Hujjat sarlavhasi


Download 3.76 Mb.
bet2/83
Sana16.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1679701
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuter grafikasi va web dizayn

Taqrizchilar: Mamarajabov M.E. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Informatika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.


Toshtemirov D.E., Guliston davlat universiteti Amaliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.
© GulDU, 2022.

KIRISH


Bugungi kunda Internet olamiga faqatgina kompyuterlar bilan emas, balki uyali telefon aloqa texnologiyalari yordamida ham kirish oddiy holga aylandi. Shuningdek, hozirgi globallashgan davrda har tomonlama takomillashtirilgan vositalar va kashfiyotlar ham sinovdan o‘tkazilmoqda. Global kompyuter tarmog‘i bugungi kungacha ma’lum bo‘lgan barcha axborot manbalaridan (telefon, pochta, televidenie, radio, matbuot nashrlari va boshqalar) farqli holda, o‘z foydalanuvchilariga har qanday ma’lumotni istalgan shakl va ko‘rinishda, ularning qiziqish va xohishlariga qarab, alohida tanlov asosida uzatish va olish uchun qulay imkoniyat yaratib kelmoqda.
Kompyuter grafikasi va Web dizayn fani 5110100 – Matematika va informatika ta’lim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun moʻljallangan bo‘lib, fanni o‘qitish natijasida bo‘lajak informatika o‘qituvchilari web-saytlar yaratishda qo‘yiladigan talablar, dasturiy vositalar va ularning tasnifi, ulardan foydalangan holda web-saytlar yaratishga oid bugungi kunning zamonaviy bilimlari bilan qurollantirishga e’tibor qaratiladi.
Kompyuter grafikasi va Web dizayn fanini o‘qitishdan maqsad - informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim web-dizaynga oid bo‘lgan bilimlar va amalda qo‘tlash uchun ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo‘lgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlami o‘z ichiga oladi.
Kompyuter grafikasi va Web dizayn fanining vazifasi:

  • kompyuter grafikasi haqida umumiy ma’lumot berish;

  • web texnologiyalar asoslari bilan tanishtirish;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari orqali olinayotgan ma’lumotlarning qanday hosil qilinishi va ulardan foydalanish haqida ma’lumotlarni berish;

  • web saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari bilimlari bilan tanishtirish:

  • Flash muhitida oddiy va interfaol animasiyalar, flash saylar yaratishga o‘rgatishdan iborat.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling