Temir daftari


Download 20.66 Kb.
bet1/2
Sana02.04.2023
Hajmi20.66 Kb.
#1320454
  1   2
Bog'liq
IJTIMOIY SUGURTA


Talabaning familiyasi Murodqobilov Shoxrux


Temir daftari - ijtimoiy aholi va turmush sharoiti og`ir hamda sector rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olinganoilalarni qayd etish, muammolarni aniqlash, bartaraf etish va nazoratni olib borish bo`ycha ma`lumotlat bazasi.
Temir daftarga quyidagi toifadagi oilalar kiritiladi:
Bunda, agar yqoridagi toifalarga mos keladigan oilalarning a`zolari mos ravishda “Ayollar va Yoshlar” daftarlariga ham kiritiladigan bo`lsa,ushbu oilalar ro`yxati “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlarida yuritiladi.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro`yxatlar asosida “Temir daftar” ga kiritilgan oilalarga “Saxovat va ko`mak” jamg`armasi mablag`lari hisobidan bir martalik modiy yordam berilishi mumkin.
Temir daftarga kiritilgan oilalar farzandlariga birinchi o`quv yili uchun kontrakt to`lab beriladi.
“Temir daftar” ga ikki va undan ortiq maslalarni hal etish uchun kiritilgan oilalarning barcha masalalari to`liq hal etilishi daftrdan chiqarish uchun asos bo`ladi.
Doimiy va vaqtincha yashshash uchun respublikaning boshqa hududiga ko`chib o`tganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi bo`yicha ro`yxatga olingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmasdan “Temir daftarga” tegishli o`zgartirishlar kiritiladi.
Yoshlar daftari - ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.
“Yoshlar daftari” ga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:

  • oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan;

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;

  • boquvchisini yo‘qotgan, etim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;

  • o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;

  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;

  • I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

  • farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

  • jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;

  • ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

  • yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan;

  • zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar etgan;

  • “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;

  • haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;

  • davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;

  • jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;

  • muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;

  • psixologik maslahatga muhtoj;

  • nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yosh oila;

  • dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;

  • yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati

organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.
Moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlashning aniq miqdori yoshning hayotiy vaziyati murakkabligini inobatga olgan holda BHMning 4 baravarigacha miqdorda Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq to‘lab beriladi.
“Yoshlar daftari” ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yosh fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda BHMning 25 baravarigacha qismi qoplab berilishi mumkin.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlarining mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarini to‘lab berish “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarning sektorlar rahbarlariga va Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga bergan arizasiga muvofiq, ularga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berilishi mumkin.

Download 20.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling