Hujjat sarlavhasi


Download 3.76 Mb.
bet7/83
Sana16.09.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1679701
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuter grafikasi va web dizayn

Kalibrovka. Har xil platforma, qurilma va dasturlarda rangni bir xilda boshqarish sistemasi mavjud emas. Lekin bu turdagi sistemalarga CMS yaqin hisoblanadi. Ilk bor Solerunc nomi ostida CMS ni Apple firmasi operatsion sistemaga kiritdi. U Macentosh kompyuterlari sferasida nashrga tayyorlash, nashr qilish va poligrafiyada muvaffaqiyatli xizmat qildi. Windows 95G‘98 operatsion sistemalarida Kodak firmasining Color Matchung Module nomi ostida CMS tizimlari ishlatiladi.
Kompyuter grafikasida rangli ruxsat etish tushunchasi qabul qilingan (rang chuqurligi). Monitor ekranida uni hosil qilish uchun rangli informatsiyani kodlashtirish usulidan foydalaniladi. Oq-qora tasvirni aks ettirish uchun ikki bit razryad yetarli. Sakkiz razryadli kodlashtirish 256 turdagi ranglar jilosini aks ettirishga imkoniyat beradi. Ikki bayt (16 bit) 65536 turdagi ranglar jilosini ifodalaydi (bunday rejim — High Color). Yigirma to‘rt razryadli kodlashtirish usulida 16 777 216 ta rangni ifodalash mumkin.
Amaliy nuqtayi nazardan monitorning rangli ruxsat etish tushunchasi rangli qamrab olishni anglatadi. Bu o‘z navbatida chiqarish qurilma (monitor, printer va hokazo)larida ranglar diapazonini hosil qilishni belgilaydi. Rangli modul deb additiv va subtraktiv metodlar yordamida ishlangan ranglar jilosi tarkibiy komponentlarining bo‘linish usullariga aytiladi. Kompyuter grafikasida asosan RGB, HSB va CMYK rang modullari qo‘llaniladi. Rangli modullar uch o‘lchovli koordinatalar sistemasida joylashadi va ranglar fazosini tashkil qilib, Grossman qonunlariga binoan rangni uch o‘lchovli fazodagi nuqta sifatida ifodalashi mumkin. Grossmanning birinchi qonuni. Chiziqli bog‘liq bo‘lmagan har qanday rangni uchta tashkil etuvchi orqali bir qiymatli ifodalash mumkin. Chiziqli bog‘liq
bo‘lmaslik — bu ixtiyoriy uch rangdan ikkitasini qo‘shish orqali uchinchisini hosil qilish imkoniyati mavjud emas.
Grossmanning ikkinchi qonuni. Agar ranglar uzluksiz o‘zgarsa, ranglar aralashmasining nurlanishi ham uzluksiz o‘zgaradi. Hech qanday rang yo‘qki, unga yaqin bo‘lgan rangni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lmasa.
Grossmanning uchinchi qonuni. Ranglar aralashmasining nurlanishi ularning rangiga bog‘liq, biroq uning spektr tarkibiga bog‘liq emas. Rang modullari

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling