Hujjatlar bilan ishlovchi onlen servislar Uyda turib ishlash uchun 7 servis


Download 409.39 Kb.
Sana01.07.2020
Hajmi409.39 Kb.
#122571
Bog'liq
2 540689688111454834298(2)

Qo’qon universitite moliya 3-19 guruh talabasi Qo'chqorov Ollanazarnig axborot texnologiya fanidan tayyorlagan 3-taqdimot loyihasi

Hujjatlar bilan ishlovchi onlen servislar

Uyda turib ishlash uchun 7 servis

Timely Vazifasi: ishni tashkil qilish, o‘zini-o‘zi tashkillashtirish

Bu servis vaqti tig‘iz insonlar yoki shunchaki prokrastinatsiya (ishni keyinga qoldirish) bilan kurashishni maqsad qilganlar uchun. Dastur biror-bir ishga sarflanadigan mehnat, vaqt va xarajatni avtomatik tarzda hisoblaydi. Timely brauzerda ishlaydi. Faqatgina, uni kompyuterda qo‘llash uchun faol dasturlar va ularda sarflangan vaqtni aniqlaydigan dastur-agentni o‘rnatish kerak bo‘ladi. So‘ngra Timely har bir xodim uchun sozlanishi kerak. Rahbar esa ma’lum bir vaqt kesimi uchun vaqt oralig‘i, valyuta va narxni tanlaydi. Timely nafaqat tashkilotlar, balki o‘z kunlik rejimini tartibga solishni xohlovchilar uchun ham kerak bo‘ladi. 

Slack Vazifasi: muloqot 

Bu korporativ messenjer Skype, pochta va shunga o‘xshash servislar o‘rnini bosish maqsadida yaratilgan. Slack'ning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu — uning Google Drive, Google Docs, Twitter, Trello, Hangouts, Dropbox, GitHub kabi boshqa servislar bilan sinxronizatsiyasidir. Uchta tarifi mavjud: Free tarifi (bepul), Standard tarifi 6,67 dollar va Plus tarifi (kengaytirilgan) 12,50 dollar. Bazaviy versiyasida (ya’ni Free tarifi) har bir foydalanuvchi 10 ming xabar, 10 ta ilova bilan integratsiya imkoniyati va ma’lumot saqlash uchun 5 gigabayt joyga ega bo‘ladi. Pullik versiyalarida esa cheklovlar olib tashlanadi.

Zoom Vazifasi: videokonferensiya 

Servis 100 tagacha qatnashchini o‘z ichiga olgan konferensiyani tashkil qilish imkonini beradi. Bunda qatnashchilardan biri tashkillashtiruvchi sifatida qolgan qatnashchilarni videoqo‘ng‘iroqqa taklif etadi. Servisda vaqt cheklovi mavjud. Uning bepul versiyasida konferensiya davomiyligi 40 minutgacha bo‘lishi mumkin. Pullik versiyasida esa cheklanmagan. Bundan tashqari, unda suhbatdoshingiz qaydlarini boshqarishingiz, organizatorlarni tayinlashingiz va hisobotlar yaratishingiz mumkin.

Google Drive Vazifasi: fayllarni saqlash va uzatish

Agar sizda Google Drive bo‘lsa, aytish mumkinki, eng yaxshi servis sizning qo‘lingizda. Bu dasturning asosiy xususiyati — yaratuvchining «saxiyligi»dir. Google bu servisda foydalanuvchiga 15 gigabayt joy ajratadi. Taqqoslash uchun, Dropbox atigi 2 gigabayt, Yandex.Disk esa 10 gigabayt joy beradi, xolos. Google Drive servisida ma’lum bir akkaunt yoki barcha foydalanuvchi fayllarga kirishi mumkin. Shuningdek, fayllarni boshqa foydalanuvchilar bilan hamkorlikda tahrirlash imkoni mavjud.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 409.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling