Hujjatlarning ekspertizasi


O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari


Download 1.11 Mb.
bet31/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

3.2.3. O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari

O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflari (xarakteristikalari) – o‘lchash vositalarining o‘lchashlarning natijalari va xatoliklariga ta’sir ko‘rsatuvchi xususiyatlarining tavsiflaridir.


O‘lchash vositalarining me’yorlangan metrologik tavsiflari asosida metrologik ekspertizani o‘tkazishda bir qator muhim masalalarni hal qilish – o‘lchash natijasining xatoligini aniqlash, o‘lchash jarayonini amalga oshirishning ma’lum shartlari va o‘lchashlarning aniqligi talablari bo‘yicha o‘lchash vositasini tanlash, har xil tipdagi o‘lchash vositalarini taqqoslash, murakkab o‘lchash tizimlarining xatoliklarini baholash va hokazolarni bajarish mumkin.
O‘lchash vositalariga talablarni qo‘yishda texnik hujjatlarda o‘lchash vositasining metrologik tavsiflari yoki ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan hujjat (O`zDSt, Tashkilot standarti (TSh) va boshqalar) ko‘rsatiladi. Metrologik ekspertizani o‘tkazishda o‘lchash vositasining reglamentlangan o‘rnatilgan metrologik tavsiflarining to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirish zarur bo‘ladi.
Me’yorlangan metrologik tavsiflar shunday shaklda ifodalanadiki, bunda qo‘yilgan vazifalarni asoslangan tarzda hal qilish va bir paytning o‘zida o‘lchash vositasining me’yorlangan tavsiflarga muvofiqligini etarlicha oson nazorat qilish mumkin bo‘lsin. Bundan tashqari, metrologik tavsiflarning majmuasini me’yorlash maqsadga muvofiq bo‘ladi, u, bir tomondan, o‘ta katta bo‘lmasligi lozim, ikkinchi tomondan esa – har bir me’yorlanadigan tavsif o‘lchash vositasining konkret fizikaviy xususiyatini aks ettirishi lozim.
O‘lchash vositalarining me’yorlanadigan metrologik tavsiflariga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqishda ma’lum bir tipdagi o‘lchash vositasi nusxasining metrologik xususiyatlari xuddi o‘sha tipdagi o‘lchash vositalari jamlanmasining metrologik xususiyatlaridan farq qilishini hisobga olish lozim bo‘ladi. Masalan, berilgan o‘lchash vositasi uchun tizimli xatolik determinantlangan kattalik bo‘lib hisoblansa, o‘lchash vositasining tipi uchun – berilgan tipdagi o‘lchash vositalarida nusxadan-nusxaga o‘zgaradigan tasodifiy kattalik bo‘lib hisoblanadi.
O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflarini me’yorlashda tipning ham, o‘lchash vositasining konkret nusxasining ham metrologik xususiyatlarini baholash imkoniyatini ta’minlash zarur bo‘ladi.
Davlatlararo standart ГОСТ 8.009-84 “O‘lchashlarni birliligini ta’minlash Davlat tizimi. O‘lchash vositalarini me’yorlangan metrologik xarakteristikalari” o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlarini baholashga, metrologik tavsiflarni me’yorlashga asosli yondashuvni taqdim qiladi. Standart o‘lchash vositasining me’yorlanadigan tavsiflarining nomenklaturasini o‘rnatadi, ular o‘lchanadigan kattaliklarning turi va o‘lchash vositasining harakat tamoyilidan qat’iy nazar, ma’lum sharoitlarda, statik rejimda ham, dinamik rejimda ham amalga oshiriladigan o‘lchashlarning xatoliklarini, shuningdek me’yorlash usullari va ularni ifodalash shakllarini asoslash uchun zarur bo‘ladi.
O‘lchashlar xatoligi o‘lchash vositasining metrologik tavsiflari bo‘yicha faqatgina ma’lum bir tashkil etuvchilar yig‘indisi sifatida aniqlanishi mumkin. Ulardan ko‘proq uchraydiganlari quyidagi to‘rtta xatolikning tashkil etuvchilari hisoblanadi:

  • o‘lchash vositasining o‘zining xususiyatlarining ideal emasligi bilan shartlanadigan xatolik, ya’ni normal sharoitlarda o‘lchash vositasining qayta shakllantirishining nominal tavsifining real qayta shakllantirish tavsifidan farq qilishi, yoki o‘lchash uchun – normal sharoitlarda o‘lchashning chiqish kattaligining nominal qiymatining mazkur kattalikning haqiqiy kattaligidan farq qilishi bilan shartlanadigan xatolik. Ushbu tashkil etuvchisi o‘lchash vositasining asosiy xatoligi deb ataladi ( );

  • o‘lchash vositasining ta’sir ko‘rsatuvchi kattaliklar va kirish signalining noinformativ parametrlarining o‘zlarining normal qiymatlariga nisbatan o‘zgarishiga reaksiyasi bilan shartlanadigan xatolik. Bu tashkil etuvchisi o‘lchash vositasining xususiyatlariga ham, ta’sir ko‘rsatuvchi kattaliklarning o‘zgarishiga ham bog‘liq bo‘ladi va qo‘shimcha xatolik deb ataladi ( );

  • o‘lchash vositasining kirish signalining tezligi (chastotasi) yoki o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatolik. Dinamik xatolikni belgilaydigan bu tashkil etuvchisi ( ) o‘lchash vositasining xususiyatlariga (inersionlik) ham, vaqtda o‘zgaradigan kirish signalining chastota spektriga ham bog‘liq bo‘ladi;

  • o‘lchash vositalarining o‘lchash Ob’yektlaridan iste’mol qiladigan quvvati bilan shartlanadigan xatolik ( ). O‘lchash vositasini o‘lchanadigan ob’yektga ulash ko‘pincha o‘lchanadigan kattalikning qiymatining o‘zgarishiga olib keladi. Bu tashkil etuvchisi o‘lchash vositasining xususiyatlariga ham, o‘lchash ob’yektiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Metrologik tavsiflar nomenklaturasi quyidagi guruhlar bo‘lishini ko‘zda tutadi:

  • o‘lchashlar natijasini aniqlash uchun mo‘ljallangan tavsiflar (o‘lchash vositasining qayta shakllantirish funksiyasi, o‘lchashlarning nominal qiymati, o‘lchov pribori shkalasining bo‘linish qiymati, chiqish kodining turi, kod razryadlarining soni, raqamli pribor kodining eng kichik razryad birligining qiymati);

  • o‘lchash vositalari xatoliklarining tavsiflari (yig‘indi xatolik, xatolikning tizimli va tasodifiy tarkib toptiruvchilari, variatsiyalanish – gisterezis oqibatidagi xatolik):

  • o‘lchash vositalarining ta’sir ko‘rsatuvchi kattaliklarga sezuvchanlik tavsiflari (ta’sir ko‘rsatish funksiyasi, metrologik tavsifning ta’sir ko‘rsatuvchi kattaliklarning o‘lgarishi bilan chaqiriladigan o‘lgarish tavsiflari);

  • dinamik tavsiflar – o‘lchash vositalarining chiqish signalining vaqtda o‘zgaradigan kirish signaliga bog‘lanishini aks ettiradigan dinamik xususiyatlarining tavsiflari (to‘liq tavsiflar – o‘tish, impuls, amplituda-faza, amplituda-chastota, faza-chastota tavsiflari; xususiy tavsiflar – priborning ko‘rsatishini aniqlash vaqti, reaksiya ko‘rsatish vaqti va boshqalar);

  • o‘lchash vositalari xususiyatlarining o‘lchash vositalarining o‘zaro ta’sirlashishi tufayli xatolikka ta’sir ko‘rsatuvchi tavsiflari (kirish va chiqish impedanslari).

Standartda har bir tavsif uchun me’yorlash usullari va taqdim qilish shakllari o‘rnatilgan, o‘lchash vositalarining konkret tiplari uchun metrologik tavsiflar majmuasini tanlash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan (ular o‘lchash natijalari va o‘lchash vositasini real qo‘llash sharoitlarida xatolikning instrumental tarkib toptiruvchisining tavsiflarini talab qilinadigan aniqlik bilan baholash uchun etarli bo‘lishi lozim). Bu qoidani amalga oshirish uchun o‘lchash vositasi xatoligining ikkita modeli qabul qilingan: birinchi model o‘zida asosiy xatolikning tizimli va tasodifiy tarkib toptiruvchilari, variatsiya, dinamik va qo‘shimcha xatoliklarning birlashmasini taqdim qiladi, ikkinchi model esa – asosiy (tizimli va tasodifiy tarkib toptiruvchilarga ajratmasdan), qo‘shimcha va dinamik xatoliklarning birlashmasini taqdim qiladi.
Metrologik tavsiflar majmuasini tanlashni osonlashtirish maqsadida ГОСТ 8.009-84 da xatoliklarning alohida tarkib toptiruvchilarining ahamiyatga moliklik kriteriyalari va metrologik tavsiflarning ratsionallik kriteriyalari tavsiya qilingan.




      1. Download 1.11 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling