Hujjatlarning ekspertizasi
-BOB. TEXNIKAVIY HUJJATLARNING METROLOGIK EKSPERTIZASI MASALALARI VA ULARNI YECHISH USULLARI VA YO‘LLARI
Download 1.11 Mb.
|
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)
3-BOB. TEXNIKAVIY HUJJATLARNING METROLOGIK EKSPERTIZASI MASALALARI VA ULARNI YECHISH USULLARI VA YO‘LLARI
3.1. O‘lchanadigan parametrlar nomenklaturasini ratsionalligini aniqlash Mahsulotlarni tayyorlash va ekspluatatsiya qilishda nazorat qilinishi lozim bo‘lgan parametrlar nomenklaturasini ratsionalligini aniqlash uchun konstruktor (mahsulotlarni ishlab chiquvchi), texnolog (ularni tayyorlashning texnologik jarayonlarini ishlab chiquvchi) va ekspert (tanlangan nomenklaturaning ratsionalligini baholovchi) umumiy holda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi zarur: mahsulotni nazorat qilishda ularni baholash ko‘zda tutilayotgan parametrlarning ( ) yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari ( ); mahsulotlarni seriyali ishlab chiqarishda parametrlarning qiymatlarining berilgan yo‘l qo‘yilishlar oralig‘ida taqsimlanishining sonli tavsiflari - ning o‘rtacha qiymatlari va o‘rtacha qiymatlardan σ o‘rtacha kvadratik og`ish; parametrlarning qiymatlarining taqsimlanish qonunlarining turlari; parametrlar bilan korrelyatsiya (bog‘lanish) koeffitsiyentlarining polar qiymatlari ( ) o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; birinchi va ikkinchi turdagi nazorat qilishning xatolar ehtimollarining yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari ( ) va ( ). Tabiiyki mahsulotlarni loyihalash bosqichida ishlab chiquchi konstruktor bunchalik batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi. Xususan, u parametrlarning qiymatlarining taqsimlanish qonunlarining mahsulotni tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladigan turlari va tavsiflarini bilmaydi, bor-yo‘g‘i mahsulotning parametrik modeliga ega bo‘lgani holda uning u yoki bu parametrlarining korrelyasiyalanganligi to‘g‘risida taxminiy fikr yuritishi mumkin. Shu sababli, ushbu bosqichda faqatgina yaqinlashuvchi hisoblashlarni bajarish mumkin bo‘ladi (bir qator soddalashtiruvchi yo‘l qo‘yilishlar bilan), ular keyinchalik statistik ma’lumotlarning to‘planishiga qarab konstruktorlik-texnologik hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish jarayonida aniqlashtirilishi mumkin. Bu yerda analoglarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kompyuterda imitatsion modellashtirish natijalari ham foydali bo‘lishi mumkin. Nazorat qilinadigan parametrlarning nomenklaturasini ratsional tanlash uchun uni hal qilish zarur bo‘ladigan eng oddiy vazifa – me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishda oshiqcha parametrlarni chiqarib tashlash vazifasi quyidagidan iborat: agar mahsulotni nazorat qilish jarayonida ( ) parametrning aniqlangan qiymati berilgan yo‘l qo‘yilishlar oralig‘ida yotsa, u holda ( ) parametrning qiymati ham uning uchun berilgan yo‘l qo‘yilishlar oralig‘ida yotishi ehtimolini aniqlash talab qilinadi. Bu ehtimollikning eng kichik qiymatiga mos keluvchi holatlar quyidagi tengsizliklar bilan aniqlanadi: ( ) ( ) ( )/ ( ) = ( ) (3.1) ( ) ( ) ( )/ ( ) = ( ) (3.1) Bu (yoki ) parametrning qiymati (yoki ), (yoki ) berilgan yo‘l qo‘yilishlar oralig‘ida yotishini, boshqa (yoki ) parametrning o‘lchangan qiymati esa yo‘l qo‘yilishlarning (1) yuqorigi yoki (2) pastki chegaralarida yotishini bildiradi. Ko‘rsatilgan vazifani hal qilishning umumiy tamoyili quyidagi shartli ehtimolliklarni aniqlash bo‘lib hisoblanadi: ( ) / = ( ) / = yoki ( ) / = ( ) / = Agar va ehtimolliklarning olingan qiymatlari yo‘l qo‘yiladigan qiymatdan katta yoki unga teng bo‘lsa, u holda parametrni nazorat qilmasdan, faqatgina parametrni nazorat qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi, ya’ni parametr ratsionallashtirilgan nomenklaturadan chiqarib tashalanadi. Agar va ehtimolliklarning olingan qiymatlari yo‘l qo‘yiladigan qiymatdan katta yoki unga teng bo‘lsa, u holda parametr chiqarib tashlanadi. ning qiymatini = 1 - deb olish mumkin, bunda - ikkinchi turdagi chiqarib yuboriladigan parametrni nazorat qilish xatosining ehtimoli. Bunda birinchi turdagi nazorat qilish xatosining ehtimolini hisobga olmaslik mumkin, chunki qolgan nazorat qilinadigan parametrning qiymatlari yo‘l qo‘yilishlar chegaralaridan tashqariga chiqqan taqdirda, mahsulot yaroqsizga chiqariladi. Nazorat qilinadigan parametrlar nomenklaturasining oshiqchaligini tahlil qilish uchun quyidagi shartli ehtimolliklarni baholash zarur bo‘ladi: musbat korrelyasiyada - va manfiy korrelyasiyada - . Bu ehtimolliklarning har biri bilan solishtiriladi. Agar ( ) ham, ( ) ham dan katta bo‘lsa, u holda parametr oshiqcha bo‘lib hisoblanadi (chunki, agar nazorat qilish natijalari bo‘yicha mahsulot parametr bo‘yicha yaroqli deb topilgan bo‘lsa, u holda dan katta bo‘lgan ehtimollik bilan mahsulotni parametr bo‘yicha yaroqli deb topish to‘g‘ri bo‘ladi) va u ratsionallashtirilgan nomenklaturadan chiqarib tashlanadi; agar ( ) ham, ( ) ham dan katta bo‘lsa, u holda parametr oshiqcha bo‘lib hisoblanadi (chunki, agar nazorat qilish natijalari bo‘yicha mahsulot parametr bo‘yicha yaroqli deb topilgan bo‘lsa, u holda dan katta bo‘lgan ehtimollik bilan mahsulotni parametr bo‘yicha yaroqli deb topish to‘g‘ri bo‘ladi) va u ratsionallashtirilgan nomenklaturadan chiqarib tashlanadi. Bir qator hollarda barcha ehtimolliklar dan katta bo‘lib chiqishi mumkin. Shunda chiqarib tashlash to‘g‘risidagi masala texnik-iqtisodiy fikrlardan kelib chiqish bilan, masalan, nazorat qilish jarayonlarining murakkabligi yoki narxini taqqoslash yo‘li bilan hal qilinadi. O‘lchanadigan (nazorat qilinadigan) parametrlarning oshiqchaligini tahlil qilishning ko‘rib chiqilgan statistik usuli ularni ratsional tanlash muammosini to‘laqonli hal qilmaydi, albatta. Nimani va qanday maqsadda o‘lchash kerak – bu masalani mahsulotlarni loyihalash bosqichida konstruktor va ularni tayyorlash texnologik jarayonlarini ishlab chiqish bosqichida texnolog hal qiladi. Bunda o‘lchashlar yoki nazorat qilish uchun tanlanadigan parametrlar mahsulotlar yoki jarayonlarning ularni qiziqtiradigan xususiyatlarini real va bir qiymatli tarzda aks ettirishi, ya’ni ob’yektlar va ularning xususiyatlarining fizikaviy yoki matematik modellarining parametrlari bo‘lib hisoblanishi lozim. Texnologik jarayonlarning nazorat qilinadigan parametrlarini asoslangan holda tanlash uchun, ko‘rib chiqilgan usuldan tashqari, ekmperimentni rejalashtirish uslubidan foydalaniladi. Eksperimentni rejalashtirishda optimallashtirish masalasi o‘zgaruvchan omillarning (faktorlarning) ularda tanlangan maqsadli funksiya (optimallashtirish parametri) ekstremal qiymatni qabul qiladigan jamlanmasini topishdan iborat. Nazorat qilinadigan parametrlarning nomenklaturasini tanlash, ularni keyinchalik tizimli ravishda nazorat qilish va mahsulotning yuqori sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlashda minimumga qadar qisqartirish maqsadida, texnologik jarayonning kechishini belgilaydigan ahamiyatga molik omillarni aniqlashdan iborat bo‘ladi. Optimallashtirish parametri sifatida detal, yig‘ish birligi yoki texnologik jarayonning alohida har bir operatsiyasi bo‘yicha sifat ko‘rsatkichi qabul qilinadi. Nazorat qilinadigan parametrlarni tanlash esa parametrlarning optimallashtirish parametrining ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatish koehffitsiyentlarini aniqlash uslubini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Ta’sir ko‘rsatish koeffitsiyentlarini hisoblash matematik modelni qurish va uning mos kelishini tekshirish bilan bog‘lanadi. Omil sifatida ob’yektning nazorat qilinadigan o‘zgaruvchisi, ya’ni qandaydir bir qurilma yoki apparatning ish rejimi yoki jarayonining u yoki bu xususiyatini tavsiflaydigan va bu qurilmaning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadigan kattalik qabul qilinadi. Uning sonli qiymati o‘zgarish oraliqlarida (chegaralarida) o‘lchanadigan bu kattalik optimallashtirish parametriga ta’sir ko‘rsatishi lozim. Ob’yektning omillarining o‘zgarish chegaralari shunday aniqlanadiki, bunda o‘zgaruvchan omillarni fizikaviy jihatdan amalga oshirish shart-sharoitlari ta’minlansin, ya’ni texnologik jarayonning kutilayotgan optimallashtirish parametrining ko‘rsatkichi bilan normal kechishi ta’minlansin. Y optimallashtirish parametrining jarayonning texnologik omillari bilan bog‘lanishini umumiy ko‘rinishda Y = f( ) ko‘rinishida yozish mumkin, bu erda k – omillarning soni. Detal yoki yig‘ish birligining texnologik jarayonining boshqariladigan omillari va optimallashtirish parametri tanlangandan keyin to‘liq yoki qisman omilli (faktorli) eksperiment o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘riladi. Eksperimentni rejalashtirishning matritsa rejasini tuzish bilan jarayonning omillarining koeffitsiyentlarini yoki Y = regressiya tenglamalarining (modelning) parametrlarini hisoblash mumkin bo‘ladi. Texnologik jarayonning matematik modeliga faqatgina ahamiyatga molik bo‘lgan koeffitsiyentlar kiritiladi va Y = ko‘rinishidagi regressiya tenglamasi olinadi, bu erda Y - optimallashtirish parametri ko‘rsatkichining matematik kutilishi; - jarayonning omillari. Regressiya koeffitsiyentlarining ahamiyatga molikligi, ehtimollik va erkinlik darajalarining soni berilgan bo‘lganda, uning hisob-kitob qiymatlarini jadval qiymatlariga solishtirish bilan styudent kriteriyasi (mezoni) bo‘yicha aniqlanadi. Agar styudent kriteriyasining hisob-kitob qiymati jadvaldagi qiymatdan katta bo‘lsa, u holda koeffitsiyent ahamiyatga molik deb topiladi. Nazorat qilinadigan parametrlarni tanlash jarayon parametrining omillarning o‘zgarish intervalining o‘zgarishiga sezuvchanligini belgilaydigan ta’sir ko‘rsatish (sezuvchanlik) koeffitsiyentlarini baholash natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta’sir ko‘rsatish koeffitsiyentlari bo‘yicha omillarning yo‘l qo‘yilishlari aniqlanadi. Agar barcha regressiya koeffitsiyentlari ahamiyatga molik bo‘lsa, u holda texnologik jarayonning barcha omillarini (parametrlarini) nazorat qilish zarur bo‘ladi. Ahamiyatga molik bo‘lmagan koeffitsiyentlarga mos keladigan omillar (parametrlar) nazorat qilinmaydi. Agar barcha regressiya koeffitsiyentlari ahamiyatga molik bo‘lmasa, u holda omillarning (parametrlarning) o‘zgarish intervallari oshiriladi va qo‘shimcha eksperiment o‘tkaziladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling