Mavzu: Gistologiya fanining rivojlanish tarixi Gistologiya
Download 9.81 Kb.
|
$2
Gistologiya (grekcha: ἱστός [gisto] va λόγος [logiya]) — odam va hayvonlar organizmining toʻqimalari haqidagi fan. "Gistologiya" terminini birinchi boʻlib nemis olimi K. Mayer taklif etgan. Gistologiya toʻqima va aʼzolarning evolyutsiyasi, rivojlanishi (gistogenez), mikroskopik va oʻta nozik tuzilishi, kimyoviy tarkibi, vazifasi (gistofiziologiya), shuningdek, ularning tuzilishi bilan faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishni oʻrganadi.
Gistologiya odam va hayvonlar anatomiyasi, fiziologiya, patologik anatomiya, patologik fiziologiya, biokimyo, embriologiya va bir qancha klinik fanlar bilan chambarchas bogʻlangan. Gistologiyaning asosiy boʻlimlari: hujayralar haqidagi fan — sitologiya; toʻqimalar haqidagi fan — umumiy Gistologiya.
Aʼzolarning mikroskopik tuzilishi haqidagi fan — xususiy Gistologiya Zamonaviy Gistologiya maqsadlari va tekshirish usullariga qarab bir necha tarmoqqa boʻlinadi: hujayra, toʻqima va aʼzolar hamda ulardagi ayrim strukturalar (mas, kollagen, elastik tolalar), hujayra organoidlari (mitoxondriyalar, endoplazmatik toʻr, Golji kompleksi, lizosomalar va h.k.)ning funksiyasi haqidagi taʼlimot — gistofiziologiya, hujayra va toʻqimalar rivojlanishining turli bosqichlarida hamda hayot faoliyati davrida roʻy beradigan biokimyoviy jarayonlarni oʻrganadigan sitokimyo vagistokimyo, hujayra va toʻqimalarning eng nozik (submikroskopik) tuzilishi haqidagi taʼlimot — elektron mikroskopiya shular jumlasidandir.
Download 9.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling