Hujayraning biologic tuzilishi
Download 19.35 Kb.
|
Mundarij yangi[1]
MundarijaHujayraning biologic tuzilishi 1 Hujayra - barcha hayot organizmlarning tuzilish 2 Oʻsimlik 3
Hujayraning biologic tuzilishiToʻqima — kelib chiqishi, tuzilishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash hujayralar sistemasi. Odam va hayvonlar toʻqimasi epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv toʻqimalariga boʻlinadi. Epiteliy toʻqimasi odam va hayvonlar tanasini qoplab turadi, ichki organlarda parda hosil qiladi, himoya funksiyasini; uning hosilalari, masalan, jigar va meʼda osti bezining serektor epiteliysi sekretor funksiyasini bajaradi. Xususiy biriktiruvchi toʻqima va uning xreilalari (qarang Krn, Limfa, Togʻay, Suyak) himoya, tayanch va trofik funksiyani bajaradi. Mezenximadan rivojlanadi. Muskul toʻqimasi qisqarish xususiyatiga ega. Shu tufayli organizm fazoda harakat qiladi va uning organlarida qisqarish harakati sodir boʻladi; silliq muskul toʻqimasi mezenximadan, koʻndalangtargʻil muskul toʻqimasi mezodermadan rivojlanadi. Nerv toʻqimasi ektodermadan hosil boʻlib, organizmning hayot faoliyatini boshqaradi, tashqi muhitdan signallar qabul qiladi va organizmning javob reaksiyasini belgilab beradi. Toʻqimaning xosil boʻlishi (gistogenez) embrionning rivojlanishi jarayonida dastlabki hujayraning ixtisoslashuvi bilan bogʻliq. Koʻpincha gistogenez voyaga yetgan organizmda ham sodir boʻladi. Toʻqimaning regeneratsiyalash, baʼzan oʻsishini taʼminlaydi. Har bir organizmning oʻziga xos funksiyasi, odatda, bitta toʻqima yoki bir qancha ixtisoslashgan hujayralar bilan bogʻliq. Barcha organlarda bir necha xil toʻqima boʻladi. Ular birgalikda organizm funksiyasini boshqarib turadi. Funksional jihatdan nerv va muskul toʻqimasi, ayniqsa, chambarchas bogʻlangan. Tuban koʻp hujayralilarda toʻqima kuchli ixtisoslashmagan. Bir xil tipdagi toʻqimaning tuzilishi organizmning har xil qismida va turli darajada tuzilgan organizmlarda bir xilda boʻlmaydi. T. evolyutsiya davomida hujayralarning funksional ixtisoslashuvi natijasida hosil boʻlgan. Oʻsimliklarda toʻqima bir xil hujayralardan iborat boʻlsa — oddiy (mas., kollenxima), har xil hujayralardan iborat boʻlsa — murakkab toʻqima deyiladi. Oʻsimlikning hayoti davomida oʻsishini taʼminlovchi toʻqima meristema bilan bogʻliq. Ildiz va poyaning uchki qismidagi toʻqima birlamchi meristema deyiladi. Poya va ildiz diametrining oʻsishi ikkilamchi meristema — kambiy va fellogen bilan bogʻliq. Odatda, oʻsimliklarda 3 xil: qoplovchi, oʻtkazuvchi va asosiy toʻqima sistemasi ajratiladi. Qoplovchi sistema birlamchi toʻqima (epiderma, epiblema, yaʼni rizoderma, ekzo,derma)dan hamda himoya va soʻrish funksiyasini bajaradigan havo, baʼzan, tuproq (ildizlar) va ikkilamchi toʻqima (himoya funksiyasini bajaradigan) peridermadan iborat boʻlishi mumkin. Pust deb ataladigan uchlamchi qoplovchi toʻqima daraxtlar ildizi va poyasida sirtqi peridermaning nobud boʻlishi tufayli hosil boʻladi. Oʻtkazuvchi sistema 2 xil: birlamchi va ikkilamchi floema hamda birlamchi va ikkilamchi ksilemadan iborat. Asosiy sistema birlamchi parenxima toʻqimasi — xlorenxima, aerenxima hamda mexanik toʻqima — kollenxima va sklerenximani uz ichiga oladi. Bundan tashkari, ajratish, shamollatish funksiyasiga ega boʻlgan T. ham bor. Odam va hayvonlar T.sini gistologiya, oʻsimliklar T.sini anatomiya oʻrganadi.
Download 19.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling