Hujjatlarning ekspertizasi


Download 1.11 Mb.
bet30/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

X = ¾ Xk bo‘lganda bo‘ladi, ya’ni me’yorlanganidan uchdan birga oshiq bo‘ladi, X = 2/3 Xk bo‘lganda esa bunday ortish 50% dan oshiqni tashkil qiladi va shu tariqa davom etadi.
O‘lchash vositasining absolyut yoki nisbiy xatoligi o‘zgarishining qabul qilingan modeli bo‘yicha aniqlik sinfini belgilash usuli bilan bog‘lanadigan bunday holatni o‘lchash vositasini o‘lchashlar diapazoni bo‘yicha tanlashda hisobga olish zarur bo‘ladi (o‘lchanadigan kattalikning qiymatlari ning yaqinida joylashishi lozim).
Aniqlik sinflarining belgilanishlari o‘lchash vositasining yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoligini ifodalash shakli va uning sonli qiymatlariga bog‘liq ravishda o‘rnatiladi. SHu sababli, o‘lchash vositasining aniqlik klassini bilish bilan uning yo‘l qo‘yiladigan qo‘shimcha xatoliklari to‘g‘risida hech narsa deb bo‘lmaydi. Buning uchun qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur bo‘ladi, ularni o‘lchash vositasiga beriladigan me’yoriy-texnik hujjatlardan olish mumkin.
Hujjatlarda ko‘rsatilgan aniqlik sinfi bo‘yicha ekspert asosiy xatolikning yo‘l qo‘yiladigan qiymatini aniqlashi mumkin. Agar aniqlik sinfini belgilaydigan son yo‘l qo‘yiladigan asosiy, nisbiy yoki keltirilgan xatoliklarning qiymati bilan mos tushsa, bunday holda aniqlik sinflarining belgilanishlaridan δ va γ ning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlariga, ulardan esa o‘lchash vositasining asosiy xatoligining yo‘l qo‘yiladigan qiymatlariga o‘tish mumkin. Agar o‘lchash vositasining aniqlik sinfi tartib raqamlari bilan belgilansa, u holda asosiy absolyut xatolikning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotni ushbu o‘lchash vositasiga berilgan me’yoriy-texnik hujjatlardan olish mumkin. Bunda yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolikning katta qiymatiga ega bo‘lgan o‘lchash vositasi katta tartib raqamiga ega bo‘lgan aniqlik sinfiga ega bo‘ladi.
Qo‘llaniladigan konkret aniqlik sinfidagi o‘lchash vositasi to‘g‘risida hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar mazkur o‘lchash vositasini qo‘llashning to‘g‘riligi haqidagi masalani hal qilish uchun etarli bo‘lib hisoblanmaydi. Qo‘shimcha ravishda o‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini keltirish yoki berilgan o‘lchash vositasining me’yoriy-texnik hujjatlariga yo‘llanma berish zarur bo‘ladi, bu hujjatlardan metrolog ekspert o‘lchash vositasining xatoligini va yakunda o‘lchashlar xatoligining barcha tarkib toptiruvchilarini hisoblash uchun barcha zaruriy ma’lumotlarni olishi mumkin.
Masalan, kuchlanishni 1,5 aniqlik sinfidagi ikkita voltmetr bilan nazorat qilish natijalari, agar voltmetrlardan biri 0-150 V, boshqasi esa 150-0-150 shkalaga ega bo‘lsa, absolyut xatolikning bir xil bo‘lmagan qiymatlarini beradi. Asosiy absolyut xatolikning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari formula bo‘yicha aniqlanadi va bitta voltmetr uchun V ni, ikkinchi voltmetr uchun V ni tashkil qiladi.
Shu sababli, agar tekshiriladigan hujjatda nazorat qilinadigan parametr (127 2,5 V) va 1,5 aniqlik sinfidagi voltmetr ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda qo‘shimcha ravishda uning tipi, o‘lchashlar diapazoni (berilgan misol uchun ikkita o‘lchash diapazoni, 0-150 V) va o‘lchash vositasining boshqa metrologik tavsiflarini yoki berilgan vltmetr bo‘yicha barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan hujjatni ko‘rsatish lozim bo‘ladi.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling