Hujjatlarning ekspertizasi


Mahsulot konstruksiyasining texnologikligini baholash ko‘rsatkichlari va uslublari


Download 1.11 Mb.
bet55/65
Sana27.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1301005
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65
Bog'liq
ХУЖЖ ЭКСП, ЎҚУВ ҚЎЛЛАНохирг (1)

4.7.4. Mahsulot konstruksiyasining texnologikligini baholash ko‘rsatkichlari va uslublari


Mahsulot konstruksiyasining texnologikligini baholash ikki xil turda: sifat bahosi va miqdoriy baholash bo‘lishi mumkin.
Sifat bahosi – konstruksiyaning texnologikligini umumlashgan holda ijrochining tajribasi asosida xarakterlaydi. Konstruksiya variantlarining solishtirma sifat baholanishiga loyihalashtirishning eng yaxshi konstruktiv echimni tanlash amalga oshiriladigan va solishtiriladigan variantlarning texnologikligini farqlash darajasini aniqlash talab qilinmaydigan barcha bosqichlarida yo‘l qo‘yiladi.
Mahsulot konstruksiyasi texnologikligining miqdoriy bahosi sonli qiymati konstruksiyaning texnologikligiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni qanoatlantirish darajasini xarakterlaydigan ko‘rsatkich bilan ifodalanadi. Miqdoriy baholash quyidagi hollarda o‘tkaziladi:

  • mehnattalablik nisbatan yuqori bo‘lganda;

  • sifat baholanishini nazorat qilishda;

  • turli xil klassdagi detallar konstruksiyalarining tipik vakillarining texno-logikligi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash va bu ma’lumotlardan keyinchalik bir tipli detallarning konstruksiyalarini texnologiklikka ishlab chiqishda foydalanish uchun.

Mahsulotni loyihalashtirish jarayonida konstruksiya variantlarini solishtirishda sifat baholanishi miqdoriy baholashdan oldin keladi va miqdoriy baholashning va shunga mos ravishda solishtiriladigan variantlarning texnologiklik ko‘rsatkichlarining sonli qiymatlarini aniqlashga ketadigan vaqt sarfining maqsadga muvofiqligini belgilaydi.
Konstruksiyaning texnologikligi ko‘rsatkichlarining nomenklaturasi mahsulot turi, spetsifikasi (o‘ziga xosligi), konstruksiyaning murakkabligi, ishlab chiqarish tipining hajmi va konstruktiv hujjatlarni ishlab chiqish bosqichiga bog‘liq ravishda tanlanadi. Konstruksiyaning texnologikligi ko‘rsatkichlarining nomenklaturasi ko‘rsatkichlarning iqtisodiy samaradorligini, ularni aniqlash uslubiyotini, statistik yoki hisob-kitob ma’lumotlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Ko‘rsatkichlar nomenklaturasi konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish bochqichlari bo‘yicha mahsulot konstruksiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ko‘payishiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin.
Konstruksiyaning quyidagi texnologiklik ko‘rsatkichlari qabul qilingan (ularning klassifikatsiyasi):

  • namoyon bo‘lish sohasi bo‘yicha: ishlab chiqarish, ekspluatatsion;

  • tahlil qilish sohasi bo‘yicha: texnik, texnik-iqtisodiy;

  • baholash tizimi bo‘yicha: bazaviy, ishlab chiqilayotgan konstruksiyaning ko‘rsatkichi;

  • ahamiyati bo‘yicha: asosiy, qo‘shimcha;

  • o‘ziga hos belgilarining soni bo‘yicha: xususiy (alohida), majmuaviy;

  • ifodalanish usuli bo‘yicha: mutlaq, nisbiy.

Loyihalashtirilayotgan konstruksiyaning texnologikligi ko‘rsatkichlari quyidagi hollarda aniqlanadi:
1. Mahsulotni loyihalashtirish jarayonida konstruksiya variant-larini solishtirma baholash uchun;
2. Mahsulot konstruksiyasining texnologikligini baholash uchun;
3. Keyinchalik bazaviy ko‘rsatkichlarni aniqlashda foydalanish maqsadida va mahsulot konstruksiyasining texnik jihatdan rivojlanishini prognozlash maqsadida matematik modellarni tuzish uchun mahsulotlar – vakillar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash uchun.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling