Hujjatlarning ekspertizasi


Hujjat turi Nima tekshiriladi


Download 1.11 Mb.
bet13/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

Hujjat turi

Nima tekshiriladi

1. Texnik loyiha, eskiz loyiha, texnik taklif hujjatlari va eskiz konstruktorlik hujjatlar (maketlar hujjatlari).

- konstruktorlik hujjatni belgilanishini amaldagi konstruktorlik hujjatlarni belgilanish tizimiga muvofiqligi;
- texnik topshiriq bo‘yicha hujjatlarning jamlanmasi to‘liqligi;
- asosiy yozuv va qisqartirilgan so‘zlarni to‘g‘ri yozilganligi;
- standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga havolalar borligi va ularning to‘g‘riligi;
- hujjatlarni tashqi ko‘rinishi;
- hujjatlarni bajarilishiga mas’ul bo‘lgan barcha xodimlarning imzolari mavjudligi;
- loyihalashtirilayotgan buyumning asosiy parametrlarini buyumlarning tasdiqlangan tiporazmer nomenklaturasi standartlariga, xarakteristikalariga muvofiqligi;
- texnik ko‘rsatkichlarni, sifatga qo‘yiladigan talablarni, sinovlar usullarini standartlar va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiqligi;
- loyihalashtirilayotgan buyumning standartlashtirish va unifikatsiyalashtirish darajasi va shu ko‘rsatkichlarni ko‘tarish imkoniyatlari.

2. Matnli hujjatlar (tushuntirish xatlari, texnik shartlar, yo‘riqnomalar, dasturlar, sinovlar uslubiyatlari, jadvallar, hisoblashlar, ekspluatatsion va ta’mirlash hujjatlari va hokazo)

- jadvalning 1-punktida berilgan ma’lumotlar;
- matnli konstruktorlik hujjatlari standartlarining talablariga rioya qilish;
- ko‘rsatkichlarni va hisoblangan kattaliklarni standartlarda ko‘rsatilgan me’yoriy qiymatlarga mos tushushi;

1.1 - жадвал давоми

1.1 – jadval davomi davomi



3. Qaydnomalar va spetsifikatsiyalar

- jadvalning 2-punktida berilgan ma’lumotlar;
- qaydnoma va spetsifikatsiyaga yozilgan buyumlarga va hujjatlarga to‘g‘ri nom berilganligi va ularni to‘g‘ri belgilanishi;
- qo‘llaniladigan, standartlashtiriladigan va sotib olinadigan buyumlar nomenklaturasini qisqartirish imkoniyatlari;
- qo‘llaniladigan, standartlashtiriladigan va sotib olinadigan buyumlar tiporazmerlarini o‘rnatilgan cheklovchi nomenklaturalarga (ro‘yxatlarga) muvofiqligi;
- sotib olinadigan buyumlarni qo‘llash bo‘yicha tuzilgan vedomostlarni to‘g‘ligi.

4. Barcha turdagi chizmalar.

- jadvalning 1-punktida berilgan ma’lumotlar;
- chizmalarni konstruktorlik hujjatlarning yagona tizimi standartlari talablariga muvofiqligi;
- konstruktiv elementlarni, materiallar markalarini, joizliklar turlarini, prokat profillarini va o‘lchamlarini ratsional ishlatilishi;
- original buyumlarni tipik yoki oldin ishlab chiqilganlarga almashtirish imkoniyatlari.

5. Detal chizmalari.

- jadvalning 1 va 4-punktida berilgan ma’lumotlar;
- detallarni shartli belgilari (qotiruvchi detallar, armatura, prujinalar, tishli g‘ildiraklar), yuzalar g‘adir-budurligi, o‘lchamlarni joizliklarini belgilanishi, yuzalar shakli va joylashuviga joizliklarni belgilanishi konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KHYaT) standartlari talablariga javob berishi;
- original konstruksiyali detalni tipik yoki standartlashtirilgan detalga almashtirish imkoniyatlari;
- konstruktiv shakli va funksional vazifasi bo‘yicha o‘xshash, oldin loyihalashtirilgan va ishlab chiqarishda o
1.1 - jadval davomi
‘zlashtirilgan detallardan foydalanish imkoniyati.


6. Sxemalar.

- jadvalning 1 va 5-punktida berilgan ma’lumotlar;
- sxemadagi elementlarining shartli grafik belgilarini konstruktorlik hujjatlarning yagona tizimi (KHYAT) standartlari talablariga javob berishi;
- sxemadagi elementlarning soni, belgilanishi va nomlanishi standartlarda belgilangan cheklovchi nomenklaturalarga (ro‘yxatlarga) muvofiqligi;
- tipik va unifikatsiyalangan sxemalarni ishlatilishi.

7. O‘zgartirish to‘g‘risida xabarnoma.

- jadvalning 1-punktida berilgan ma’lumotlar;
- xabarnoma shaklini o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi, uni to‘g‘ri to‘ldirilishi;
- kiritilgan o‘zgartirishlar mazmunini standartlarda o‘rnatilgan talablarga javob berishi.

8. Detalning elektron modeli, yig‘ma birlikni elektron modeli.

- jadvalning 1, 4, 5 va 7-punktlarida berilgan ma’lumotlar;
- yig‘ma birlikni elektron modeli va detalning elektron modelidan olinadigan chizma shakldagi grafikli hujjatlarni detal chizmasi, yig‘ma chizma, umumiy ko‘rinish chizmasi, gobarit chizma tuliqligi va KHYaT (Konstruktorlik Hujjatlarning Yagona Tizimi) da o‘rnatilgan talablarga javob berishi.

9. Buyumning elektron strukturasi.

- jadvalning 1 ÷ 7-punktlarida berilgan ma’lumotlar;
- buyumning elektron strukturasidan olinadigan hisobot ko‘rinishidagi matnli hujjatlarni (spetsifikatsiya, spetsifikatsiyalar qaytnomasi, sotib olinadigan buyumlar qaydnomasi) to‘liqligi va KHYaT (Konstruktorlik Hujjatlarning Yagona Tizimi)da o‘rnatilgan talablarga javob berishi.

Konstruktorlik hujjatlarning me’yoriy nazoratini ikkita bosqichda o‘tkazish tavsiya qilinadi:


I bosqich – asl nusxalarni tayyorlash va ko‘paytirishga berishdan oldin konstruktorlik hujjatlarining originallarini tekshirish. Bu materiallar me’yoriy nazoratchiga “Ishlab chiquvchi” va “Tekshiruvchi” grafalariga imzo qo‘yilgan holda taqdim qilinadi;
II bosqich – tashkilot yoki korxona rahbarining tasdiqlovchi imzosidan tashqari konstruktorlik hujjatlarini bajarish va uning mazmuni uchun mas’ul bo‘lgan barcha shaxslarning imzosi bo‘lgan taqdirda konstruktorlik hujjatlarining asl nusxalarini tekshirish.
Konstruktorlik hujjatlari me’yoriy nazoratga, qoidaga ko‘ra, jamlangan tarzda taqdim qilinadi:
loyiha hujjatlari uchun (texnik taklif, eskizli va texnik loyihalar) – tegishli bosqichda ishlab chiqiladigan barcha hujjatlar;
ishchi hujjatlar uchun – yig‘ish birligiga ishlab chiqilgan hujjatlar (detallarning chizmalari, yig‘ish chizmalari, spetsifikatsiyalar va hokazolar);
Me’yoriy nazoratchi tomonidan tekshirilgan konstruktorlik hujjatlarini imzolash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) agar hujjatni barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bitta me’yoriy nazoratchi tekshirsa, u me’yoriy nazoratchining imzosi uchun ajratilgan joyga imzo qo‘yadi;
b) agar hujjatni bir nechta ixtisoslashgan me’yoriy nazoratchilar birin-ketin tekshirsa, u holda bu hujjatga me’yoriy nazoratchining imzosi uchun ajratilgan joyga imzo qo‘yish eng yuqori lavozim toifasiga ega bo‘lgan (mexyoriy nazoratchilar guruhida) ijrochi tomonidan amalga oshiriladi. Qolgan me’yoriy nazoratchilar hujjatni tekshirib chiqqandan keyin hoshiyalarga o‘zlarining vizalarini qo‘yadilar;
v) tashkilot yoki korxonaning rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hujjatga me’yoriy nazoratchi tasdiqlashga berishdan oldin viza qo‘yadi va hujjat tasdiqlangandan keyin belgilangan joyga imzo qo‘yadi.
Me’yoriy nazoratchi tomonidan imzolangan, biroq texnik hujjatlar bo‘limiga (byurosiga) topshirilmagan hujjatlarga uning ruxsatisiz tuzatishlar va o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Konstruktorlik hujjatlarini me’yoriy nazoratdan o‘tkazishda me’yoriy nazoratchi faqatgina nazoratni o‘tkazish momentida amalda bo‘lgan standartlar va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarga asoslanishi shart.
Yаngidan ishlab chiqilgan, me’yoriy nazoratni o‘tkazish momentida hali kuchga kiritish muddati etib kelmagan standartlar va me’yoriy-texnik hujjatlarning talablariga rioya qilish masalasi har bir konkret holatda loyihalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishda o‘zlashtirish muddatlariga bog‘liq ravishda standartlashtirish organining rahbariyati tomonidan hal qilinadi.
Me’yoriy nazoratchi konstruktorlik bo‘linmalarining rahbariyatiga konstruktorlik hujjatlarida standartlar va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarning talablariga rioya qilinishi, konstruktiv qo‘l keluvchanlik tamoyillaridan foydalanilishi, tahririy-grafik rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli ravishda taqdim qilishi shart.
Me’yoriy nazoratchi bilan hujjatlarni ishlab chiquvchi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar konstruktorlik bo‘linmasining rahbari bilan kelishgan holda standartlashtirish organining rahbari tomonidan hal qilinadi. Standartlashtirish organi rahbarining amaldagi standartlar va me’yoriy-texnik hujjatlarning talablariga rioya qilish bo‘yicha qarorlari yakuniy bo‘lib hisoblanadi.
Agar ilgari ishlab chiqilgan mahsulotlarni qo‘llash, almashtirish, tipo‘lchamlarni birlashtirish va hokazo masalalar bo‘yicha kelishmovchiliklar hal qilinmagan bo‘lsa, ularni konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqadigan korxona yoki tashkilotning rahbariyati hal qiladi.
Me’yoriy nazoratchi konstruktorlik hujjatlarida amaldagi standartlar va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarning talablariga rioya qilinishiga konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiquvchi bilan teng darajada javobgar bo‘ladi.


Mashtablarga rioya qilish, ularni to`g`ri belgilash

Standartlar talablariga rioya qilgan holda chizmalarning bajarilishi

Sxemalarning to`g`ri chizilishi


Chiziqlarning to`g`ri qo`llanilishi va chizilishi





Tasvirlarning yetarliligi (detalning umumiy ko`rinishi, kesimi), ularni to`g`ri joylashgani va belgilangani

1.2 - rasm. Konstruktorlik hujjatlarning grafik qismini me’yoriy nazorati


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling