Hujjat sarlavhasi


Download 3.76 Mb.
bet5/83
Sana16.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1679701
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuter grafikasi va web dizayn

Rastrli grafikaning ikki asosiy kamchiligi ma’lum: a) berilganlar massivining hajmini kattaligi va ularni qayta ishlash hamda saqlashning zaruriyligi; b) sifatini buzmasdan tasvirning masshtablashtirishning mumkin emasligi. Vektorli grafika. Ushbu ikki kamchilikni yo‘qotadi, lekin tasviriy polotnolarni yaratish jarayoni juda murakkabdir. Amaliyotda vektor grafikasi vositalarini bezatish, chizmachilik va loyihalash - konstruktorlik ishlarida qo‘llaniladi. Vektorli grafikada har qanday murakkab ob’ektni tasvirlash va uni xotirada saqlash uchun operativ xotiraning 20-30 baytli maydoni etarli hisoblanadi. Vektorli grafikada masshtablash masalalari engil hal qilinadi. Masalan, agar chiziqning qalinligi, aytaylik, 0,15 mm
bo‘lsa, rasmni qanchalik kattalashtirmaylik yoki kichiklashtirmaylik, chiziq qalinligi o‘zgarishsiz qoladi. Bu xususiyat vektor grafikasining ajoyib xususiyatidir. Fraktal grafika, vektor grafikasiga o‘xshab hisoblanadigan grafikadir, lekin undan farqi shundaki, hech qanday ob’ekt kompyuterning xotirasida saqlanmaydi. Tasvir tenglamalar asosida quriladi, shu sababli tenglama koeffitsienti qiymati doimo o‘zgarib turadi. O‘zgargan koeffitsientlar asosida mutlaqo boshqa tasvir hosil bo‘lishi mumkin.
Qo‘llanish sohasiga ko‘ra kompyuter grafikasi quyidagi turlarga bo‘linadi: tijoratga oid; namoyishlarga oid; muhandislikka oid; ilmiy, ko‘rgazmaliy, animatsion.

Nazorat uchun savollar::


  1. Kompyuter grafikasining asosiy vazifasi nimadan iborat?

  2. Grafik ifodalashning qanday usullarini bilasiz?

  3. Grafik qiyofa tushunchasi nima degani?

  4. Eksplikatsiya tushunchasining ma’nosi nima?

  5. Grafik obraz qanday shakllarda bo‘lishi mumkin?

  6. Geometrik grafika deganda nima tushuniladi?

  7. Grafik obraz qanday axborotlar bilan to‘ldirilgan holda bo‘ladi va u qanday ifodalanadi?

  8. Geometrik eksplikatsiya qanday shaklda tasvirlanadi?

  9. Ideografik eksplikatsiya degani nima?

  10. Xususiylashgan eksplikatsiyaning tom ma’nosi nima?

  11. SHartli belgilar qanday belgilardan iborat?

  12. Zonal to‘ri deganda nimani tushunsiz?

  13. Piksel tushunchasining mohiyati nima?

  14. Vektorli grafikaning ma’nosi qanday?

  15. Rastrli grafika iborasi qanday tushuniladi?

    1. Download 3.76 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling