Hujjatlarning ekspertizasi


Oʼlchashlar xatoligining tavsiflarini tanlashga qoʼyiladigan talablar va ularni taqdim qilish shakllarini tahlil qilish


Download 1.11 Mb.
bet40/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

Oʼlchashlar xatoligining tavsiflarini tanlashga qoʼyiladigan talablar va ularni taqdim qilish shakllarini tahlil qilish. Xatolikning tavsiflarini tanlash va ularni taqdim qilish shakllarini tekshirish va tahlil qilishda ekspert MИ 1317-2004 ”Oʼlchashlarning xatoliklarining natijalari va tavsiflari. Taqdim qilish shakllari. Mahsulotning namunalarini sinovdan oʼtkazish va ularning parametrlarini nazorat qilishda foydalanish usullari” ning tavsiyalarini hisobga olishi lozim boʼladi.
Oʼlchashlar xatoligining texnik hujjatlarda foydalaniladigan tavsiflarini qoʼllanilish sohasi va ifodalash usullariga bogʼliq ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • talablar yoki yoʼl qoʼyiladigan qiymatlar koʼrinishida beriladigan tavsiflar — oʼlchashlarning xatoliklarining tavsiflarining meʼyorlari;

  • maʼlum bir uslubiyat boʼyicha (standartlashtirilgan yoki attestatsiyadan oʼtkazilgan) oʼlchashlar jamlanmasiga beriladigan tavsiflar – oʼlchashlar xatoligining berilgan tavsiflari;

  • oʼlchashlarni bajarish va ularning natijalariga ishlov berish jarayonida bevosita baholanadigan tavsiflar — oʼlchashlarning xatoliklarining tavsiflarining statistik baholari.

Birinchi ikkita guruhning tavsiflari tasodifiy kattalik – oʼlchashlar xatoligining bosh jamlanmasining ehtimolli xususiyatlarini aks ettiradigan ehtimolli tavsiflar boʼlib hisoblanadi. Bu tavsiflarning qiymatlari (yoʼl qoʼyiladigan qiymatlarning chegaralari yoki maksimal mumkin boʼlgan qiymatlar) texnik hujjatlarda koʼrsatilgan qoidalar yoki oʼlchashlarni bajarish uslubiyati boʼyicha bajariladigan oʼlchashlar natijalarining butun mumkin boʼlgan jamlanmasiga beriladi.
Bu tavsiflarning asosiy qoʼllanilish sohasi - ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash, mahsulotni ishlab chiqarish (sinovlardan oʼtkazish, nazorat qilish), ekspluatatsiya qilish va isteʼmol qilish jarayonida bajariladigan ommaviy texnik oʼlchashlar boʼlib hisoblanadi.
Uchinchi guruhning tavsiflari — oʼlchashlarning xatoliklarining tavsiflarining alohida oʼlchash natijasining oʼlchanadigan kattalikning haqiqiy qiymatiga qanchalik yaqinligini aks ettiradigan statistik (tanlanma) baholaridir. Ularning asosiy qoʼllanilish sohasi — ilmiy tadqiqot va metrologiya ishlarini oʼtkazishda bajariladigan oʼlchashlardir (fizikaviy konstantalar, standart namunalarning xususiyatlari va tarkibini aniqlash, oʼlchash vositalarini attestatsiyalan oʼtkazish va boshqalar).
Oʼlchashlarning natijalarining moʼljallanishi, ulardan foydalanish bilan hal qilinadigan masalalarning murakkabligi va masʼuliyatliligiga bogʼliq ravishda oʼlchashlarning xatoligining tanlanadigan tavsiflarining nomenklaturasi turlicha boʼlishi mumkin. Biroq barcha hollarda u oʼlchashlarning natijalarini taqqoslash va ulardan birgalikda foydalanish, hal qilinadigan oʼlchash vazifasining sifati va samaradorligini ishonchli baholash imkoniyatini taʼminlashi lozim. Tanlanadigan tavsiflar mos keluvchi sifat kriteriylari va bu vazifalarni samarali hal qilish bilan bogʼlanishi lozim.
Koʼrsatilgan talablarni oʼlchashlarning xatoliklarining tavsiflarining quyidagi majmuasi qanoatlantira oladi: oʼlchashlar xatoligining oʼrtacha kvadratik chetlashishi; oʼlchashlarning xatoligi berilgan ehtimollik bilan ularning oraligʼida boʼladigan chegaralar; oʼlchashlar xatoligining tasodifiy va tizimli tarkib toptiruvchilarining tavsiflari.
Xatolikning tasodifiy tarkib toptiruvchisining tavsifi sifatida oʼlchashlar xatoligining tasodifiy tarkib toptiruvchisining oʼrtacha kvadratik chetlashishidan va (zarurat boʼlganda) oʼlchashlar xatoligining tasodifiy tarkib toptiruvchisining normallashtirilgan avtokorrelyatsion funktsiyasidan yoki bu funktsiyaning tavsiflaridan foydalaniladi. Oʼlchashlar xatoligining tizimli tarkib toptiruvchisining tavsiflari sifatida oʼlchashlar xatoligining chiqarib tashlanmagan tizimli tarkib toptiruvchisining oʼrtacha kvadratik chetlashishidan yoki oʼlchashlar xatoligining chiqarib tashlanmagan tizimli tarkib toptiruvchisi berilgan ehtimollik bilan ularning orasida boʼladigan chegaralardan foydalaniladi.
Xatolikning koʼrsatilgan tavsiflarini (ularning sonli qiymatlarini) taqdim qilish (meʼyorlash) usullari ular yuqorida keltirilgan guruhlrarning qaysi biriga tegishli boʼlishiga bogʼliq ravishda turlicha boʼladi. Masalan, oʼlchash jarayonlariga qoʼyiladigan talablar (meʼyor) koʼrinishida beriladigan ehtimolli tavsiflar meʼyorlanadi va texnik hujjatlarda yoʼl qoʼyiladigan qiymatlarning chegaralari – oʼlchashlar xatoligining oʼrtacha kvadratik chetlashishining [ ] yoʼl qoʼyiladigan qiymatlarining chegarasi, oʼlchashlar xatoligi unda berilgan R ehtimollik bilan boʼladigan yoʼl qoʼyiladigan intervalning pastki va yuqorigi chegaralari bilan beriladi. Masalan, suyuqlik sarfining oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqishga berilgan texnik topshiriqda unda oʼlchashlarning absolyut xatoligi berilgan ehtimollik bilan boʼladigan chegaralar (yoʼl qoʼyiladigan intervalning chegaralari) yozilgan boʼladi: = ±0,2 м3/с, Р = 0,95.
Ularni metrologik tadqiq qilish asosida oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlariga beriladigan ehtimolli tavsiflar mumkin boʼlgan eng katta qiymatlar koʼrinishida keltiriladi: oʼlchashlar xatoligining oʼrtacha kvadratik chetlashishining mumkin boʼlgan eng katta [ ] qiymati, attestatsiyadan oʼtkazilgan uslubiyat boʼyicha bajarilgan oʼlchashlarning xatoligi R ehtimollik bilan unda boʼladigan maksimal mumkin boʼlgan intervalning pastki va yuqorigi chegaralari keltiriladi. Masalan, induktivlik gʼaltagining oʼlchashlarni bajarish uslubiyatini reglamentlaydigan hujjatda oʼlchashlarning absolyut xatoligining tasodifiy tarkib toptiruvchisining oʼrtacha kvadratik chetlashishining mumkin boʼlgan eng katta qiymati [ ] = 0,08; oʼlchashlarning absolyut xatoligining chiqarib tashlanmagan tizimli tarkib toptiruvchisining oʼrtacha kvadratik chetlashishining mumkin boʼlgan eng katta qiymati [ ] = 0,1 deb koʼrsatilishi mumkin.
Bevosita oʼlchashlarni bajarish va ularning natijalariga ishlov berish jarayonida baholanadigan statistik tavsiflar mos keluvchi tavsiflarning tanlanma baholari koʼrinishida koʼrsatiladi: masalan, R ehtimollik bilan oʼlchashlar xatoligi intervalining pastki va yuqorigi chegaralarining bahosi, oʼlchashlar xatoligining [ ] oʼrtacha kvadratik chetlashishining bahosi.
Аniqlik koʼrsatkichlarini tanlash oʼlchashlar natijalarining moʼljallanishiga bogʼliq boʼladi. Аgar oʼlchashlarning natijalari yakuniy boʼlib hisoblansa va ulardan bir-biriga bogʼliq boʼlmagan holda foydalanilsa, u holda asosan xatolikning intervalli tavsiflaridan – xatolik maʼlum (berilgan) ehtimollik bilan ularning oraligʼida boʼladigan chegaralardan foydalaniladi.
Аgar oʼlchashlarning natijalaridan boshqa natijalar bilan birgalikda foydalanilsa, shuningdek ushbu natijalar bilan funktsional bogʼlangan kattaliklarning xatoliklarini hisoblashda (masalan, samaradorlik kriteriylari, yoʼqolishlar funktsiyalari, bilvosita oʼlchashlarning natijalarini) xatolikning tavsiflari sifatida oʼrtacha kvadratik chetlashishni tanlash lozim boʼladi. Bunday hollar uchun oʼlchashlar xatoligining tasodifiy va tizimli tarkib toptiruvchilarining tavsiflarini alohida-alohida koʼrsatish maqsadga muvofiq boʼladi.
Аniqlik koʼrsatkichlarining nomenklaturasiga oʼlchashlar xatoligining nuqtali tavsiflari (oʼrtacha kvadratik chetlashishlar) kiradigan hollarda taqsimlanish qonunining nazariy koʼrinishi yoki sifatiy tasvirlanishini (masalan, simmetrik, bir modalli va boshqalar) koʼrsatish maqsadga muvofiq boʼladi (agar buning iloji boʼlsa). Bunday koʼrsatish zarurat boʼlgan hollarda nuqtali tavsiflardan aniqlik eng kam yoʼqoladigan intervalli tavsiflarga oʼtish imkonini beradi.
Oʼlchashlarning natijasi nomlangan son bilan taqdim qilinadi, masalan, 100 kVt, 20°S. Oʼlchashlarning natijasi bilan birgalikda uning xatoligining tavsiflari yoki ularning statistik baholari taqdim qilinishi lozim. Аttestatsiyadan oʼtkazilgan oʼlchashlarni bajarish uslubiyati boʼyicha oʼlchashlarning natijalarini olishda xatolikning tavsiflarining oʼrniga ularni tasdiqlaydigan hujjatga yoʼllanmani keltirish mumkin.
Аgar oʼlchashlarning natijasi va oʼlchashlar xatoligining tavsiflari oʼlchashlar jarayonida baholansa, u holda oʼlchashlarning natijasiga oʼlchashlar xatoligining tavsiflarining statistik baholari hamrohlik qiladi. Oʼlchashlarning natijasini maʼlum ishonchlilik ehtimoli bilan oʼlchanadigan kattalikning qimymatini qoplaydigan ishonch intervali bilan taqdim qilishga yoʼl qoʼyiladi. Bunday holda oʼlchashlar xatoligi tavsiflarining statistik baholari alohida-alohida koʼrsatilmaydi. Oʼlchashlarning natijalarini taqdim qilishning bunday shakliga oʼlchashlar xatoligining tavsiflari oldindan aniqlanmagan va oʼlchashlarning xatoligi oʼlchashlar jarayonining oʼzida yoki bevosita oʼlchashlardan oldin baholanadigan holatlarda yoʼl qoʼyiladi.
Oʼlchashlarning oʼrtacha arifmetik qiymat sifatida olingan natijalariga kuzatishlarning soni va natijalar olingan vaqt intervalini koʼrsatish hamrohlik qilishi lozim.
Zarurat boʼlgan taqdirda, oʼlchashlarning natijasi bilan birgalikda qoʼshimcha maʼlumotlar va oʼlchash shartlarini keltirish mumkin.
Oʼlchashlarning natijalari va xatoligini toʼgʼri ifodalash uchun (berilgan oʼlchashlarni bajarish uslubiyatlari uchun) oʼlchashlar obʼektining fizikaviy modeli va uning oʼlchanadigan kattaliklar sifatida qabul qilingan parametrlari koʼrsatiladi. Аgar oʼlchanadigan kattalik funktsional bilan ifodalansa, u holda funktsiya ham koʼrsatiladi.
Oʼlchashlarning natijalarini yozishga baʼzi bir misollar:
Suyuqlik sarfini attestatsiyadan oʼtkazilgan uslubiyat boʼyicha oʼlchashdan olingan oʼlchash natijasini bayonnomaga yozish: oʼlchashning natijasi 10,75 m3/s; ∆ = ±0,15 m3/s; R = 0.95.
Oʼlchash shart-sharoitlari: suyuqlikning harorati 20°S, kinematik yopishqoqligi 1,5 ∙ 10-6 m2 /s.
Suyuqlik sarfini attestatsiyadan oʼtkazilmagan uslubiyat boʼyicha oʼlchashdan olingan oʼlchash natijasini bayonnomaga yozish. Xatolikning tavsiflarining statistik baholari oʼlchashlar jarayonida aniqlangan: oʼlchashlarning natijasi 10,75 m3/s; σ_r[∆]= 0,08 m3/s, = 0,10 m3/s. Oʼlchash shart sharoitlari: suyuqlikning harorati 20°S, kinematik yopishqoqligi 1,5 ∙ 10 -6 m2/s.
Oʼlchashlarning natijalarini taqdim qilish shakllari ularning moʼljallanishiga bogʼliq ravishda tanlanadi. Biroq barcha hollarda oʼlchashlarning natijalarini taqqoslash va ulardan birgalikda foydalanish, hal qilinadigan oʼlchash vazifasining sifati va samaradorligini ishonchli baholash imkoniyati taʼminlanishi lozim.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling