Reja: Ekologik ekspertizaning yangi fan va o’quv predmeti, ob’ekti, tadqiqot metodlari
Ekologik ekspertiza fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi va o’zaro aloqalari
Download 147.66 Kb.
|
1-Mavzu Ekologik ekspertiza faniga kirish. Ekologik ekspertizan-fayllar.org
Ekologik ekspertiza fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi va o’zaro aloqalari
Ekologik ekspertiza muammolarining kompleks xarakteri ob’ektining murakkab va fanlararo xususiyatlari ushbu fanining ko’plab iqtisodiy, tabiiy, texnika, xuquqiy, ijtimoiy, geografik, tibbiy va boshqa fanlar bilan bog’liq bo’lishini va ular bilan xar tomonlama o’zaro aloqalarni rivojlantirishni taqazo etadi. Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalarni ekologik ekspertiza fani nuqtai nazaridan o’rganish ushbu muammoning ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy-demografik, hududiy-geografik, tibbiy, shaxarsozlik, xuquqiy, texnologik va boshqa ko’plab yo’nalishlarini har tomonlama kompleks hisobga olishni taqazo etadi. Ekologik ekspertiza fani foydalanish iqtisodi fani kabi tabiiy va ijtimoiy fanlar tabiatdan tutashgan chegaralarda turadi. SHu sababdan turli fanlar sohalarining ma’lumotlaridan, materiallaridan keng miqyosda foydalanish ekologik ekspertizaning g’oyat murakkab muammolarini muvaffaqiyatli xal etishga imkon beradi. Ekologik ekspertiza fanining o’rganishda B.Kommoner tomonidan tavsiya etilgan quyidagi tabiat iqtisodiyoti qonunlari yoki printsiplaridan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega: xammasi xammasi bilan bog’langan; xammasi qayoqqadir g’oyib bo’lishi kerak; xech narsa bekorga (tekin) berilmaydi; tabiat yaxshi biladi. Ekologik ekspertiza tadqiqotlarida va amaliyotida tabiatga ko’p darajada salbiy ta’sir ko’rsatadigan xo’jalik, boshqaruv va boshqa faoliyat (ob’ekt) yo’nalishlari ekspertizada quyidagi umumiy va fanlararo printsiplarni har tomonlama hisobga olish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega: - insonning xayoti va sixat-salomatligining ustivorligi, aholining hayoti, mehnati, dam olishi uchun qulay ekologik sharoit yaratish; - jamiyatning ekologik va iqtisodiy manfaatlarini aynan birga qo’shishni ilmiy asoslab amalga oshirish orqali aholining yashashi uchun sog’lom va qulay atrof tabiiy muhitga ega bo’lishi to’g’risidagi xuquqlarining real kafolatlarini ta’minlash; - tabiat resurslaridan tabiat qonunlari, tabiatning potentsial imkoniyatlari, tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish zarurati va atrof muhit va aholi salomatligi uchun asil xoliga qayta olmaydigan oqibatlarga yo’l qo’ymaslikni hisobga olgan xolda ratsional foydalanish; - tabiat muhofazasi va ekologik ekspertizada qonun xujjatlari talablariga qathiy amal qilish va ekologik xuquqbuzarlik uchun javobgarlik; - ekologik muammolarni xal etishda oshkoralikka amal qilish, jamoat tashkilotlari va aholi bilan yaqin aloqalarni o’rnatish. Download 147.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling