Hujjatlarning ekspertizasi
Texnologik hujjatlarning metrologik ekspertizasi
Download 1.11 Mb.
|
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)
4.4. Texnologik hujjatlarning metrologik ekspertizasi
Texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazish ushbu hujjatlarda ko‘rsatilgan aniqlik me’yorlarini, o‘lchashlarning uslublarini, vositalarini, shart-sharoitlarini va protseduralarini standartlar, O‘lchashlarning Yagonaligini Ta’minlash Davlat Tizimi va boshqa me’yoriy hujjatlarning talablariga mos ravishda o‘rnatish maqsadida amalga oshiriladi. Texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazishning vazifalari quyidagilardan iborat: o‘lchanadigan parametrlarning optimal nomenklaturasini aniqlash; o‘lchashlar aniqligining texnologik jarayonlarning optimal rejimini ta’minlash talablariga mos keluvchi ko‘rsatkichlarini o‘rnatish; o‘lchashlarni o‘tkazish vositalari va uslublari tanlanishining to‘g‘riligini baholash; o‘lchashlarning berilgan aniqligini va zaruriy unumdorlikni ta’minlaydigan bir xillashtirilgan, avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalarini ko‘proq qo‘llash imkoniyatini aniqlash; qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarining minimal mehnat sarfi va berilgan aniqlikda operatsiyaning minimal tannarxini ta’minlashini baholash; o‘lchashlarni o‘tkazishning standavrtlashtirilgan yoki attestatsiyadan o‘tkazilgan uslublarining ko‘proq qo‘llanilishini o‘rnatish; o‘lchash, nazorat qilish va sinovdan o‘tkazish natijalariga hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlov berishning maqsadga muvofiqligini aniqlash; fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining to‘g‘ri nomlanishi va belgilanishini o‘rnatish. Quyidagi texnologik hujjatlar metrologik ekspertizaga tortiladi: eskizlarning kartalari, marshrut kartasi, operatsion karta, texnologik jarayon kartasi, tiplashgan texnologik jarayon kartasi, tiplashgan operatsiya kartasi; texnologik yo‘riqnoma; jihozlar vedomosti; texnologik hujjatlarning spetsifikatsiyasi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling