Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1


Download 182.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana07.11.2021
Hajmi182.37 Kb.
#171442
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
(invalid)

(18-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-apreldagi  207-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

(17 va 18-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli

qarori tahririda)


Oldingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

19.  Joylashish  vositalari  va  davolash  muassasalari  ma’muriyati  O‘zbekiston

Respublikasiga  kelish  vizasiga  ega  bo‘lmagan,  shuningdek  boshqa  qoida  buzishlarga  yo‘l

qo‘ygan xorijiy fuqarolar to‘g‘risida hududiy ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar qilishga

majburdir.

(19-bandning  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-

apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Bunday  shaxslarni  joylashish  vositalari  va  davolash  muassasalarida  rasmiylashtirish

faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olingandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.

(19-bandning  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-

apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

20. Joylashish vositalarida va davolash muassasalarida xorijiy fuqarolarning hujjatlarini

rasmiylashtirish  va  bo‘lishi  muddatini  uzaytirish  qabul  qiluvchi  tashkilotlarning  yozma

iltimoslarida  yoxud  ushbu  Qoidalarning  6 -bandida  ko‘rsatilgan  xorijiy  fuqarolar  o‘zlarining

yozma  arizalarida  (turistlar  uchun  —  turning  amalda  bo‘lishi  muddatiga),  lekin  viza  amal

qilishi muddati doirasida amalga oshiriladi.



(20-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-apreldagi  207-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-apreldagi 178-sonli qaroriga

muvofiq chiqarilgan)

Oldingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

22.  O‘zbekiston  Respublikasida  yashash  huquqini  beruvchi  hujjatlarni  ro‘yxatdan

o‘tkazishni  rasmiylashtirish  xorijiy  fuqaro  joylashish  vositasi  va  davolash  muassasasiga

kelgandan so‘ng 48 soat mobaynida amalga oshiriladi.



(22-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-apreldagi  207-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

23.  O‘zbekiston  Respublikasida  doimiy  yashovchi  xorijiy  fuqarolar  O‘zbekiston

Respublikasida  yashash  huquqi  bo‘yicha  umumiy  asoslarda  joylashish  vositalari  va  davolash

muassasalariga joylashtiriladilar va hisobga olinadilar.



(23-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-apreldagi  207-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

24.  Xorijiy  fuqarolarning  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligida  va  Tashqi

ishlar  vazirligining  bo‘linmalarida  akkreditatsiya  qilinmagan  diplomatik  pasportlari  mazkur

Qoidalarga muvofiq joylashish vositalarida va davolash muassasalarida hisobga olinishi kerak.



(24-bandning  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-

apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Milliy  pasport  yoki  akkreditatsiya  kartochkasi  asosida  mehmonxonada  yashayotgan

O‘zbekiston  Respublikasi  belgilangan  tartibda  akkreditatsiya  qilingan  diplomatik  korpus

a’zolari pasportlarga va akkreditatsiya kartochkalarga biron-bir belgi qo‘yilmasdan joylashish

vositalari va davolash muassasalarining hisobga olish daftarlarida va kartochkalarida hisobga

olinishi kerak.

1



(24-bandning  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-

apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

25.  Joylashish  vositalari  va  davolash  muassasalari  ma’muriyati  tomonidan  xorijiy

fuqarolarni  hisobga  olish  yuzasidan  talablarga  rioya  etilishini  ichki  ishlar  organlari  nazorat

qiladilar.



(25-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-apreldagi  207-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

26.  Mazkur  Qoidalarning  14,  15  va  16-bandlarida  ko‘rsatib  o‘tilgan  xorijiy  fuqarolar

akkreditatsiya  yoki  ularni  vaqtincha  ro‘yxatdan  o‘tkazish  muddatini  uzaytirish  tegishli

ravishda  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligida,  ichki  ishlar  organlarida  va

joylashish  vositalari  va  davolash  muassasalarida  vizalarning  amalda  bo‘lish  muddati

belgilangan  tartibda  uzaytirilgandan  so‘ng,  ularning  amalda  bo‘lish  muddatiga  ko‘ra  amalga

oshiriladi.

(26-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-apreldagi  207-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

(24—26-bandlar  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999-yil  16-apreldagi  178-sonli

qarori tahririda)

Oldingi tahrirga qarang.

27.  O‘zbekiston  Respublikasiga  olti  oygacha  muddatga  kelgan  xorijiy  fuqarolarning

shaxsiy  va  xizmat  avtotransport  vositalari  O‘zbekiston  Respublikasi  bojxona  organlarida

hisobga  olinishi  kerak.  Xorijiy  fuqarolar  o‘z  transport  vositalarini  O‘zbekiston  Respublikasiga

olti oydan ortiq muddatga olib kelishlar, bu transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi

xizmati organlarida milliy raqam belgilarini almashtirgan holda ro‘yxatga olinadi.



(27-bandning  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2004-yil  29-

apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)

Xalqaro haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida avtotransport

vositalarini  boshqarish  uchun  haqiqiy  hisoblanadi.  Yo‘l  harakati  to‘g‘risidagi  konvensiyaning

tegishli  talablariga  javob  beradigan  milliy  haydovchilik  guvohnomalari  O‘zbekiston

Respublikasi hududida ularning tasdiqlangan tarjimasi mavjud bo‘lganda haqiqiy hisoblanadi.

Xorijiy  fuqarolarga  milliy  haydovchilik  guvohnomalarini  berish  yoki  bu  fuqarolarga

ko‘rsatilgan  Konvensiya  talablariga  javob  bermaydigan  guvohnomalarni  almashtirib  berish

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.



Keyingi tahrirga qarang.

Xorijiy  shaxslarning  transport  vositalarini  davlat  texnik  ko‘rigidan  o‘tkazish  ham

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolariga  yoki  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  yashab

turgan  xorijiy  fuqarolarga  tegishli  bo‘lgan  avtotransportni  xorijiy  fuqarolarga  foydalanish

uchun  berish  avtomototransport  davlat  raqami  belgisini  xorijiy  fuqarolarga  mo‘ljallangan

tegishli  toifasiga  almashtirib  berish  uchun  ichki  ishlar  organlarini  xabardor  qilgan  holda

notarial  tartibda  rasmiylashtiriladi.  Xorijiy  fuqarolar  tomonidan  qaytarib  olib  ketish

majburiyati bilan olib kelingan avtotransport belgilangan muddat tugashi bilan chet elga olib

ketilishi kerak va O‘zbekiston Respublikasi hududida egasi qoldirilishi mumkin emas.




Download 182.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling