Hujjatlarning ekspertizasi
Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hisobotlar, eskiz va eskiz loyihalar
Download 1.11 Mb.
|
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)
Funksional metrologik ekspertiza metrologiya uslublari bilan, parametrlarning aniqlik me’yorlarini hatto ulardan ba’zi birlarini yo‘q qilishgacha o‘zgartirishni ham o‘z ichiga olgan holda, ob’yektning sifatini oshirish imkoniyatlari to‘g‘risidagi masalani qo‘yadi, bu ob’yektni tubdan qayta loyihalashni chaqirishi mumkin. Hujjatlarda o‘rnatilgan nazorat qilish va sinovlardan o‘tkazish uslublarining to‘g‘riligini tahlil qilish avvalambor quyidagi savollarga javob berishi lozim: mahsulotning ular uchun me’yorlar va talablar o‘rnatilgan barcha eng muhim parametrlari va tavsiflari ishonarli va aniq o‘lchaydigan nazorat qilish bilan ta’minlanganmi? sinovlardan o‘tkazish uslubiyati ob’yektiv va ishonarli ma’lumotlarni olishni ta’minlaydimi? sinovlardan o‘tkazish uslubiyatlariga, xususan, o‘lchashlarni bajarish uslubiyatiga qo‘yiladigan talablar etarlicha to‘liqlik bilan ifodalanganmi? Xususiy masalalar yo‘l qo‘yiladigan o‘lchashlar xatoligini, sinovlardan o‘tkazishda foydalaniladigan o‘lchash vositalarini ham o‘z ichiga olgan holda o‘lchash vositalarini tanlashning to‘g‘riligi, sinoqdan o‘tkaziladigan ob’yektga ko‘rsatiladigan kiruvchi ta’sirlarni qayta yaratishning aniqligi va sinovlardan o‘tkazish paytida bu ta’sirlarni nazorat qilish va hokazolarga taalluqli bo‘ladi. Me’yoriy hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha uni qo‘shimcha ishlab chiqish, ba’zi bir bo‘limlarni qayta ishlash yoki hatto butun hujjatni tubdan qayta ishlash tavsiya qilinishi mumkin. Texnikaviy hujjatning turiga qarab, unda turli, o‘ziga xos masalalar ko‘rib chiqiladi. Masalan, keltirilgan o‘lchash vositalarining to‘g‘ri tanlanganligi, ularning ratsionalligi deyarli barcha hujjatlarda tekshiriladi. Konstruksiya parametrlarini o‘lchash imkoniyati borligi eskiz loyihalarida, loyihalash hujjatlarida, ekspluatatsion va ta’mirlash hujjatlarida tekshiriladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling