Hujjatlarning ekspertizasi


Loyiha-konstruktorlik hujjatlarning metrologik ekspertizasi


Download 1.11 Mb.
bet46/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

Loyiha-konstruktorlik hujjatlarning metrologik ekspertizasi

Loyiha-konstruktorlik hujjatlarining metrologik ekspertizasi quyidagi hujjatlarni nazoratdan o‘tkazishni o‘z ichiga oladi: texnik taklif, qoralama (eskiz loyiha), texnik loyiha.
Texnik taklif.
Mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash bo‘yicha texnik taklif bosqichidagi tipik (bajarilishi zarur bo‘lgan) ishlarga kuyidagilar kiradi:

  • texnik echimlarning mumkin bo‘lgan har bir varianti uchun mahsulot va uning tarkibiy qismlarining asosiy o‘lchanadigan parametrlar nomenklaturasini belgilash yoki aniqlashtirish;

  • o‘lchashlarning zaruriy aniqligini ta’minlaydigan o‘lchash vositalari va uslublarini oldindan tanlash;

  • ishlab chiqishning keyingi bosqichlarida metrologik ta’minot bo‘yicha bajariladigan ishlarning ro‘yxatini belgilash;

  • texnik taklif hujjatlarini metrologik nazoratdan o‘tkazish.

Texnik taklifning metrologik ekspertizasida texnik topshiriq, texnik taklifning tushuntirish xati va mazkur bosqichda ishlab chiqilgan boshqa hujjatlar: chizmalar, sxemalar, hisob-kitoblar va hokazolar taqdim qilinishi lozim.
Texnik taklifni metrologik ekspertizasida quyidagilar tekshiriladi:

  • texnik topshiriqni nazoratdan o‘tkazishda berilgan tanbehlar va takliflarning hisobga olinganligi;

  • texnik echimlarning mumkin bo‘lgan variantlarini taqqoslashda metrologik jihatlarning hisobga olinganligi (nazorat qilishning qulayligi, uning ishonchliligi);

  • metrologik atamalarning, fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining nomlanishining to‘g‘riligi;

  • ishlab chiqishning keyingi bosqichlarida metrologik ta’minot bo‘yicha bajariladigan ishlar ro‘yxatining yetarliligi.

Qoralama (eskiz) loyiha.
Quyidagilar ishlab chiqilayotgan mahsulotni metrologik ta’minlash bo‘yicha qoralama (eskiz) loyiha bosqichidagi tipik (bajarilishi zarur bo‘lgan) ishlar hisoblanadi:
■ mahsulotni ishlab chiqish, tayyorlash va ekspluatatsiya qilish jarayonida mahsulot va uning tarkibiy qismlarining o‘lchashga tortiladigan asosiy parametrlarining ro‘yxatini aniqlashtirish;

  • har bir parametrni o‘lchashning aniqlik me’yorlarini asoslash;

  • o‘lchashlarning zaruriy aniqligini ta’minlaydigan o‘lchash uslublari va vositalarini tanlash;

  • mahsulotni ishlab chiqish uchun zarur bo‘ladigan o‘lchash vositalarini yaratish va metrologik tadqiqotlarni o‘tkazish;

  • mahsulotlarni tayyorlash, sinovdan o‘tkazish va ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘ladigan standartlashtirilmagan o‘lchash vositalari va o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish;

  • mahsulotlarni tayyorlash va sinovdan o‘tkazish jarayonida nazorat qilish va sinovdan o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan umumiy belgilanishdagi o‘lchash vositalarini sotib olishga buyurtmalar tuzish;

  • binolar qurish va o‘lchashlarni o‘tkazish uchun talab qilinadigan shart-sharoitlarni yaratish uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskunalarni sotib olishga buyurtmalar tuzish;

  • qoralama (eskiz) loyihaning ishlab chiqilayotgan mahsulotning metrologik ta’minoti bo‘limini tuzish.

Texnik loyiha
Quyidagilar mahsulotlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish va ekspluatatsiya qilishni metrologik ta’minlash bo‘yicha texnik loyiha bosqichida tipik (bajarilishi zarur bo‘lgan) ishlar hisoblanadi:

  • mahsulotning metrologik ta’minoti bo‘yicha yechimlarning asoslanishi;

  • ishchi hujjatlarni ishlab chiqish, mahsulotlarni tayyorlash va sinovdan o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan standartlashtirilmagan o‘lchash vositalarini va maxsus sinovdan o‘tkazish asbob-uskunalarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish;

  • mahsulotlarni tayyorlash va sinovdan o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish;

  • ekspluatatsiya qilish jarayonida mahsulotlarga metrologik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan o‘lchov-nazorat apparaturalarini ishlab chiqishga buyurtmalar berish;

  • metrologik ta’minot bo‘yicha qoralama (eskiz) loyiha bosqichida bajariladigan ishlar;

  • texnik loyihaning metrologik ta’minot bo‘yicha bo‘limini tuzish.

Texnik loyihaning metrologik tekshiruviga mahsulotni ishlab chiqishga berilgan texnik topshiriq, ushbu bosqichda ishlab chiqilgan boshqa hujjatlarga berilgan loyiha topshiriqlari, texnik shartlar, ekspluatatsion hujjatlar, chizmalar, sxemalar va boshqalar taqdim qilinishi lozim.
Konstruktorlik hujjatlarining metrologik ekspertizasi nazorat qilinadigan parametrlarni tanlashning to‘g‘riligini, hujjatlarga kiritilgan aniqlik me’yorlari va nazorat uslublarining asoslanganligini tekshirishdan iborat.
Aniqlik me’yorlarining metrologik ekspertizasida quyidagilar tekshiriladi:
■ yuzalarning shakl va joylashishdan chetlashishining o‘lchamlariga va yuzalarning g‘adir-budurliklariga ruxsat beriladigan joizliklarning o‘zaro muvofiqligi;

  • belgilangan aniqlik me’yorlarining etarliligi, ya’ni mahsulot yoki detalning chiqish parametrlarini belgilovchi barcha elementlar uchun aniqlik me’yor-larining borligi;

  • mahsulotni tayyorlovchida mavjud bo‘lgan o‘lchash vositalarini aniqlik me’yorlarining nazoratini o‘tkazish uchun yaroqliligi.

Detallar chizmalarining metrologik tekshiruvida quyidagilar tekshiriladi:



  • texnologik va metrologik bazalarning konstruktorlik bazasidan chetlashishining ruxsat beriladigan joizliklar o‘zaro muvofiqligi;

  • belgilangan aniqlik me’yorlarining etarliligi;

  • aniqlik me’yorlarining nazoratni o‘tkazish uchun yaroqliligi.

Yig‘ma chizmasining metrologik nazoratida mahsulotning nazoratni o‘tkazish uchun yaroqliligi tekshiriladi.
Montaj chizmasining metrologik tekshiruvida quyidagilar tekshiriladi:

  • belgilangan aniqlik me’yorlarining etarliligi;

  • mahsulotning, buyumning montaj qilishda nazoratni o‘tkazish uchun yaroqliligi.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling