Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd.
Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd.
Ijrochining familiyasi va telefon raqami.
Hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yig‘majildiga yo‘naltirilganligi haqidagi qayd.
Axborot mashinaga ko‘chirilganligi haqidagi qayd.
Hujjat kelib tushganligi haqida qayd.
Albatta, hujjatning har bir turi mazkur zaruriy qismlarning barchasini o‘z ichiga olmaydi. Hujjatning muayyan turiga muvofiq ravishda bu qismlarning ayrim bir turkumi huquqiytalablarni ta’minlash darajasida qo‘llanadi. Shu narsa ham muhimki, ayni qismlarning hujjatda joylashishida qat’iy tartib mavjud, ular joylashishidagi qat’iy ketma-ketlik hujjatning huquqiy kuchini ta’minlash, hujjatni zudlik bilan ishlash, bajarish, undan osonlik bilan foydalanish uchun muhimdir.
Mazkur 29 ta zaruriy qismning o‘ntasi nisbatan ko‘p qo‘llanadi, shuning uchun ular asosiy zaruriy qismlar deb ham yuritiladi: hujjat muallifi (muassasa nomi yoki shaxsiy hujjatda imzo quyuvchi shaxs), hujjat turining nomi, sarlavha, hujjatni oluvchi (adresat), kelishuv va rozilik belgilari, matn, tasdiqlash, imzo, muhr, ilova mavjudligi haqidagi qayd.

Savollar va topshiriqlar:
Ichki va tashqi hujjatlarning farqi nimada?
Sodda va murakkab hujjatlar qanday farqlanadi?
Xususiy hujjatlar haqida nima bilasiz?
Namunaviy hujjatlar qanday bo‘ladi?
Qolipli hujjatlar haqida fikringiz qanday?
Qoralama, asl nusxa, ikkinchi nusxa (dublikat) va ko‘chirma hujjatlarning farqi nimada?
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |