Hujayraning biologic tuzilishi


Hujayra - barcha hayot organizmlarning tuzilish


Download 19.35 Kb.
bet2/3
Sana09.01.2022
Hajmi19.35 Kb.
#264435
1   2   3
Bog'liq
Mundarij yangi[1]

Hujayra - barcha hayot organizmlarning tuzilish


, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi. Baʼzi organizmlar (masalan, bakteriyalar) bir hujayralidir, yaʼni faqat bitta hujayraga ega. Boshqa organizmlar esa koʻp hujayralidirlar (masalan, oʻrtacha odam 100 trillion yoki 1014 hujayradan iboratdir; oʻrtacha hujayra oʻlchami 10 mikrometr, massasi esa 1 nanogramdir). Eng katta hujayra tuyaqush tuxumi boʻlib, uzunligi 15 sm, massasi 1.4 kg gacha boʻladi. Hujayrani ilk marta Robert Guk 1665-yilda kashf qilgan.

Hujayra (lot. sellula, sulis — katakcha) — barcha tirik organizmlarning tuzilishi va funksional birligi, elementar tirik sistema. Alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi.

Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. H.ning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribo-somalar, mitoxondriyalar, endoplaz-matik toʻr, Golji kompleksi, lizo-somalgr. Ayrim manbalarda H. membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik H.da boʻladigan membrana strukturalari — mikronay-chalar, mikrofibrillalar H. shaklining; H. kiritmalari H. tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.

H. ichida va organizmning ichki suyuq muhitida boʻladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham H.da sin-tezlanadi. H.ning har qaysi organo-idi faqat unga xos vazifani bajaradi. Mas, eukariotlarda H.ning nafas olishi faqat mitoxondriyalar mem-branalarida, oqsil sintezi — ribo-somalarda kechadi. Fermentlarning konsentratsiyalanishi va ularning H.strukturasida muayyan tartibda joylashuvi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, ketma-ket borishi (kon-veyer prinsipi)ni taʼminlaydi. H.ga xos mikrogeterogenlik xususiyati bir xildagi komponentdan bir vaqtning oʻzida har xil moddalarni juda oz miqdor (mikrohajm)da sintezlash imkonini beradi. Ixchamlik prinsi-pi ayniqsa DN K strukturasi uchun xos. Mas, odam tuxumhujayrasining 61012g keladigan DNK si organizm uchun xos boʻlgan barcha oqsillarni kodlaydi. H. ichida ionlarning muay-yan konsentratsiyasi saqlanadi. H. muhitdan yirik molekulalar, jumladan, oqsillar, hatto viruslarni pinotsitoz, ayrim mayda hujayralar va ular fragmentlarini fagotsitoz orqali yutish xususiyatiga ega.



Download 19.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling