Hujjat turlari va ularning hususiyatlarini o’rganish


Download 16.73 Kb.
bet3/3
Sana27.01.2023
Hajmi16.73 Kb.
#1131005
1   2   3
Bog'liq
dokument microsoft word 2

Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot to’lasicha ifodalansada, bu nusxa tashqi hususiyatlar jihatdan bevosita muvofiq kelmaydi, ya’ni erkin nusxada asl nusxadagi muxr o’rniga “muxr” deb, imzo o’rniga “imzo” deb, gerb o’rniga “gerb” deb yozib qo’yiladi va h. k. Ba’zan muayyan hujjatga to’lasicha emas, balki uning bir qismiga ehtiyoj tug’iladi. Bunday xollarda hujjatdan nusxa emas, balki ko’chirma olinadi (masalan, majlis bayonidan ko’chirma, buyruqdan ko’chirma va h. k.). Nusxa va ko’chirmalar, albatta, notarius, hodimlar bo’limi va shu kabilar tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan taqdirdagina huquqiy kuchga ega bo’ladi. Asl nusxa yo’qolgan xollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil huquqiy kuchga egadir.
Ma’muriy – boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko’ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumotsimon – axborot hujjatlari; hizmat yozishmalari.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy taqmorlari va hodimlari, boshqarish jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayt qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo’riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi.
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko’rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Ma’lumotsimon – axborot hujjatlari anchayin guruhni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki ham juda faol. Bu guruh dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o’z ichiga oladi.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma – xil bo’ladi. Ularda tashkilot faoliyatining turli masalalari bilan bog’liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko’rsatilgan har uch guruhi bilan ham aloqadordir, ularning muayyan bir guruhiga xizmat hujjatlarini kiritish shuning uchun ham maqsadga muvofiq emas. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin to’rtinchi alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o’rinli.
Download 16.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling