Hujjatlarning ekspertizasi


Konstruktorlik hujjatlarining texnologik nazorati


Download 1.11 Mb.
bet52/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

4.7. Konstruktorlik hujjatlarining texnologik nazorati
4.7.1. Mahsulot konstruksiyasi texnologikligining turlari
Konstruktorlik hujjatlarining shunday nazorati texnologik nazorati deb ataladiki, bunda mahsulotning ishlab chiqilayotgan konstruksiyasining uning texnologikligi talablariga muvofiqligi tekshiriladi. Mahsulot konstruksiyasining texnologikligi – bu mahsulot konstruksiyasining berilgan sifat, ishlab chiqarish hajmi va ishlarni bajarish shart-sharoitlari uchun ishlab chiqarishda, ekspluatatsiya qilishdav va ta’mirlashda xarajatlarning optimal bo‘lishiga erishishga moslashganligini belgilovchi xususiyatlarining jamlanmasidir.
Mahsulot konstruksiyasi texnologikligining turlarini ko‘rib chiqamiz:

  • mahsulot konstruksiyasining ishlab chiqarish texnologikligi ishlab chiqarishni konstruktorlik va texnologik jihatldan tayyorlashga, shuningdek mahsulotlarni tayyorlashga ketadigan mablag‘lar va vaqt sarfini qisqartirishda namoyon bo‘ladi;

  • mahsulot konstruksiyasining ekspluatatsion texnologikligi mahsulotlarga texnik xizmat ko‘rsatishga, mahsulotlarni joriy ta’mirlashga va qayta ishlashga ketadigan vaqt va mablag‘larni qisqartirishda namoyon bo‘ladi;

  • mahsulot konstruksiyasining ta’mirlash texnologikligi ta’mirlashning joriy ta’mirlashdan tashqari barcha turlarida xarajatlarni qisqartirishda namoyon bo‘ladi.

Quyidagilar mahsulot konstruksiyasining texnologikligiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi bosh omillar hisoblanadi:

Mahsulot turi konstruksiyaning texnologikligiga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablarni shartlaydigan bosh konstruktiv va texnologik alomatlarni belgilaydi. Ishlab chiqarish hajmi va ishlab chiqarish tipi texnologik munosabat, texnologik jarayonlarning mexanizatsiyalashganlik va avtomatlashganlik darajasini va butun ishlab chiqarishning ixtisoslashganlik darajasini belgilaydi.
Konstruktorlik hujjatlari mahsulotni tayyorlashning uslublari va usullarini, shuningdek ularni qo‘llashning ketma-ketligini belgilamaydi. Bular – texnologik hujjatlarga taalluqli masalalardir. Biroq konstruktorlik hujjatlari o‘z ichiga olgan ma’lumotlar ularni tanlash va qo‘llashga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli o‘zaro muvofiqlik va konstruktorlik hujjatlari hamda texnologik hujjatlarni albatta muvofiqlashtirish – bu zaruriyatdir.
Ishlab chiquvchi konstruktorlik hujjatlaridagi texnologik talablarni texnologik jarayonlarni loyihalashtirish boshlangunga qadar hisobga oladi. Konstruktor tomonidan bu talablarning uzil kesil va aniq hisobga olinganligini tekshirish texnologik nazoratning oldiga qo‘yiladigan vazifani ya’ni konstruksiyani texnologiklikka ishlab chiqishni tashkil qiladi, konstruksiyani texnologiklikka ishlab chiqish deganda belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha mahsulot konstruksiyasi texnologikligining zaruriy darajasini ta’minlaydigan chora-tadbirlar majmuasi tushunaladi.
Mahsulot konstruksiyasining texnologiklik darajasi mazkur mahsulot texnologikligi ko‘rsatkichining qiymati K ning texnologiklikning texnologik topshiriq bilan belgilangan mos keluvchi bazaviy ko‘rsatkich qiymati Kb ga nisbati bilan ifodalanadigan texnologiklik ko‘rsatkichini o‘zida taqdim qiladi:
Ku = K / Kb
Konstruksiya texnologikligining bazaviy ko‘rsatkichi – bu mahsulot konstruksiyasining texnologikligini solishtirma baholashda boshlang‘ich ko‘rsatkich sifatida qabul qilingan ko‘rsatkichdir.
Texnologiklik ko‘rsatkichlarining qiymati texnologiklikning bazaviy ko‘rsatkichiga mos keladigan yoki undan oshib tushadigan konstruksiya texnologik deb hisoblanadi.
Texnologiklik mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish va texnik talablarga rioya qilgan holda uni tayyorlash masalalarini yanada to‘laroq hal qilish uchun konstruktorlik-texnologik zahiralardan yanada yaxshiroq foydalanishning asosi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, yuqori texnologiklikka erishish –ishlab chiqarishni tayyorlash davrida konstruksiyani texnologik jihatdan ishlab chiqishning asosiy maqsadidir.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling