Hujjatlar ustida ishlash tartiboti. Reja: Hujjatlarni ro'yxatga olish Hujjatlar ijrosini nazorat qilish


Download 32.65 Kb.
bet2/7
Sana15.11.2023
Hajmi32.65 Kb.
#1776131
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hujjatlar ustida ishlash tartiboti. Reja Hujjatlarni ro\'yxatga

Hujjatlarni ro'yxatga olish
Bajarish va hisobga olishni talab qiladigan barcha hujjatlar - olinma hujjatlar ham, jo'natma hujjatlar ham, ichki hujjatlar ham, albatta, ro'yxatga olinadi, qayd qilinadi. Hujjatlar bir marta: olinma hujjatlar - kelib tushgan kuni; jo'natma hujjatlar - imzolangan yoki tasdiqlangan kuni ro'yxatga olinadi. Ro'yxatdan o'tkazilgan hujjat bir bo'linmadan boshqasiga berilganda u qayta ro'yxatga olinmaydi. Lekin umumiy bo'limda (markazlashgan devonxonada) ro'yxatdan o'tkazilmaydigan hujjatlar ham boiadi ular tegishli bo'linmalarda ro'yxatga olinadi (umumiy bo'limda faqat kelgan sanasi qo'yiladi). Olinma, jo'natma va ichki hujjatlar alohida-alohida ro'yxatga olinadi. Olinma va jo'natma hujjatlarning ro'yxatga olinish shartli raqami (indeksi) ro'yxatdan o'tkazish tartib raqami va yig'majildlar nomenklaturasi bo'yicha yig'majild indeksi raqamlaridan iborat bo'ladi: Masalan: 165/03-19 Bu yerda: 165 - ro'yxatdan o'tkazish tartib raqami 03-19 - hujjat yoki uning nusxasi tikiladigan yig'majild raqami. Ichki hujjatlar ro'yxatga olinayotganda, hujjat turiga qarab guruhlanadi va ularning har biri alohida-alohida qaydlanadi. Masalan, asosiy faoliyat bo'yicha buyruqlar, shaxsiy tarkib bo'yicha buyruqlar, taftish dalolatnomasi, bayonnomalar, hisobotiar, bildirishnomalar, arizalar va h.k. Ro'yxatga olishning tartib raqami (indeksi) har birida alohida bo'ladi. Ro'yxatga olish indeksi yil davomida qo'yiladi va yil boshidan qayta tartiblanadi. Hujjatning nisbatan о г yoki ko'pligiga qarab ro'yxatga olish daftari (jurnali) yoki ro'yxatga olish nazorat varaqchasi (kartochkasi) qo'llaniladi. Ro'yxatga olish daftari hujjatlar soni uncha ko'p bo'lmagan tashkilotlarda qulaydir. Yuqorida qayd etilganidek, bunday daftarlar olinma (kirish) qayd daftari, jo'natma (chiqish) qayd daftari, ichki hujjatlar qayd daftari tarzida alohida yuritiladi. Ularning shakli 39-ilovada berildi. Ichki hujjatlar qayd daftari ichida hujjatlar turi bo'yicha alohida qaydlov bo limlari bo'ladi. Hujjatlar qayd daftarining shakli ularning ijrosini nazorat qilishda qiyinchilik tug'diradi. Ro'yxatga olish nazorat varaqchasi bu jihatdan ancha qulaydir. Bunday varaqchaning tarkibiy qismlari muayyan shaklda bosma yo'l bilan kerakli nusxada ko'paytiriladi. Ro'yxatga olish - nazorat varaqchasi joriy etilganda, devonxonada har yilning boshida raqamlangan maxsus blanka tayyor lanadi (41-ilovaga qarang). Unda hujjat ro'yxatga olinayotganda navbatdagi tartib raqamidan foydalanish belgilab boriladi. Varaqchaning kalendar shkalasidan hujjatlarni ijro etish muddatlariga rioya qilinishini tekshirish uchun foydalaniladi. Unda hujjatdagi topshiriq bajarilishi lozim bo'lgan sana ko'rsatiladi.

Download 32.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling