Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1


Download 182.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana07.11.2021
Hajmi182.37 Kb.
#171442
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
(invalid)

Oldingi tahrirga qarang.

(12-bandning  “a”  kichik  bandi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-

apreldagi 207-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

b)  o‘z  faoliyatini  belgilangan  tartibda  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  amalga

oshiradigan joylashish vositalari va davolash muassasalari.

(12-bandning  “b”  kichik  bandi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  13-

apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)

v)  tranzit  yo‘lovchi  u  bilan  birga  bo‘ladigan  vakolatxonadagi  aniq  shaxs  ko‘rsatilgan

holda  xorijiy  vakolatxonaning  yozma  iltimosnomasi  bo‘lgan  taqdirda  akkreditatsiya  qilingan

xorijiy vakolatxona binosi.

To‘xtash  vaqtida  xorijiy  fuqarolarning  yotoqxonalar  va  shaxsiy  kvartiralarda

yashashlariga istisno hollarda va faqat ichki ishlar organlarining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.

13. O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda majburiy

to‘xtagan  xorijiy  fuqarolarning  O‘zbekiston  Respublikasidan  chiqib  ketishlariga  tranzit  viza

ichki ishlar organlarida uzaytirilmasdan ruxsat berilishi mumkin.

14.  O‘zbekiston  Respublikasi  hududi  orqali  tranzit  o‘tuvchi,  yo‘nalishni  va  O‘zbekiston

Respublikasidan chiqish chegara punktini o‘zgartirishni istovchi xorijiy fuqarolar buning uchun

ichki ishlar organlarining ruxsatnomasini olishlari shart.

15.  Mazkur  qoidalarning  shubhasiz  buzilishiga  olib  keladigan  hollarda  O‘zbekiston

Respublikasi  fuqarolarining  xorijiy  fuqarolarga  joy,  transport  vositalari  berishlariga  yoxud

ularga boshqa xizmatlar ko‘rsatishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xorijiy fuqarolarga joy va transport vositalari berilgan barcha hollarda ularning egalari

bu haqda bir sutkadan kechikmay ichki ishlar organlariga ma’lum qilishlari shart.

16.  Xorijiy  fuqarolar  mazkur  Qoidalar  buzilganligi  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi

qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari va konsullik

muassasalari boshliqlari va xodimlarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala diplomatik yo‘l bilan

hal etiladi.

Mazkur  qoidalarning  xorijiy  fuqarolarning  O‘zbekiston  Respublikasi  hududi  orqali

tranzit  o‘tish  shartlariga  rioya  qilishlarini  ta’minlovchi  yoxud  ularga  xizmat  ko‘rsatuvchi

shaxslar  tomonidan  buzilishi  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  muvofiq  javobgarlikka

tortishga olib keladi.



Download 182.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling