Reja: Ekologik ekspertizaning yangi fan va o’quv predmeti, ob’ekti, tadqiqot metodlari
Download 147.66 Kb.
|
1-Mavzu Ekologik ekspertiza faniga kirish. Ekologik ekspertizan-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ekologik ekspertizaning yangi fan va o’quv predmeti, ob’ekti, tadqiqot metodlari 2. Ekologik ekspertiza fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi va o’zaro aloqalari
- 5. Ekologik ekspertiza munosabatlarida ekologik qonunlar, qoidalar, printsiplarga asoslanishi Kirish
/1-Mavzu: Ekologik ekspertiza faniga kirish. Ekologik ekspertizaning yangi fan va o’quv predmeti sifatida shakllanish va rivojlanishi. Reja 1-Mavzu: Ekologik ekspertiza faniga kirish. Ekologik ekspertizaning yangi fan va o’quv predmeti sifatida shakllanish va rivojlanishi. Reja: 1. Ekologik ekspertizaning yangi fan va o’quv predmeti, ob’ekti, tadqiqot metodlari 2. Ekologik ekspertiza fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi va o’zaro aloqalari 3. Ekologik ekspertiza fanining maqsadi va vazifalari 4. Ekologik ekspertizaning ilmiy-metodik asoslari 5. Ekologik ekspertiza munosabatlarida ekologik qonunlar, qoidalar, printsiplarga asoslanishi Kirish Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va atrof tabiiy muhit xolatining o’zgarishi o’rtasida o’zaro chambarchas aloqalar mavjud. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga bog’liq xolda inson faoliyatining tabiatga ta’siri va tabiiy resurslardan foydalanish darajasi uzluksiz oshib, ularning salbiy oqibatlari miqyosi tobora xavfli tus olmoqda. SHu munosabat bilan ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishda ekologik omillarni tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalarning xususiyatlarini va ularni tartibga soladigan yo’nalishlar va qonuniyatlarni xisobga olmaslik yoki ularning ahamiyatini to’laligicha baholamaslik kutilmagan ekologik iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha tabiiy-ekologik omillarni, tabiat-jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalarining sabab-oqibatlari zanjirini to’g’ri tushunish va shu asosda inson xo’jalik faoliyatining ekologik-iqtisodiy qonuniyatlari talablarga mos kelishini belgilash muhim ahamiyatga ega. Bunda tabiat va jamiyat o’rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni mahmuriy boshqarish metodlarini qo’llash muhim o’rinni egallaydi. Ushbu nazorat yo’nalishi tarkibida ekologik ekspertiza keng qo’llaniladigan faoliyat tarmog’i hisoblanadi. SHu munosabat bilan ushbu sohani kompleks o’rganadigan ekologik ekspertiza fanini ham ilmiy, ham o’quv yo’nalishlarida bozor iqtisodiyoti talablariga mos yo’nalishda shakllantirish va rivojlantirish xayotiy zaruratga aylandi. Ekologik ekspertizaning fan sifatida shakllanishining ob’ektiv shart-sharoitlari insonning xo’jalik va boshqa faoliyatlari bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularning tabiatga ta’sirining miqyoslari va salbiy ta’sirining oshib borilayotganligi bilan izohlanadi. Ushbu fanning O’zbekistonda shakllanishi va rivojlanishi zarurati ko’p jixatdan mamlakat ekologik siyosatini samarali amalga oshirish bilan uzviy bog’liqdir. SHu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning quyidagi so’zlarini keltirish o’rinlidir: «Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish o’zini-o’zi o’limga mahkum etish bilan barobardir. Afsuski, ko’plar ushbu muammoga beparvolik va mahsuliyatsizlik bilan munosabatda bo’lmoqdalar … Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni xal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib, tsivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ana shu muammoning xal qilinishiga bog’liqdir...»1. Ekologik ekspertiza fani tabiatdan foydalanish iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy ekologiya fanlari tutashgan chegaralarda va ekologik xuquq fani bilan uzviy bog’liq xolda, ularning asosiy tushunchalari, yangi qonuniyatlari, kategoriyalari, kontseptsiyalariga asoslangan xolda shakllanayotgan va rivojlanib berayotgan fanning yangi yo’nalishi va sohasi hisoblanadi. Ekologik ekspertiza ushbu fanlarning nazariy-amaliyot tadqiqotlari natijalari eng so’nggi va yangi yutuqlarini amaliyotga tadbiq etishga yo’naltirilgan nazariy-amaliy fanidir. O’zbekiston respublikasining suveren davlat sifatida mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tishi jamiyatning iqtisodiy va ekologik manfaatlarini uyg’unlashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratib berdi. Mustaqillik yillarida xo’jalikni rivojlantirish bo’yicha qarorlarni davlat ekologik ekspertizasidan o’tkazish tadbirlari amalga oshirila boshlandi. 2000 yilda «Ekologik ekspertiza to’g’risida» maxsus qonun qabul qilindi, 2002 yil yanvar oyida «Ekologik ekspertizani tashkil etish va o’tkazish bo’yicha nizom» tasdiqlandi. SHu munosabat bilan ekologik ekspertiza bo’yicha tizimli, kompleks yondashuvlarga asoslangan ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga talab kuchaydi. «Ekspertiza» tushunchasi (termini) lotincha «expertus»-«tajriba» so’zidan kelib chiqqan. Ekspertiza tushunchasi fan, texnika, sanhat sohalarida maxsus bilimga ega bo’lgan mutaxassis (ekspert) tomonidan turli masalalar bo’yicha tadqiqotlar olib borib, ularni baholashni bildiradi. Ekspert baholari bevosita o’lchovga tushmaydigan, shu sababdan mutaxassis mulohazalari va xulosasiga asoslangan jarayonlar, xodisa, voqealar, ob’ektlarni miqdoriy yoki tartibiy baholashdan iborat bo’ladi. Ekologik ekspertiza faniga nisbatan bu tushuncha rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan inson xo’jalik va boshqa faoliyatlarining tabiat muhofazasi va ekologik talablarga, ekologik va tabiat muhofazasi qonunchiligiga muvofiqligi va mos tushishini hamda ekologik ekspertiza ob’ektlarini ishga tushirish, ro’yobga chiqarish, qurish mumkinligini aniqlash va ularni ekspert baholash, ular bo’yicha ma’lum ekologik ekspertiza xulosalarini chiqarishni bildiradi. Bunda «tabiat-jamiyat» tizimi o’rtasidagi o’zaro aloqalarda mehyoriy muvozanat va uyg’unlikka erishishni ta’minlash asosiy o’rinni egallaydi, ya’ni ekpertiza ob’ektlari ekologik talablar va jamiyatning ekologik-iqtisodiy manfaatlariga mos kelishi yoki zid bo’lishi to’g’risida xulosa chiqariladi. Download 147.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling