Hujjatlarning ekspertizasi


Metrologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish tartibi


Download 1.11 Mb.
bet23/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

2.4. Metrologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish tartibi
Metrologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish tartibi O’zRH 51-106:2001 “Texnikaviy hujjatlarning metrologik ekspertizasi. Tashkil etish va o‘tkazish tartibi”da keltirilgan.
Texnikaviy hujjatlarni metrologik ekspertizasini o‘tkazish davomida mahsulotni o‘lchanadigan parametrlarini tanlash, aniqlik meyyorlarini o‘rnatish, mahsulotlarni ishlab chiqish, nazorat qilish, sinash, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash jarayonlarida, ular o‘lchash vositalari va usullari bilan ta’minganligi va ularni amaldagi me’yoriy hujjatlar talablarga rioya qilishi tekshiriladi, taxlil qilinadi va baxolanadi. Metrologik ekspertizadan utkaziladigan texnikaviy hujjatlarning ishlab chiqish bosqichlarini belgilanishi – muhim tashkiliy vazifa.
Metrologik ekspertizadan o‘tkaziladigan hujjatlarni ishlab chiqish bosqichlari belgilanayotganda shuni e’tiborga olish kerakki, metrologik ekspertiza boshlangich bosqichlarda o‘tkazilsa samaraliroq bo‘ladi va metrologik ekspertiza natijasini amalga oshirishga ham kamroq xarajat sarflanadi. Texnikaviy hujjatni ishga kiritish bosqichida metrologik ekspertiza natijasini kiritilishi va amalga oshirilishi (agar avval metrologik ekspertiza o‘tkazilmagan bo‘lsa) ancha qiyin bo‘ladi. Metrologik ekspertizani hujjat ishlab chiqishning har bir bosqichiga (TT, texnik taklif,eskiz loyiha, texnik loyiha, ishchi hujjatni ishlab chiqish) o‘tkazish maqsadga muvofiq emas, shuning uchun har bir soha (tashkilot) optimal variant topishi kerak. Amaldagi sohaviy me’yoriy texnikaviy xujjalar taxlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha metrologik ekspertiza loyxalashning biror (texnik topshiriq yoki eskiz loyiha) bosqichida, keyin esa ishchi texnik hujjat ishlab chiqishda o‘tkaziladi.
Har bir soha va korxona uchun metrologik ekspertizadan o‘tkaziladigan aniq texnikaviy hujjatlar turi belgilanishi kerak. O‘lchanadigan parametrlar, o‘lchash aniqligi me’yorlari, o‘lchash, nazorat, sinash usul va vositalari haqida ma’lumotlarga ega texnik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarishda texnologik tayyorlashda hamma vaqt ham parametrni muljallanishiga, texnologik jarayonni boshqarish va nazorat qilish uchun shu parametrni o‘lchash vositasini ishiga hamma vakt ham e’tibor berilmaydi.
Ishlab chiqarilatgan mahsulotni nazorat qilishda kerak bulgan texnologik jarayon parrametrlarini o‘lchashda texnik hujjat ishlab chiquvchining aybi bilan. O‘lchash vositalarini mavjud bulmasligi yoki belgilangan o‘lchash usulining etarlicha samarali bulmasligi texnik shart va standart talablari doirasidan chetga chiquvchi mahsulot ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi. Ishlab chiqish bosqichlarida texnikaviy hujjatning metrologik ekspertizasini o‘tkazilishi bunday kamchiliklarni oldini oladi. Metrologik ekspertiza hujjatni passiv tekshirish emas, balki u mahsulotni ishlab chikish va undpn foydalanishdagi metrologik ta’minot vazifalarini majmuiy echishni taklif etadi. Ekspertiza natijalari bo‘yicha mahsulotlar chizmalaririgava texnologik jaraenlarga o‘zgartirishlar kiritiladi, tayyorlash joizliklari murakkablashtiriladi, maxsus nazorat vositalari ishlab chiqiladi va tayyorlanadi, o‘lchash qurilmalari loyihalanadi va tayyorlanadi.
Metrologik ekspertizani o‘tkazish vaqtida o‘lchanadigan parametrlar nomenklaturasini yaxshshilab tahlil qilish, ular orasida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan korrelyasion bog‘liqlikni, hamda o‘lchamasa ham bo‘ladigan parametrlarni aniqlash kerak bo‘ladi.
Barcha tekshiriladigan hujjatlarda o‘lchanadigan parametrlarni yozilish shakli to‘g‘riligi tekshiriladi. Har bir me’yorlanadigan parametr ruxsat etiladigan munosabati ko‘rsatilgan nominal qiymat yoki chegaraviy qiymatlari yoki maksimal va minimal qiymatlari bilan berilishi kerak. Nominal qiymat va ruxsat etilgan og‘ish murosabati bilan berilishi maqsadga muvofiqdir.
Metrologik ekspertizaning yana bir vazifasi o‘lchash vositalari va o‘lchashni bajarish va to‘liqligini belgilashdir, bunda o‘lchash xatoliliga qarab bu talablar belgilanadi.
Metrologik ekspertizaga hujjat asl nusxada, meyyoriy nazoratining buyurtmachi vakilining va hujjatni tasdiqlovchi shaxsning imzosidan boshqa hamma imzolar bilan birga taqdim etiladi. Ekspertizani ikki bosqichda ham o‘tkazish mumkin, bunda hujjat avval original ko‘rinishda tekshirishdan utiladi, keyin esa asl nusxada tekshirishdan o`tadi.
O‘lchash vositalarini me’yoriy hujjatlari va texnikaviy topshiriqlari “O‘zstandart” agentligi metrologiya bo‘linmalari yoki Standartlar instituti (Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti) mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinadi. Metrologik ekspertiza ishlarni olib borish bo‘yicha tashkiliy raxbarlikni “O‘zstandart” agentligi amalga oshiradi, ilmiy – uslubiy raxbarlik esa Standartlar instituti tomonidan olib boriladi.
Metrologik ekspertiza natijalari bo‘yicha, ularning ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga qaramasdan, O’z RH -51-106:2001ning “V” ilovasi bo‘yicha ekspert xulosa tuziladi. Ekspert xulosani metrologik ekspertiza olib borgan tashkilot raxbari tasdiqlaydi.
Hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshirilishi lozim. Birinchi bosqich – bu asl nusxalarda bajarilgan grafik va matnli hujjatlarni tekshirishdan iborat bo‘lib, metrologik ekspertizaga taqdim qilanadigan barcha asl nusxalarda ijrochilarning imzolari bo‘lishi zarur.
Hujjatga tashqi jihatdan shakl berilishini tekshirishda format o‘lchami, ramkalarga olinishi, asosiy yozuv shakli, hujjatning nomlanishi tekshiriladi, alohida grafalarning to‘ldirilishi standartlashtirishga va tasdiqlangan namunalarga qat’iy mos kelishi lozim.
Tashqi ko‘rinishi, zarur imzolarning borligi va jamlanganligi tekshirilgandan keyin ekspertizaga taqdim qilingan hujjatlar jamlanmasini qabul qilish amalga oshiriladi. Kamchiliklar aniqlangan taqdirda metrologik ekspertizani amalga oshiruvchi xodim ularni “Xato va kamchiliklarni qayd qilish ro‘yxati”ga kiritadi va tekshirilgan hujjatlar jamlanmasi bilan birgalikda ishlab chiquvchiga qaytaradi.
Nazoratchi tekshirilayotgan hujjatlarda to‘g‘rilanishi yoki almashtirilishi lozim bo‘lgan elementlarga qalam bilan shartli belgilar (doiraga olingan raqamlar) qo‘yadi. Shartli belgilarni “Xato va kamchiliklarni qayd qilish ro‘yxati” ga kiritish lozim, unda xato va kamchiliklarning mazmuni va nazoratchining takliflari qisqa va aniq ifodalangan bo‘lishi lozim. Hujjatlar xato va kamchiliklar ro‘yxati hamda takliflar bilan birgalikda tuzatishlar kiritish uchun ishlab chiquvchiga qaytariladi.
Hujjatlarga ishlab chiquvchi tomonidan “Xato va kamchiliklarni qayd qilish ro‘yxati”ga muvofiq tuzatishlar kiritilgandan keyin metrologik ekspertizani amalga oshiruvchi xodim hujjatlarning asl nusxalarini imzolaydi.
Tuzatishlar kiritilgan hujjatlar xato va kamchiliklar ro‘yxati hamda takliflar bilan birgalikda nazoratchiga yuboriladi, u ro‘yxatni kelgusida tahlil o‘tkazish uchun saqlab qo‘yadi. Texnologiya o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xato va kamchiliklarga ega bo‘lgan konstruktorlik hujjatlari qayta texnologik nazoratdan o‘tkazilishi lozim.
Biror-bir kamchiliklarsiz metrologik nazoratdan o‘tgan texnologik hujjatlar nazoratchi tomonidan hujjatlarni tikish uchun mo‘ljallangan hoshiyada imzolanadi.
Ikkinchi bosqich – grafik va matnli hujjatlarning uzil-kesil rasmylashtirib bo‘lingan asl nusxalarini tekshirish va imzolashdan iborat. Metrologik ekspertizani amalga oshiruvchi xodim hujjatlarning asl nusxalariga texnik hujjatlarning mazmuni va bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan barcha xodimlarning imzolari mavjud bo‘lgan holdagina imzo qo‘yadi.
Agar metrologik ekspertizaga hujjatlar boshqa korxonalardan kelgan bo‘lsa, u holda mazkur ekspertiza natijalari bo‘yicha ekspert xulosasi tuziladi.
O‘lchash vositalarini meyoriy hujjatlari va texnikaviy topshiriqlari “O‘zstandart” agentligi metrologiya bo‘linmalari yoki Standartlar instituti mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinadi. Metrologik ekspertiza ishlarini olib borish bo‘yicha tashkiliy raxbarlikni “O‘zstandart” agentligi amalga oshiradi, ilmiy – uslubiy raxbarlik esa Standartlar instituti tomonidan olib boriladi. Metrologik ekspertiza shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Quyidagi sxemada metrologik ta’minot sifati vositalari va sifatsiz o‘tkazilgan metrologik ekspertizaning natijalari ko‘rsatilgan.

2.3 – rasm. Sifatsiz o‘tkazilgan metrologik ekspertizaning oqibati



Metrologik ekspertizani o‘tkazishga buyurtma O’zRH -51-106:2001ning “A” ilovasi bo‘yicha tuziladi.
Metrologik ekspertiza natijalari bo‘yicha, ularning ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga qaramasdan, O’z RH -51-106:2001ning “V” ilovasi bo‘yicha ekspert xulosa tuziladi. Ekspert xulosani metrologik ekspertizani olib borgan tashkilot raxbari tasdiqlaydi.
Metrologik ekspertizaning o‘tkazish tartibi quyidagi sxemada ko‘rsatilgan:

Metrologik ekspertizaga texnikaviy shartlarni, taqdim etgan ishlab chiqaruvchi – mutaxassis bilan suxbatlashish. Texnikaviy hujjatlarni butligini tekshirish. Metrologik ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlarni hisobga olish jurnalida qayd qilish.



Texnikaviy hujjatlar bilan tanishish, hujjatlardagi metrologik ta’minot to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘rganish. Texnikaviy hujjatlarni turiga qarab va ularni metrologik ekspertizasini asosiy vazifalariga muvofiq texnikaviy hujjatlarni metrologik ekspertizasini aniq vazifalarini ro‘yxatini belgilash.



Berilgan mahsulotni (buyumni) ishlab chiqarilishini texnologik jarayonini yoki uning konstruksiyasini (texnik hujjatlar bo‘yicha yoki ishlash joyida) o‘rganish, kerakli me’yoriy hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish.



Metrologik ta’minot qismi bo‘yicha texnik echimlarni taxlil qilish va baholash. Xulosa va takliflarni qayd qilish. Ekspert-metrolog yoki ekspert komissiyasining takliflarini amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash.



Texnikaviy hujjatlar metrologik ekspertizasi natijalarini muloxaza va takliflar ro‘yxati shaklida rasmiylashtirish yoki ekspert xulosa yozish.



Texnikaviy hujjatlarni metrologik ekspertiza natijalari bilan ishlab chiquvchiga qaytarish. Jiddiy xato va muloxazalar topilsa, ishlab chiquvchi ekspert-metrolog bilan birgalikda ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘tkaziladigan chora-tadbirlarni rejasini ishlab chiqish.



Metrologik ekspertizani korxonaning ekspert komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi.


Mahsulotni ishlab chiqarishning har qanday bosqichi va ekspluatatsiya qilishda tizimli (doimiy) ravishda nuqsonlar aniqlanganda texnik nazorat qilish boshqarmasining boshlig‘ining (shu yo‘nalishdagi bosh konstruktor yoki davlat nazoratchisining) qaroriga ko‘ra ekspertizani ekspert komissiyasi o‘tkazishi mumkin.
Ekspert komissiyasi korxona rahbariyati yoki shu yo‘nalishdagi bosh konstruktorning farmoyishi bilan tayinlanadi. Farmoyishni unda tizimli nuqson aniqlangan bo‘linma tayyorlaydi.
Ekspert komissiyasining tarkibiga korxonaning konstruktorlik va texnologik bo‘linmalari, texnika nazorati bo‘limining mutaxassislari, o‘lchashlarning alohida turlari bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek boshqa manfaatdor bo‘linmalarning mutaxassislari, buyurtmachi bilan kelishgan holda – buyurtmachining vakili kirishi mumkin.
Ekspert komissiyasi tomonidan metrologik ekspertizani o‘tkazishda ekspert xulosa tuzish va sifat bo‘yicha direktorga tasdiqlatish zarur bo‘ladi.
Texnologik jarayonni metrologik ekspertizadan o‘tkazishda ekspert xulosa metrologik ta’minotga baho beriladi.
Metrologik ekspertiza natijalari bo‘yicha ekspert komissiyasining xulosasi hujjatlarni ishlab chiqqan bo‘linmaga, shuningdek boshqa manfaatdor bo‘linmalarga yuboriladi. Ekspert komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan metrologik ekspertizaning natijalari bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqqan bo‘linma 10 kun muddat ichida berilgan tanbehlar va takliflarga muvofiq amaldagi hujjatlarni aniqlashtiradi va zarurat bo‘lganda – chora-tadbirlar rejasini tuzadi.
O‘tkazilgan metrologik ekspertizaning natijalari bo‘yicha, zarurat bo‘lganda, metrologik ekspertizadan o‘tgan hujjatlar bo‘yicha tanbehlar va takliflar ro‘yxati tuziladi.
Tanbehlar va takliflar ro‘yxati konstruktorlik hujjatlari va texnik hujjatlarni ishlab chiquvchiga taqdim qilinadi.
Metrologik ekspertizadan o‘tgan konstruktorlik hujjatlari va texnologik hujjatlar taqdim qilingan tanbehlar va takliflar ro‘yxatiga muvofiq ishlab chiquvchi tomonidan korrektirovka qilinadi.
Metrologik ekspertizaning tanbehlari bo‘yicha aniqlashtirilgan (yoki tanbehlarsiz ekspertizadan o‘tgan) konstruktorlik hujjatlari va texnologik hujjatlarga metrologik ekspertizadan o‘tganlik to‘g‘risida tamg‘a bosilishi lozim.
Metrologik ekspertizani o‘tkazgan ekspert hujjatlar to‘liq aniqlashtirilgandan keyin tamg‘aning yoniga shaxsan imzo qo‘yadi va hujjat imzolangan sanani ko‘rsatadi.
Hujjatning asl nusxasida titul varag‘ini tikish uchun mo‘ljallangan hoshiyada yoki chizmalar jamlanmasining birinchi varag‘ining hoshiyasida metrologik ekspertizaning tamg‘asi, ekspertning imzosi va imzo qo‘yilgan sana, shuningdek tayinlangan mas’ul shaxsning imzosining bo‘lishi hujjat uni ishlab chiqish jarayonida metrologik ekspertizadan o‘tganligini tasdiqlaydi.
Metrologik ekspertizani o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan ekspert imzolagan texnik hujjatlarga o‘lchash uslublari va vositalarini tanlash bo‘yicha ekspertning roziligisiz tuzatishlar va o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlarni ishlab chiquvchi bilan ushbu hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazuvchi shaxs o‘rtasida kelishmovchiliklar vujudga kelgan taqdirda yakuniy qaror davlat nazoratchisi (ishlab chiqarish xizmatlari uchun) yoki konstruktorlik bo‘limining rahbari (konstruktorlik xizmatlari uchun) hujjatlarni ishlab chiqqan bo‘linmaning taqdimnomasiga ko‘ra qabul qilinadi.
Ekspert xulosasini ob’yektivligini oshirish maqsadida turli usullar ishlab chiqilgan, masalan bir nechta ekspertlarni ishga jalb qilish. Bunday ekspertizani o‘tkazish sxemasi 2.4-rasmda keltirilgan.

Ekspertizaga tayyorgarlik ko`rish








Ekspertlarning individual baholarini olish









Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling