Hujjat sarlavhasi


Elektron grafiklar qurishning texnologik asoslari. Elektron grafik tasvirlar qurishning zamonaviy usullari


Download 3.76 Mb.
bet14/83
Sana16.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1679701
TuriУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuter grafikasi va web dizayn

Elektron grafiklar qurishning texnologik asoslari. Elektron grafik tasvirlar qurishning zamonaviy usullari


Grafikaning texnologik asoslarini qurishda uning ko‘rkamligini ham nazarda tutish zarur.
Grafikaning ko‘rkamligini oshiruvchi va uning yuklanish tezligini kamaytiruvchi vositalardan biri bu rang berish usulidir. Lekin rang grafikada aralash-quralashlikni keltirib chiqarmasligi kerak. Masalan, alohida regionlarda
aholining zichligini yoki kasallik tarqalishi grafikasini ifodalash, go‘yoki bu regionlar orasida uzviy bog‘liqlikni ifodalagandek taassurot qoldiradi. Bunday holda ifodalanayotgan qiymatiga qarab bir xil rangni to‘q yoki och holatini ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Amaliy dasturlar paketlarining (ADP) keng tarqalishi shu bilan asoslanadiki, tasvirni kommunikatsiya texnologiya vositasi sifatida qabul qilish inson uchun tabiiyroq bo‘lib, bu usulda ham yetarli aniqlikka erishish mumkin.
Mashina grafikasini passiv va interaktiv bo‘ektlarga ajratish mumkin. Bundan 20 yillar avval ulug‘ olimlar, san’at ustalari, sportchilar, multiplikatsion fllmlar qahramonlari (masalan, bo‘ri, quyon rasmlari), Albert Eynshteyn rasmlarini alfavit- raqamli zarbli chop etish qurilmalaridan chiqarish keng tarqalgan edi. Bunda rasm ma’lum nuqtalarga bir xil belgilarni qog‘oz sathiga tushirish orqali, rang tafovuti esa ba’zi joylarga shu belgilarni bir necha marta urib (to‘q rang), ba’zi joylarda bir marta tushirib (och rang) hosil qilinardi. Tasvirni bunday usulda hosil qilish passiv mashina grafikasiga tegishlidir.
Interaktiv mashina grafikasi (IMG)da tasvirning holati, uning shakli, mazmuni, o‘lchamlari va rangi monitor ekranida interaktiv qurilmalar yordamida dinamik ravishda uzluksiz o‘zgartirilib, boshqarib turiladi.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda hosil qilinadigan grafikalarning barchasi amaliy jihatdan qaraganda interaktivdir.
Passiv mashina grafikasiga planshetli va barabanli grafik quruvchi qurilmalar, shuningdek printer, kino va videokameralar yor-damida hosil qilinadigan tasvirlar kiradi.
Bu qurilmalar yordamida hosil qilinadigan tasvirga bevosita ta’sir qilib bo‘lmaydi. Monitor qurilmasida tasvir hosil qilish jarayonini sichqoncha, klaviatura, skaner qurilmalari yordamida istagancha boshqarish mumkin.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan hamma tasvir hosil qilish usullarining umumiy jihati shundaki, ularda tasvir raqamli protsessor yordamida hosil qilinadi.
Grafik tasvir hosil qilishning zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish maqsadida kompyuter grafikasining uch turi — rastrli (nuqtali yoki pikselli),
vektorli (obyektli), fraktal hosil qilinishini ko‘rib chiqamiz. Bu uch turning asosiy farqi ekran yuzasida yorug‘lik nuri haraktlanishining turlichaligidadir. Learning to‘la farqi keyingi mavzularda chuqurroq ko‘rib o‘tiladi.



Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling