Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Viloyatdagi barcha shahar va tuman hokimliklarida mahfiy hujjatlar bilan ishlashda masʼul mutaxassis hodimlar ish faoliyatini nazorat qiladi.
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
Masala yuzasidan barcha Huquqni muhofaza qilish organlar va idoralari
Doimiy komissiya
- Idoralararo oʻta muhim va toifalangan obyektlarni qoʻriqlanishini nazorat qilish komissiya aʼzosi
Toshkent viloyati hokimligi Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha guruhi yetakchi mutaxassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqadi.
“Kollektiv”, “Projekt”, “E-qaror”, “Ijro.gov.uz”, elektron dasturidan kelgan xat va hujjatlarning ijrosini taʼminlaydi.
Huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xarita”lari va chora-tadbirlarda belgilangan tadbirlarni amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning holatini tahlil qiladi, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jinoyatchilikni qisqartirish shakllari va usullarini, shuningdek chora-tadbirlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etadi.
Fuqarolar xavfsizligini, ularning huquqlari va erkinliklari va sogʻligʻini muhofaza qilishni, huquqbuzarliklarning oldini olishni taʼminlash, pasport-viza rejimiga rioya qilish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan
vakolatlar doirasida muvofiqlashtiradi.
Viloyatda fuqarolar tomonidan oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlarini oldini olish va uning sabab va omillarini bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi komissiyaning ish faoliyatini tashkillashtiradi va qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat olib
boradi.
Jazoni ijro etish joylaridan, jumladan, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari va turmalardan belgilangan muddatlarda yoki muddatidan ilgari shartli boʻshatilgan, ozodlikdan mahrum etish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud tomonidan
jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazosi bilan almashtirilgan, kasallik yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotish oqibatida jazodan ozod qilingan, avf etish asosida jazodan ozod qilingan shaxslarni ishga joylashtirish, ularni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-
quvvatlash hamda maishiy yashash sharoitlarini yaxshilashda yordam koʻrsatilishini nazorat qiladi.
Huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etgan shaxslar bilan ishlash masalalarida huquqni muhofaza qilish va davlatning boshqa organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni taʼminlaydi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling