Hujjatlarning ekspertizasi


Download 1.11 Mb.
bet35/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

Ikkinchi holat. Nazorat qilinadigan parametrning chetlashishining taqsimlanish qonuni berilmagan. R ning qiymati nomogrammalar bo‘yicha emas, balki nazorat qilinadigan parametrlarning chetlashishining teng ehtimolli taqsimlanishlar qonuni uchun 3.2-jadval bo‘yicha aniqlanadi.
Eslatma: soddalashtirilgan hisoblashlar variantlarining birinchi va ikkinchi holatlari tanlanadigan o‘lchash vositalarining aniqligiga oshirilgan talablarning qo‘yilishiga olib keladi.
Uchinchi holat. Soxta va aniqlanmagan ishdan chiqishlar ehtimolliklarining yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari yoki nazorat qilinadigan parametrlarning chetlashishlarining taqsimlanish qonunlari berilmagan, xatoliklarning taqsimlanish qonuni normal yoki teng ehtimolli taqsimlanishdan farq qiladi yoki ma’lum emas; soddalashtirilgan hisoblashlarning birinchi va ikkinchi holatlari maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanmaydi. R ning qiymati nomogrammalar bo‘yicha emas, balki nazorat qilinadigan parametrning muhimligiga bog‘liq ravishda 0,5; 0,4; 0,3; 0,25; 0,2; 0,15; 0,1 qatordan aniqlanadi.
Juda kichik xatoliklar kriteriysi bilan asoslanadigan R = 0,3 ko‘proq afzal bo‘ladi.
O‘lchash natijasining amaldagi yig‘indi xatoligini hisoblash metrologik tavsiflarning, jumladan o‘lchash vositasining xatoliklari yoki ularning tarkib toptiruvchilarining tavsiflarining o‘lchash vositasiga berilgan me’yoriy-texnik hujjatlar bilan me’yorlangan qiymatlari bo‘yicha olib boriladi, chunki qiyoslash (attestatsiyadan o‘tkazish) natijalariga ko‘ra faqatgina ularning tavsiflari me’yorlanadigan qiymatlarning chegaralaridan tashqariga chiqmagan o‘lchash vositalariga qo‘llash uchun ruxsat beriladi.
O‘lchash vositalarining metrologik tavsiflarining me’yorlanadigan qiymatlari umumsanoatda ishlatish uchun mo‘ljallangan seriyali ravishda ishlab chiqariladigan o‘lchash vositalari uchun bu o‘lchash vositalariga berilgan me’yoriy-texnik hujjatlardan tanlanadi (O`zDSt, ТSt, pasport, texnik tasvirlanish, ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma); standartlashtirilmagan o‘lchash vositalari uchun (seriyali ravishda ishlab chiqarish uchun mo‘ljallanmagan, yagona nusxada ishlab chiqariladigan) attestatlardan tanlanadi; yangi ishlab chiqilayotgan o‘lchash vositalari uchun – texnik topshiriqlardan tanlanadi.
Nazorat qilishda foydalaniladigan o‘lchash vositalarining konkret nusxalari xatoliklarining tizimli tashkil etuvchilari, ekspluatatsiyada ularning jamlanmasi juda katta bo‘lganligi sababli, tasodifiy xarakterga ega bo‘ladi va xuddi tasodifiy kattaliklar kabi yig‘indilanishi mumkin, chunki nazoratni o‘tkazish uchun o‘lchash vositasining konkret nusxasi ixtiyoriy ravishda (tavakkaliga) tanlanadi.
3.2 - jadval

Yig‘indi o‘lchashlar xatoligining R yo‘l qo‘yilishga nisbati

Nazorat qilinadigan parametrlarning chetlashishlarining taqsimlanish qonunlari uchun Rsoxta soxta ishdan chiqish ehtimoli, %

Nazorat qilinadigan parametrlarning chetlashishlarining taqsimlanish qonunlari uchun Raniqlanmagan aniqlanmagan ishdan chiqish ehtimoli, %




normal

teng ehtimolli

normal

teng ehtimolli
















0,1
0,2
0,3
0,4
0,5
0,6
0,7
0,8
0,9
1,0

0,6
1,3
2,0
2,8
3,5
4,4
5,3
6,1
7,1
8,1

1,2
2,6
3,9
5,2
6,6
7,9
9,3
10,6
12,0
13,0

0,4
1,0
1,5
2,1
2,6
3,1
3,6
4,1
4,6
5,0

1,1
2,1
3,2
4,0
4,9
5,6
6,3
7,0
7,6
8,2
















Eslatma; Rsoxta va Raniqlanmagan ning jadval qiymatlari o‘lchashlar xatoligining normal taqsimlanish qonuni uchun ko‘rsatilgan.


Agar tizimli tarkib toptiruvchilar yoki ulardan biri qat’iy ma’lum bo‘lsa, u holda ular o‘lchash natijasiga tuzatma yoki tuzatish koeffitsiyentini kiritish bilan chiqarib tashlanadi, ya’ni o‘lchashning natijasi to‘g‘irlanadi, tizimli tarkib toptiruvchining chiqarib tashlangan qoldig‘i esa hisoblashlarda eng chekka qiymatlari ma’lum bo‘lgan tasodifiy xatolik sifatida hisobga olinadi.
Aniqlik bo‘yicha o‘lchash vositasining to‘g‘riligi parametrni o‘lchashlar natijasining amaldagi (kafolatlangan) yig‘indi xatoligi bilan, o‘lchash vositalarining chegaralaydigan texnik tavsiflarining amaldagi qiymatlari bu tavsiflarning talab qilinadigan qiymatlaridan yuqori yoki ularga teng bo‘ladi degan shartda, yig‘indi xatolikning yo‘l qo‘yiladigan (talab qilinadigan) qiymati o‘rtasida tenglikka erishish bilan aniqlanadi.
Nazorat qilinadigan parametrlarni tahlil qilish natijalari, o‘lchashlarni o‘tkazish sharoitlari, shuningdek ning hisoblangan qiymati bo‘yicha o‘lchash vositasiga nisbatan talablar o‘rnatiladi va parametrni o‘lchash uchun mo‘ljallangan uslublar va vositalar tanlanadi; o‘lchashlar xatoliklarining barcha tarkib toptiruvchilarini (asosiy, qo‘shimcha yoki ta’sir ko‘rsatish funksiyasi tufayli, uslubiy, dinamik, o‘lchash vositasining o‘lchanadigan Ob’yekt bilan o‘zaro ta’sirlashishi tufayli, operator tomonidan kiritilgan aloqa liniyalari tufayli kelib chiqadigan xatoliklar) va ular o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlarni hisobga olish bilan ning qiymati hisoblanadi.
Mo‘ljallama (muqobil) tarzda tanlangan o‘lchash uslublari va vositalarida bilan o‘rtasida tenglikka rioya qilinishi tekshiriladi. Agar tenglik bajarilsa – optimal variant tanlangan bo‘ladi, agar tenglik bajarilmasa – yangi o‘lchash uslublari va vositalari (yoki faqatgina o‘lchash vositalari) tanlanadi, ning qiymati hisoblanadi va bilan o‘rtasida tenglikka rioya qilinishi tekshiriladi. Mazkur operatsiya optimal variantga erishilguncha takrorlanadi: .
O‘lchashlarning berilgan ishchi sharoitlarida o‘lchash uslublari va vositalarini mo‘ljallama tarzda tanlash uchun ni hisoblash formulalaridan foydalaniladi, ulardan tanlanadigan o‘lchash vositasining asosiy xatoligining talab qilinadigan qiymati hisoblanadi.
Nazorat qilinadigan parametrni tahlil qilish natijalari bo‘yicha ning tanlanadigan o‘lchash vositasi ega bo‘lishi lozim bo‘lgan me’yorlaydigan qiymati aniqlanadi, so‘ngra talab qilinadigan aniqlik klassining yaqinlashuvchi qiymati topiladi:

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling