MAVZU: MS WORD DASTURIDA GRAFIKA, GIPЕRMURОJАTLАR VА MATEMATIK FORMULALAR BILAN ISHLASH.
HUJJATLARNI SAQLASH VA CHOP ETISH.
REJA:
HUJJATLARNI SAQLASH VA CHOP QILISH;
GEPERMUROJATLAR BILAN ISHLASH;
RASMLAR BILAN ISHLASH;
Hujjatlarni saqlash.
Yaratilgan va tahrirlangan matn ma`lumotlar hisoblanadi. Ma`lumotlar zarur bo`lgani uchun saqlanishi kerak. Ma`lumotlar fayl ko`rinishida saqlanadi. Fayl o`z nomiga, adresiga va kengaytirgichiga ega bo`lishi kerak. Foydalanuvchi faylga nom va adres (Qaysi joyda joylashganligini)ni beradi. Fayl kengaytirgichini esa Windows OT avtomatik ravishda o`zi qo`yadi.
4.14-rasm. «Сохраниние документa» oynasi ko`rinishi.
Matnni diskga birinchi marta saqlash uchun «Файл» menyusidan – «Сохранить» (Saqlash) buyrug`i tanlanadi va «Сохраниние документa» (Hujjatni saqlash) oynasi paydo bo`ladi. (4.14-rasm).
«Сохраниние документa» oynasida hujjatni qaysi nom bilan, qaysi papkaga, qaysi tipda saqlash ko`rsatiladi, so`ng «Сохранить» tugmasi bosiladi. Agar hujjat ilgari saqlangan bo`lsa, «Файл» menyusida «Сохранить» buyrug`i tanlanadi va bu holda hujjat ilgarigi saqlangan joyga o`sha nom bilan saqlanadi. Agar hujjatni nusxasini yangi nom bilan saqlash kerak bo`lsa, «Файл» menyusidan – «Сохранить как» buyrug`i beriladi va hujjat boshqa nom bilan saqlanadi.
Hujjatlarni chop etish.
Hujjаtni chоp etishdаn аvvаl, u qоg`оzdа qаndаy jоylаnishini оldindаn ko`rib qo`yish mаqsаdgа muvоfiq. Hujjatning qog`ozda joylashishini tekshirish uchun «Файл» menyusidan «Предварительний просмотр» buyrug`i tanlanadi. Natijada quyidagi oyna paydo bo`ladi (4.15-rasm).
4.15-rasm. «Предварительний просмотр» oynasi ko`rinishi.
«Предварительный просмотр» (Dastlabki ko`rib chiqish)
Do'stlaringiz bilan baham: |