Hujjatlarning ekspertizasi


Oʼlchashlarning aniqligini oshirish usullari


Download 1.11 Mb.
bet43/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

Oʼlchashlarning aniqligini oshirish usullari. Oʼlchashlarning aniqligi yetarli boʼlmaganda, agar oʼlchashlarning aniqlik koʼrsatkichlari oʼrnatilgan talablarga mos kelmasa, ekspert hujjatlarni ishlab chiquvchiga oʼlchashlarning aniqligini oshirish taklifi bilan chiqadi. Bunda oʼlchashlar xatoligining ustivorlik qiladigan tarkib toptiruvchisini kamaytirish imkonini beruvchi usullardan foydalanish lozim boʼladi. Masalan, aytaylik oʼlchashlarning xatoligi ikkita va tarkib toptiruvchilardan tashkil topgan boʼlsin (bunda = ½ ). Oʼlchashlarning xatoligining tarkib toptiruvchilarining taqsimlanish qonunlarini normal deb qabul qilamiz va unda yigʼindi xatolikning intervalining chegaralari aniqlangan ehtimollikni 0,95 ga teng deb qabul qilamiz. Oʼlchashlarning xatoligini
=
formula boʼyicha baholashdan koʼrinadiki, tarkib toptiruvchining oʼlchashlar xatoligiga qoʼshadigan hissasi bor-yoʼgʼi 10% ni tashkil qiladi. Shu sababli oʼlchashlarning aniqligini oshirish zarur boʼlganda tarkib toptiruvchini kamaytirish maqsadga muvofiq boʼladi.
Odatda oʼlchashlarning aniqligini oshirish usuli xatolikning tarkib toptiruvchilari baholangandan keyin va ularning oʼlchashlar xatoligiga qoʼshadigan hissasi tahlil qilingandan keyin tanlanadi.
Zamonaviy amaliyot uchun oʼlchashlarning aniqligini oshirish imkoniyatlari avvalambor koʼproq aniq oʼlchash vositasini tanlashdan qidiriladigan vaziyat koʼproq xarakterli boʼlib hisoblanadi. Bunday usul oʼlchashlarning xatoligining instrumental tarkib toptiruvchisini kamaytirish imkonini beradi va undan sanoat unchalik qimmat boʼlmagan va zaruriy unumdorlikni taʼminlaydigan koʼproq zamonaviy oʼlchash vositalarini ishlab chiqaradigan hollarda foydalaniladi. Biroq oʼlchashlarning aniqligini oʼlchash vositasini seriyali tarzda ishlab chiqariladigan oʼlchash vositalari orasidan tanlash yoʼli bilan oshirish imkoniyati koʼpincha tugab boʼlgan boʼladi. Bu xorijda ishlab chiqarilgan oʼlchash vositasini sotib olish, yoki yangi oʼlchash vositasini ishlab chiqishni tashkil qilish zaruratini shartlaydi. Bunday oʼlchash vositalarini sotib olish va ularni metrologik taʼminlash xarajatlari, qoidaga koʼra, juda yuqori boʼladi va shu sababli oʼlchashlarning aniqligini oshirish masalasini qoʼl ostida mavjud boʼlgan oʼlchash vositalarini qoʼllash bilan oshirish imkoniyatini koʼrib chiqish bilan hal qilish lozim boʼladi.
Qoʼllaniladigan oʼlchash vositasining asosiy xatoligini kamaytirish uchun yangi graudirovka tavsifini topish yoki oldingisiga tuzatmalar kiritish, shuningdek taʼsir koʼrsatish funktsiyasini aniqlashtirish maqsadida individual metrologik attestatsiyadan oʼtkazishni tavsiya qilish mumkin. Metrologik attestatsiyadan oʼtkazish natijasida konkret nusxalarning boshqa metrologik tavsiflari ham aniqlashtiriladi.
Oʼlchash vositalarini qoʼllash sharoitlari yoki noinformativ parametrlarga qoʼyiladigan talablarni oshirish (agar iloji boʼlsa, oʼlchash vositalarini qoʼllashning normal sharoitlariga mos keladigan talablarni qoʼyish lozim boʼladi) qoʼshimcha xatoliklarni kamaytirish imkonini beradi. Biroq ishlab chiqarish sharoitlarida bunday cheklashlarga rioya qilish, masalan, xonada haroratni (20 ± 2)°S qilib ushlab turish qiyin boʼladi.
Oʼlchashlarning uslubiy xatoliklarini (oʼlchash vositalarining xususiyatlariga bogʼliq boʼlmagan xatoliklarni) kamaytirish masalasi alohida eʼtibor qaratishni talab qiladi. Shuni qayd qilish lozimki, koʼpgina hollarda oʼlchashlarning bu xatoliklarini hisobga olish va kompensatsiyalash oʼlchashlarning zaruriy aniqligiga erishishning yangi oʼlchash vositalarini ishlab chiqish yoki sotib olishga qaraganda koʼproq qoʼl keladigan va koʼproq arzon vositasi boʼlib chiqadi.
Oʼlchashlar jarayonining oʼzini takomillashtirish ham oʼlchashlarning aniqligini oshirish usuli boʼlib xizmat qilishi mumkin. Masalan, reaktorning bir xil masofada joylashgan nuqtalariga bir nechta termometrlarni oʼrnatish (qandaydir bir bitta nuqtada haroratni oʼlchashning oʼrniga) reaktordagi oʼrtacha harorat toʼgʼrisida koʼproq aniq maʼlumotni olish imkonini beradi.
Xatoliklarni hisobga olish, kompensatsiyalash va bartaraf qilish uchun turlicha priyomlarni koʼzda tutish lozim boʼladi. Oʼlchashlarning turli sohalarida maʼlum xatoliklarni istisno qilish uchun keng qoʼllaniladigan uslublar mavjud, ular hatto oʼzlarining nomlariga ham ega boʼlishi mumkin. Masalan, xatolikni belgi boʼyicha kompensatsiyalash uslubi: oʼlchash jarayoni shunday quriladiki, ikkita kuzatishni bajarishda birinchi natijada xatolik bir belgi bilan, ikkinchisida boshqa belgi bilan olinadi, olingan natijalarning oʼrtacha arifmetik qiymati esa xatolikni oʼz ichiga olmaydi.
Bu uslubdan koʼrsatishlarning variatsiyasini (gisterezis tufayli keladigan xatoliklarni) chiqarib tashlash uchun foydalaniladi, bunda oʼlchanadigan kattalikni qarama-qarshi uzatish bilan ikkita oʼlchash bajariladi. Аlmashtirish usulida oʼlchash jarayoni shunday quriladiki, oʼlchanadigan obʼekt xuddi shunday sharoitlardagi maʼlum oʼlchov bilan almashtiriladi. Masalan, teng yelkali tarozida aniq oʼlchashlarda quyidagi usul qoʼllaniladi: tarozining bir pallasiga tortiladigan predmet qoʼyiladi, tarozining ikkinchi pallasiga esa tarozi muvozanatga kelguncha qandaydir bir boshqa yuk qoʼyiladi, Soʼngra tortiladigan predmet olinadi va uning oʼrniga toshlar qoʼyiladi. Tarozining muvozanatini tiklash uchun foydalanilgan toshlarning ogʼirligining qiymati tortiladigan predmetning ogʼirligining qiymatiga mos keladi. Bu aniq tortish usuli oʼziga xos nomga ega — Bord usuli. Maʼlum xatoliklarni chiqarib tashlash uchun randomizatsiyalash usuli oʼlchashlar amaliyotida keng qoʼllanilishga ega boʼlgan.
Bu usul shundan iboratki, bunda oʼlchash sharoitlari yoki protsedurasi shunday oʼzgartiriladiki, bunday holatda berilgan maʼlum xatolikni chaqiradigan omil tasodifiy tarzda oʼzgaradi. Masalan, xuddi oʼsha bitta kattalikning oʼzi turli uslublar yoki turli priborlar bilan oʼlchanadi. Ularning har birining tizimli xatoligi butun jamlanma uchun tasodifiy kattalik boʼlib hisoblanadi. Foydalaniladigan uslublar yoki priborlarning soni oshirilganda maʼlum tizimli xatoliklar oʼzaro kompensatsiyalanadi. Xatoliklarni chiqarib tashlashning bunday usullari koʼp sonli tuzatmalarni aniqlash va kiritish zaruratidan xalos qiladi.
Oʼlchashlar xatoligining tasodifiy tarkib toptiruvchisini koʼp martalik kuzatishlar uslubi bilan ham kamaytirish mumkin, bunda koʼp sonli kuzatishlar bajariladi va oʼlchashlarning natijasi sifatida oʼrtacha arifmetik qiymat qabul qilinadi. Bunda oʼlchashlarning xatoligining tasodifiy tarkib toptiruvchisining oʼrtacha kvadratik chetlashishi bir martalik oʼlchashning xatoligining tasodifiy tarkib toptiruvchisining oʼrtacha kvadratik chetlashishining qiymatiga qaraganda martaga kamayadi. Kuzatishlarning sonini tanlash oʼlchashlarning yoʼl qoʼyiladigan xatoligini (oʼlchashlarning aniqlik meʼyorini) berish usuliga bogʼliq boʼladi. Аgar σр[∆] ning yoʼl qoʼyiladigan qiymatning chegarasi oʼrnatilgan boʼlsa, u holda kuzatishlarning n soni n tengsizlikni qanoatlantiradigan eng kichik butun songa teng qilib qabul qilinadi. Аgar σr[∆] oʼlchashlarning yigʼindi xatoligining oʼrtacha kvadratik chetlashishining yoʼl qoʼyiladigan qiymatining chegarasi oʼrnatilgan boʼlsa, u holda kuzatishlarning sonini xatolikning tasodifiy tarkib toptiruvchisining hisobga olmasa boʼladigan darajada kichikligini taʼminlaydigan shartdan tanlash maqsadga muvofiq boʼladi. Kuzatishlarning soni odatda oʼlchashlarning yoʼl qoʼyiladigan mehnat sigʼimi va ularning unumdorligiga qoʼyiladigan talablar bilan chegaralanadi.
Quyida oʼlchashlarning xatoligini hisoblashga misol va oʼlchashlarning aniqligini oshirish boʼyicha tavsiyalar keltiriladi.
Pnevmoavtomatika qurilmasini sinovlardan oʼtkazishda r = 0,4 MPa bosim; ∆r = ±0,01 MPa yoʼl qoʼyiladigan chetlashish; ∆r = ±0,003 MPa yoʼl qoʼyiladigan oʼlchash xatoligi nazorat qilinadi. Qoʼllaniladigan oʼlchash sxemasi PDV-5B vibrochastotali qayta shakllantirgich, 43-33 chastota oʼlchagich va qayd qiladigan-raqamli bosib chiqaradigan qurilmadan tashkil topgan. Oʼlchashlar uslubi oʼlchanadigan bosimni tutashtiruvchi quvurlar tarmogʼi boʼylab uzatish, uni PDV qayta shakllantirgich bilan uzluksiz chastotali-modullangan elektr signaliga aylantirish, 43-33 chastota oʼlchagich bilan chastotani oʼlchash va olingan maʼlumotni raqamli bosib chiqaradigan qurilma bilan qayd qilishga asoslanadi. Bosimning oʼlchangan qiymati PDV ning graudirovka tavsifi boʼyicha aniqlanadi.
Oʼlchash rejimi — bosim berilgandan keyin oradan 2 s oʼtgach, chastotani bir martalik oʼlchash vaqti 10 s. Oʼlchash rejimi 0,1 s ga teng boʼlgan oʼtish jarayonining vaqti va 43-33 ning xatoligining minimalligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlardan kelib chiqish bilan oʼrnatilgan.
Funktsional tuzilish sxemasini tahlil qilishda shu narsa aniqlanganki, oʼlchashlarning xatoligiga oʼlchanadigan bosimning vaqtda bosqichli oʼzgarishi taʼsir koʼrsatadi, u sinovdan oʼtkaziladigan qurilmaning polosalariga keskin bosim berish va 12 s dan keyin bosim berishni toʼxtatish bilan xarakterlanadi. Tutashtiruvchi quvurlar tarmogʼining uzunligi – 50 m.
Tahlil qilish natijasida faqatgina instrumental tarkib toptiruvchini emas, balki dinamik tarkib toptiruvchini ham baholash zarurligi aniqlangan.
Oʼlchash vositasining xatoligini baholash qoʼllaniladigan oʼlchash vositalariga berilgan meʼyoriy-texnik hujjatlarning maʼlumotlari boʼyicha yuqorida keltirilgan uslubiyatga muvofiq hisoblash yoʼli bilan amalga oshiriladi:
= + + = 0,47%
Bu yerda – bosimni oʼlchashning PDV-5B qayta shakllantirgichning oʼlchash diapazonining 0,5 MPa ga teng boʼlgan yuqorigi chegarasiga keltirilgan xatoligi, foyizlarda; k — 1,96 (oʼlchashlar xatoligining tashkil etuvchilarining uchta teng ehtimolli taqsimlanish qonuniga ega boʼlgan kompozitsiyasi uchun); асосий 1 = ± 0,4%- PDV-5B qayta shakllantirgichning eng chekka asosiy xatoligi; асосий 2 = ± 0,005% -43-33 chastota oʼlchagichning eng chekka xatoligi; N = 0,25% - PDV-5B qayta shakllantirgichning chiqish signalining variatsiyasi.
Аbsolyut xatolikning chegaralari ∆ЎВ = ± 0,024 MPa ni tashkil qiladi.
Oʼlchashlar xatoligining dinamik ttashkil etuvchisini baholashda eksperimental yoʼl bilan “quvurlar tarmogʼi – PDV-5B qayta shakllantirgich” tizimining vaqt doimiysi aniqlangan. = 0,67 s boʼlib chiqqan.
Birinchi tartibli chiziqli adavriy dinamik zveno uchun dinamik xatolik
= = -0,4%

Dinamik xatolikni hisobga olish bilan bosimni oʼlchashning xatoligi quyidagini tashkil qiladi:


= (-0,4 0,47)%

Аbsolyut xatolikning chegaralari = - 0,0044 MPa ni tashkil qiladi; = 0,0035 MPa, bu oʼlchashlarning ± 0,003 MPa yoʼl qoʼyiladigan xatoligidan katta.


Bosimni oʼlchashning xatoligini kamaytirishga koʼproq aniq oʼlchash vositalaridan foydalanish (δOʼV ni kamaytirish yoki ni kamaytirish) hisobiga erishish mumkin.
Biroq berilgan holatda oʼlchash jarayonini takomillashtirishga qoʼshimcha xarajatlar qilmasdan (koʼproq aniq oʼlchash vositalari va uslublarini tanlamasdan) bosimni oʼlchash xatoligining δdyn dinamik tarkib toptiruvchisini kamaytirish maqsadga muvofiq boʼladi.
Xatolikning dinamik tarkib toptiruvchisini oʼlchash sxemasini oʼzgartirish – qayta shakllantirgichni oʼrnatish joyini koʼchirish, quvurlar tarmogʼining uzunligini kamaytirish va oʼlchash rejimini oʼzgartirish (masalan, oʼlchashlarning boshlanish momentini 2 s dan 4 s ga oʼzgartirish va chastota oʼlchagich bilan chastotani bir martalik oʼlchash vaqtini 0,1 s dan 1 s ga oʼzgartirish) hisobiga ham kamaytirish mumkin.
Bosimni oʼlchash xatoligining dinamik tarkib toptiruvchisi kamaytirilgandan keyin faqatgina qoʼllaniladigan oʼlchash vositasining xatoligi aniqlanadi = 0,024 MPa), bu bosimni oʼlchash aniqligiga qoʼyiladigan talablarni qanoatlantiradi.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling