Hujayrani o ‘rganish metodlari
Download 318.86 Kb.
|
Tibbiy biologiy1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Optik mikroskopiya metodi
- Gistokimyo va sitokimyo metodlari
- Sentrifugalab differensiyalash
- Hujayralar kulturasi metodi
- Avtoradiografiya metodi
- Hujayra nazariyasi
- Sitoskelet hosil qiluvchi
- Хужайра органоидлар бўйича тузилган ушбу жадвални
- Хужайра органоидлари Тузилиши ва қайси хужайраларда учрайди Функцияси
- Ҳужайраларнинг кимиѐвий
- Тузилиши Вазифаси Ҳужайрадаги ўрни
Tibbiy biologiya 1)Hujayra qanday metodlar yordamida o`rganiladi Hujayrani o ‘rganish metodlari. Hujayra o ‘rganishning optik mikroskopiya, elektron mikroskopiya, giotokimyo va sitokimyo,sentrifugatsiyalash, mikrurgiya, hujayralar kulturasi, avtoradiografiya va boshqa metodlari mavjud. Optik mikroskopiya metodi yordamida fiksasiya qilingan va tirik hujayralar o‘rganiladi. Tirik hujayralami o‘rganishda fazokontrast, polyarizasiyalanuvchi va lyuminessentlanuvchi mikroskoplardan foydalaniladi. Zamonaviy optik mikroskoplar ob’ektni 3000 martagacha kattalashtirih imkonini beradi. Obyektni 100000, hatto million marta kattalashtirib beradigan elektron mikroskoplarning paydo b o iis h i hujayraning tuzilishi to ‘g ‘risidagi tushunchalami yanada kengaytiradi. Elektron mikroskoplarda yorug‘lik nuri o ‘rniga elektrom agnit m aydonidan o ‘tadigan elektronlar oqim idan foydalaniladi. Ribosomalar, endoplazmatik to ‘r, mikrovorsinkalaming kashf etilishi, plazmolemma tuzilishining aniqlanishi elektron mikroskopning paydo boiishi bilan bogliq. Gistokimyo va sitokimyo metodlari yordamida hujayraning kimyoviy tarkibi va unda sodir boladigan biokimyoviy jarayonlar o ‘rganiladi. Bu metodda muayyan kimyoviy moddalar fiksasiya qilinganda (hujayraga ta’sir qilinganda) hujayradagi kimyoviy moddalar bilan reaksiyaga kirishib, cho'kma hosil qiladi. Masalan, yod eritmasini tomizib, hujayrada kraxmalni aniqlash mumkin. Bu m etodlar orqali oqsillar, ferm entlar, yog‘lar, korbonsuvlar, vitaminlar, nuklein kislotalar, metall tuzlarining miqdori va ularning hujayradagi olrni aniqlanadi. Sentrifugalab differensiyalash orqali yadro, sitoplazma, mitoxondriyalar va hujayraning boshqa organoidlari ajratib olinadi. Bu jarayonda juda katta tezlikda aylanadigan ultramikroskopdan foydalaniladi. Mikrurgiya metodimikropriborlar bilan jihozlangan m ikroskop yordamida hujayra yadrosi ni chiqarib olib, boshqa hujayraga o‘tkazish, hujayraichidagi biotoklar va haroratni olchashdan iborat. Hujayralar kulturasi metodi tirik organizmdagi sharoitga yaqin sharoitda hujayrani maxsus oziq muhitida o ‘stirib, uning tuzilishi va funksiyasini o‘rganishga imkon beradi. Maxsus mikroskop yordamida hujayraning o‘sishi, rivojlanishi, harakatlanishi va bolinishini kuzatish mumkin. Avtoradiografiya metodi hujayrada kechadigan biokimyoviy jarayonlami o ‘rganishda qoilaniladi. Bu metodda hujayraga radioaktiv izotoplar, nishonlangan atomlar kiritiladi. Izotoplar hujayra birikmalaritarkibiga kiradi. 0‘rganiladigan buyumga fotoemulsiya surib, izotoplar kirgan hujayra komponentlari aniqlanadi. 2) Nima uchun hujayra asosiy strukturaviy va funksional birlik deb ataladi Hujayra tiriklikning strukturaviy va funksional birligi hisoblanadi . Chunki hujayra darajasidan boshlab tiriklik boshlanadi. Hujayra butun bir to`qimani , to`qima esa organni , organ organizmni hosil qiladi. Barcha tirik organizmlar hujayradan boshlanadi. Shu sababli, hujayra tirik organizmlarning tuzilish, ko‘payish va funksional birligi sanaladi. Tirik organizmlarga xos bo‘lgan hayotiy jarayonlar aynan hujayralarda sodir bo‘ladi. Hujayra va uning organoidlarida boradigan hayotiy jarayonlar uning tarkibiga kiradigan organik birikmalarga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur organik birikmalarning molekula darajasida o‘rganilishi hujayra, to‘qima, organ, organlar sistemasi va organizmda sodir bo‘la- digan jarayonlarda ularning biologik ahamiyatini tushunish imkonini beradi 3)Hujayra nazariyasi asosiy qoidalarini biologiya va tibbiyotdagi ahamiyatini aytib bering Hujayra nazariyasi - barcha organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishidagi umumiylikni koʻrsatuvchi yirik biologik nazariyalardan biri boʻlib, unga binoan hujayra bakteriyalar, zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlarning eng kichik tuzilish birligi. Hujayra nazatiyasiga tiriklik olamining birligi va uning tarixiy rivojlanishi haqidagi evolyutsion tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi Ch.Darvinning evolyutsion taʼlimoti va energiyaning oʻzgarishi qonuni bilan bir qatorda 19-asrda tabiatshunoslik sohasida qilingan 3 buyuk kashfiyotdan biridir. Shu qatorda hujayra nazriyasi tibbiyotda ham o`z ahamiyatiga ega. Biologiya tibbiyot bilan o`zaro chambarchas . Ularsiz bir birini tasavvur qilib bo`lmaydi. Hujayra nazariyasi qanday fanlarning rivojiga asos soldi Hujayra nazariyasi yaratilgandan so`ng birinchi navbatda biologiya fani shiddatli rivojlandi. Buning natijasida Biologiya kompleks fan bo`lganligi uchun hamma sohalarni birdan rivojlanish boshlandi , Hujayra nazariyasining yaratilishi biologiya fanini emas balki, butun fanlarni rivojlanishiga turtki bo`ldi. Biologiya, Tibbiyot, Farmokologiya , Oziq ovqat sanoatida kabilarini misol qilsa boladi. Prokariot va Euokariot hujayralarning asosiy farqlarini tushuntiring. Euokariotlar haqiqiy yadroga va membranaga ega orgonellardan iborat. Prokariotlarda esa buning aksi.Bu Eoukariotlar bilan prokariotlar o`rtasidagi asosiy farqi hisoblanadi . Yana bir asosiy farq Euokariot bilan Prokariot bitta va ko`p hujayraligi bilan farqlanadi. Bundan tashqari Euokariotda irsiy axborot yadroda , prokariotda esa sitoplazmada joylashgan bo`ladi. Euokariotda bir nechta chiziqli xromosoma , Prokariotda esa bitta yumaloq xromosoma mavjud. Euokariot hujayralar murakkab jarayonlar , prokariotda esa nisbatan oddiy jarayonlar kuzatiladi. Bularning ko`payishida ham ozaro farq mavjud. Euokariotlar Mitoz Meyoz jarayonlari sodir bo`lsa, Prokariotda esa Amitoz kuzatiladi. Organoidlarning klassifikatsiyasini va ahamiyatini tushuntiring. Organoidlarning o`zi klassifikatsiyalanadi . Bularga :Umumiy , hususiy , membranali , membranasiz va sitoskelat hosil qiluvchi turlarga bo`linadi. Umumiy:Ribosoma , Endoplazmatik to`r , Golji apparati , Lizosoma , Mitoxondriya ,Mikronaycha , Miofibrillar, Hujayra markazi Hususiy :Xivchinlar, Kiprikchalar ,Neyrofibrilla va Miofibrillar Membranali : Mitoxondriya , Lizosoma , Plastida , Endoplazmatik to`r va Golji apparati . Membranasiz : Hujayra markazi , Ribosoma , Miofibbrilla va Mikronaycha Sitoskelet hosil qiluvchi : Miofibrilla va Mikronaycha Qanday organoidlar yo`rug`lik mikroskopida ko`rinadi Siz yorug`lik mikroskopida asosan uncha kichkina bo`lmagan organoidlarni ko`rsak bo`ladi.Ushbu mikroskopda :vakuola , yadro , mitoxondriya , plastidalarni korishingiz mumkin. Yorug'lik mikroskopida ko'p miqdordagi bitta membranali organoidlar va ribosomalar ko'rinmaydi Umumiy va xususiy ahamiyatga ega bo`lgan organoidlar Umumiy yoki Universal organoidlar deyarli barcha hujayralarda mavjud bo`lib , ularga : Endoplazmatik to`r , Golji majmuasi , mitoxondriya , ribosoma va polisomalar , lizosoma , peroksisomalar, mikrofibrillar, va mikronaychalar kiradi . Shuningdek hayvon hujayralarida bor , o`simlik hujayralarida yo`q sertromeralar uchraydi. Xususiy organoidlar ayrim , maxsuslashgan hujayralar uchungina xos. Ularga : fibrillar, tonofibrillar , neyrofibrillar , kiprikchalar , xivchinlar hamda hoshiya hosil qiluvchi mikrovorsinkalar kiradi. Bu organoidlar murakkab bo`lib , ularning asosida universal organidlar yotadi. Masalan , kiprikchalar va xivchinlarning asosiy kompenenti mikronaychalar va sentriolalar hisoblanadi , tonofibrillar va miofibrillar asosida esa mikrofibrillar yotadi. Qanday organizmlar prokariotlarga mansub , tibbiy ahamiyati qanday PROKARIOTLAR (lot. pro — oldingi, ilgarigi va karion — yadro) — hujayra-sida membrana bilan chegaralangan yadrosi boʻlmagan organizmlar. Prokariotlarga bakteriyalar, sianobakteriyalar, arxebakteriyalar ki-radi. DNK, oqsil va RNK dan iborat yadro apparati sitoplazmada ochiq joylashgan. Genetik sistemasi (genofor) hujayra membranasiga yopishgan boʻlib, primitiv xromosomaga moye keladi. Koʻpayishda genoforning har qaysisi hujayra membranasi bilan birga yangi hujayralarga oʻtadi. Mitoz boʻlmaydi, xloroplastlar, endoplazmatik toʻr, mi-toxondriyalar, Golji apparati, sent-riollar uchramaydi. Hujayra devori asosi glikopeptid murendan iborat. Ribosomalari ancha kichik, eukariotlarxromosomalaridan oqsil soni va sedimentatsiyakoeffitsiyenti bilan farq qiladi. Prokariotlar bir qator oʻziga xos spetsifik fiziologik jarayonlar, mas, havodan molekulyar azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega. Ayrim karashlarga binoan, Prokariotlar eukariot ajdodlari bilan birga eng qad. hayvonlarga kiritiladi. Хужайра органоидлар бўйича тузилган ушбу жадвални тўлдиринг.
Ҳужайраларнинг кимиѐвий таркиби
Download 318.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling