika sohasida ishlagan davrda tabiatda turlar real, o’zgarmas ekanligiga shubha qilmadi. Lekin keyinchalik u zoologiya sohasida tadqiqot ishlarini boshlagandan so’ng organic olamdaevolyutsiya jarayoni sodir bo’lishi g’oyasini qabul qildi va mazkur g’oyani turning tabiatda realligi g’oyasiga qarama-qarshi qo’yib, nominal doktrinani ilgari surdi. U”Men uzoq muddat tabiatda turlar turg’un, deb o’yladim, endilikda esa bu noto’g’ri ekanligiga tabiatda individlar borligiga ishondim” deb yozgan edi (K.M.Zavadskiy “Vid i vidoobrazovanie. K., 1968, 35-bet).
Darvindan oldin ko’pgina biologlar turning turg’unligini e’tirof etadilar, ulardan birortasi turlar o’zgaradimi va bu jarayon qanday kechadi, degan muammoni hal eta olmadilar. Modomiki, tabiatda tur real ekan, demak, u o’zgarmasdir, degan g’oya XIX asrning 60 – yillarigacha hukmronlik qildi. Chunki Darvingacha biologiya fani tur ichidagi formalarning tabaqalanishiga oid keng va aniq dalillarga ega emas edi. Dastlabki evolyutsionistlar(J.Byuffon) tabiatda turlarning o’zgarishini tan olib, ularning realligini inkor etdilar. Ular fikricha tur iborasi inson tomonidan o’ylab topilgan tushuncha, xolos. Shunga ko’ra, har qanday sistema shartli hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, Darvingacha biologiya fanida tur tabiatda mavjud (real) hamda unga qarama-qarshi tur iborasi mavhum, shartli tushuncha, degan ikki xil tushuncha shakllandi.
Tur to’g’risida mulohaza yuritilar ekan, sistematikada qo’llaniladigan tur nazariyasi bilan turning amaliy namunasini bir-biridan farq qilish lozim. Odatda, tur nazariyasi deyilganda, turning mohiyati har xil ko’rinishi haqidagi tasavvurlar: turning amaliy namunasi deyilganda esa, tur birligi, ya’ni chegarasi ko’lamini aniqlash maqsadida sistematiklar amalda qo’llaydigan qisqacha ko’rsatma tavsifi tushiniladi. Darvinizmgacha bo’lgan davrda ana shu ikki tushuncha teng ma’noda ishlatilib kelindi.
XVIII asr o’rtasidan to XIX asr oxirigacha sistematiklar turni aniqlashda asosan morfologik ko’rsatma, qisman fiziologik ko’rsatma tavsifidan foydalanib keldilar. Morfologik ko’rsatma tavsifining qo’llanilishi tufayli fanda turni aniqlashda ikki yo’nalish paydo bo’ldi. Morfologik monotipik tur ko’rsatma tavsifi tur keyinchalik boshlang’ich tarkibiy qismlarga ajralmaydigan, tuzilish jihatidan o’xshash organizmlardan iborat, degan g’oyaga tayanadi. Tur morfologik jihatdan farq qiluvchi nusxalardan tashkil topgan, degan g’oya politipik turning ko’rsatma tavsifi asosini tashkil etadi. XIX asrning o’rtalariga kelib, politipik tur tushunchasi biologlar o’rtasida keng tarqaldi.
Tur muammosini hal etishdagi to’rtinchi bosqich 1860 – 1890 yillarga to’g’ri kelib, u Darvin tadqiqotlari bilan uzviy bog’liq. Darvin o’sha davrda olimlar o’rtasidagi turlar tabiatda real yoki real emasligi to’g’risidagi bahsga to’xtalib, o’simlik va hayvon turlari o’z rivojlanishi bilan bir xil emasligini, tabiatda ba’zi turlar to’liq shakllangan bo’lib, ularning aniq chegarasi yaxshi ifodalanganligini, aksincha, yosh urlarning belgi-xossalari hali to’liq shakllanmaganligi sababli, ular o’rtasidagi chegara aniq emasligini qayd qildi. Shunga ko’ra, keyingilarini tur emas, balki tur xili yoki kenja tur deb atash maqsadga muvofiqdir, dedi. Modomiki, tabiatda shunday holat mavjud ekan, u holda tur turga nisbatan real bo’lishi, kenja turga nisbatan real bo’lmasligi mumkin, chunki, birinchi holatda ular orasida hech qanday bog’lovchi oraliq formalar uchramaydi, ikkinchi holatda esa oraliq formalarni ko’plab uchratish mumkin, deydi.
Albatta Darvinning asosiy maqsadi turning real yoki real emasligini hal etish emas, balki hamisha o’ziga teng bo’lgan va tabiatda o’zgarmas tur yo’q ekanligini isbotlashdan iborat edi. Bu muammoni u atrificha isbotlab berdi. Darvin tabiatda turlarning o’zgarishida nasldan-naslga o’tadigan individual o’zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish asosiy omil ekanligini ta’kidladi. Darvin ta’limotiga ko’ra, tur tarixiy hodisa bo’lib, y paydo bo’ladi, rivojlanadi, takomillashadi, so’ng yashash sharoitining o’zgarishi bilan o’z o’rnini boshqa turlarga bo’shatib beradi yoki tabiatdan tamomila yo’qolib ketadi.
Turni o’rganishning beshinchi bosqichi XX asr boshidan boshlab 30 yil davom etgan. Bu davrda turni tajriba yo’li bilan o’rganish avj olgan. Ayrim olimlar tajribada olingan ma’lumotlarga asoslanib, turning realligini inkor etdilar va faqat geografik irqlar mavjud, degan fikrni keng quvvatladilar. Oqibatda tur tushunchasi geografik irq tushunchasi bilan almashtirildi. Bunday mulohazalarga ko’ra, tur bitta yoki bir nechta geografik irqdan tashkil topgan bo’lib, ular o’z navbatida tarkibiy qismlarga ajralmaydi.
Bunga qarma-qarshi o’laroq genetika sohasida olib borilgan tadqiqotlar tur irsiy jihatdan turg’un juda ko’p mayda formalardan tashkil topgan g’oyat murakkab tuzilishga ega ekanligini ko’rsatdi. Shunga asoslanib, ba’zi odamlar tarkibida xilma-xil formalar bor turlarni linneonlar, naslida turli-tuman formalarni hosil qilmaydigan turlarni haqiqiy turlar – jordonlar deb atashni tavsiya etdilar. Bunday mulohazalarning kelib chiqishiga asl sabab turlar o’zgarmas bo’lsagina, tabiatda real degan tushuncha ekanligini payqash qiyin emas, albatta. Mazkur bosqichda turni ta’riflashda yagona kelishilgan fikr yo’qligi oqibatida uning realligini inkor etish birmuncha kuchaydi. Lekin tur to’g’risidagi tushuncha tanglikka uchragan davrda biologlarning hammasi ham turning tabiatda realligini inkor etmadilar, aksincha, Darvinning evolyutsion ta’limotiga va turning strukturasini o’rganish bo’yicha tajribalarda olingan dalillarga asoslangan holda tur tabiatda tarixan rivojlangan, real hodisa deb, uning bir butunligi, murakkab tuzilganligi e’tirof etildi. XX asr boshida turni tajriba yo’li bilan o’rganish mavsumiy alohidalanish, mutatsion o’zgaruvchanlik, duragaylash natijasida yangi turlar paydo bo’lishini ko’rsatdi. Turning strukturasi va paydo bo’lishini aniqlashga doir tajriba yakunlari tur nazariyasining boyishiga, chuqurlashishiga imkon yaratdi.
Tabiatda turlar paydo bo’layotganda ular orasidagi farq faqat morfologik belgilarda emas, shu bilan bir qatorda fiziologik, biokimyoviy xossalari hamda ekologik-geografik jihatdan ham ko’zga tashlandi.
Turni o’rganishning so’ngi – oltinchi bosqichi 1925 – 1930 yillardan to hozirgi davrgacha bo’lgan muddatni o’z ichiga oladi. Uning eng xarakterli tomoni o’simlik va hayvonlar, zamburug’lar turlarini tadqiq qilish tur muammosiga ko’p tomonlama, ya’ni morfologik, ekologik, geografik, genetic, fiziologik, biokimyoviy jihatdan yondashishdan iborat.
Ayniqsa genetika sohasida tur muammosini o’rganish nihoyatda qiziqarli ma’lumotlarni vujudga keltirdi. Bu sohada to’plangan ma’lumotlar har bir tur turli-tuman irsiy o’zgaruvchanlikka boy ekanligi ularning ko’pchiligi retsessiv holatda bo’lishini va turning kelgusidagi o’zgarishi uchun safarbarlik rezervi vazifasini o’tashini ko’rsatdi. Bu bosqichda ham tur haqida munozara tugagani yo’q. Ayrim biolglar turning turning realligini inkor etsalar, ikkinchilari tabiatda turlar tabiiy tanlanishsiz birdaniga, to’satdan paydo bo’ladi, degan tajribada isbotlanmagan soxta darvinistik fikrni ilgari surdilar. Lekin ko’pchilik olimlar tomonidan to’plangan ma’lumotlar tabiatda turlar har xil yo’l bilan rivojlanishini ko’rsatdi. Tur strukturasini tadqiq qilish har bir tur tabiatda real bir-biridan farq qiluvchi ko’p populyatsiyalardan iborat murakkab sistema ekanligini tasdiqlamoqda. Turni o’rganishning so’nggi bosqichida ilgaridagilarga nisbatan sifat jihatdan farq qiluvchi, qamrovi keng tur ta’rifi e’lon qilindi. Bu, o’z-o’zidan, fan taraqqiyoti bilan tur nazariyasi boyib, yuqori bosqichga ko’tarilayotganligidan dalolat beradi.



Download 66.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling