Hujjatlarning ekspertizasi


Ekspluatatsion hujjatlarning metrologik ekspertizasi


Download 1.11 Mb.
bet50/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

4.5. Ekspluatatsion hujjatlarning metrologik ekspertizasi
Ekspluatatsion hujjatlar – mahsulotni va uni ekspluatatsiya qilish qoidalarini, ya’ni undan foydalanish, unga texnik xizmat ko‘rsatish, uni tashish, saqlash va ta’mirlash qoidalarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan hujjatlardir.
Quyidagilar ekspluatatsion hujjatlarning asosiy turlari hisoblanadi:

  • texnik tasnif;

  • ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma;

  • pasport;

  • formulyar.

Metrologik ekspertizaning asosiy maqsadi - ekspluatatsiya qilish jarayonida o‘lchanadigan parametrlar nomenklaturasining ratsionalligini va o‘lchash vositalari tanlanishining to‘g‘riligini tahlil qilishdan iborat.
Metrologik ekspertizaga ekspluatatsion hujjatlar bilan birgalikda mahsulotni ishlab chiqishga berilgan texnik topshiriq, mahsulotga qo‘yilgan texnik shartlar, mahsulotga kiritilgan nazorat tizimiga hujjatlar, ekspluatatsiya qilish jarayonida mahsulotni metrologik ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni asoslab berishni o‘z ichiga olgan hujjatlar taqdim qilinishi lozim.
Ekspluatatsion hujjatlarning metrologik ekspertizasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  1. Ekspluatatsiya qilish jarayonida o‘lchanadigan parametrlar nomenklaturasining asoslanganligi baholanadi. Bu parametrlarning soni minimal, biroq mahsulotning berilgan texnik xarakteristikalarini ta’minlash, nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf qilish uchun etarli bo‘lishi lozim.

  2. Ekspluatatsion hujjatlarda belgilangan nazorat qilinuvchi parametrlavrning texnik shartlar va texnik topshiriq talablariga muvofiqligi tekshiriladi. Ekspluatatsion hujjatlarda qayd qilingan texnik ma’lumotlar texnik topshiriq bo‘yicha talab qilinadiganlaridan yomon bo‘lmasligi lozim.

  3. O‘lchashlar aniqligining me’yorlari, nazoratning ishonchliligiga nisbatan qo‘yiladigan talablar yoki ulardan kelib chiqqan holda o‘lchash vositalari va ekspluatatsiya qilish jarayonida o‘lchanadigan parametrlarning tanlanishining to‘g‘riligini tahlil qilish mumkin bo‘ladigan boshqa talablarning borligi tekshiriladi.

  4. Mahsulot konstruksiyasining va uning tarkibiy qismlarining ekspluatatsiya qilish paytida nazoratni o‘tkazish uchun yaroqliligi tekshiriladi. Konstruksiyaning nazoratni o‘tkazish uchun yaroqliligiga ularni o‘lchash uchun ularga kiritilgan o‘lchash vositalariga, shuningdek o‘lchash vositalari va nazorat vositalarining rostlovchi elementlariga konstruksiyani ajratmasdan turib erkin kirish imkoniyati orqali, nazorat uyalari va o‘lchamlarning etarlicha soni orqali, nazorat uyalari yoniga nazorat qilish jarayonini engillashtiruvchi yozuvlvr va boshqa belgilashlarni kiritish yo‘li orqali erishiladi.

  5. Mahsulot tarkibida o‘lchash vositasi bo‘lganda quyidagilar tekshiriladi:

  • “Nazorat-o‘lchash priborlari” bo‘limidagi o‘lchash vositalari ro‘yxatining to‘liqligi;

  • o‘lchash vositalarining ekspluatatsion hujjatlarda keltirilgan texnik xarakteristikalari ifodalanishining to‘g‘riligi va to‘liqligi;

  • o‘lchash vositalarini qo‘llash shart-sharoitlarining mahsulotni ekspluatatsiya qilish shart-sharoitlariga mos kelishi;

  • o‘lchash vositalarining qo‘llashga ruxsat etilgan nomenklaturaga muvofiqligi.

  1. Mahsulot parametrlarini o‘lchash vositalariga, shart-sharoitlariga, protsedurasiga nisbatan ekspluatatsiya qilish jarayonida qo‘yiladigan talablarning to‘liqligi va aniqligi ko‘rib chiqiladi.

  2. O‘lchash vositalari va ekspluatatsiya qilish jarayonida o‘lchanadigan parametrlarning tanlanishining to‘g‘riligi baholanadi. Agar o‘lchashlar aniqligining me’yorlari berilgan bo‘lsa, o‘lchashlar xatoligi baholanadi va u yo‘l qo‘yiladgan xatolik bilan solishtiriladi, aniqlik etarlicha bo‘lmaganda uni oshirishning u yoki bu yo‘li taklif qilinadi. Agar nazoratning ishonchliligiga nisbatan qo‘yiladigan talablar berilgan bo‘lsa, u holda o‘lchashlar xatoligi baholanadi va nazorat qilinuvchi parametrni taqsimlash bilan nazoratning ishonchlilik ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi.

  3. Nazorat-o‘lchash priborlarining unumdorligiga nisbatan qo‘yilgan talablarning bajarilishi ko‘rib chiqiladi.

  4. Mahsulot tarkibiga kirgan o‘lchash vositalarini tekshirish tizimini tahlil qilish amalga oshiriladi, xususan, ekspluatatsion hujjatlar tarkibida mahsulot tarkibiga kirgan barcha o‘lchash vositalarini tekshirish bo‘yicha yo‘riqnomalarning borligi tekshiriladi.

  5. Metrologik atamalarning, fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining nomlanishi va belgilanishining to‘g‘riligi tekshiriladi.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling